Marketing tadqiqotini tashkil qilish uning maqsad va funksiyalariga bo‘ysunadi. U marketing xizmati faoliyati bilan, uning tarkibi va soni bilan, marketing funksiyalari to‘plami va mustaqillik darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Marketing tadqiqotlarida ikki xil turdagi tashkilotlar ajratib ko‘rsatiladi:
marketing firmalari strukturasiga va ular tarkibiga tadqiqotchilik bo‘linmalari sifatida kiradigan tashkilotlar;
mustaqil sub’ektlar, yuridik shaxslar hisoblangan marketing va konsalting firmalari.
Marketing tadqiqotini tashkil qilish ko‘p jihatdan firmaning turi va hajmiga, uning faoliyat usullari va xarakteriga, uning ixtisoslashuviga bog‘liq bo‘ladi. Garchi marketingni tashkil qilishning qat’iy standartlari mavjud bo‘lmasada, marketing xizmati strukturalari ikki xil turda bo‘ladi: qattiq (mexanik) va yumshoq (organik).
Do'stlaringiz bilan baham: |