10.1-jadval Iste’mol bozorida xaridorlar xulq-atvori motivlarini shakllantiruvchi omillar
Guruh
|
Omil
|
Tavsifnoma
|
ijtimoiy
|
referent guruhlari
|
Kishining xulq-atvoriga yoki bo‘lib o‘tayotgan hodisalarga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi kishilar guruhi (sinfdoshlar, qo‘shnilar, jamoatchilik tashkilotlari
va b.)
|
oila
|
Iste’molchi-xaridorlarning eng muhim ijtimoiy birikuvi
|
rollar
|
Shaxsdan kutilayotgan hatti-harakatlar majmui (er, ota, tokar, xotin, ona, direktor)
|
maqom
|
Jamiyat nuqtai nazaridan ijobiy baholash (tokarning maqomi er maqomidan yuqori, ya’ni jamiyatdagi maqom oiladagi maqomdan baland)
|
ijtimoiy sinflar
|
Bir xil qadriyatlar, qiziqish va xulq-atvor bilan birlashgan nisbatan turdosh, barqaror ijtimoiy guruhlar
|
yosh
|
Iste’molchi yashagan yillar
|
oilaning hayot davri bosqichlari
|
Oila tarkibi va strukturasi hamda unga mos keluvchi tovar va xizmatlar to‘plami
(shaxsning iste’mol strukturasi uning oilasi hayot davrining qaysi bosqichida ekanligiga bog‘liq bo‘ladi)
|
mashg‘ulot turi
|
Iste’molchining professional faoliyat sohasi
|
hayot tarzi
|
Shaxs faoliyatida, uning qiziqish va fikrlarida namoyon bo‘luvchi kundalik hayot xususiyatlari;
Hayot tarzi quyidagicha tasniflanadi:
avangardistlar (o‘zgarishlardan manfaatdor)
traditsionalistlar (konservatorlar, dogmatiklar)
buqalamunlar – olomon ortidan boruvchilar
somnambulalar –hayotdan norozilar.
|
shaxs turi
|
Shaxsning javob tariqasidagi hatti-harakatlari barqaroligi va ketma-ketligini ta’minlovchi psixologik tavsifnomalar yig‘indisi (obhitelnost, vlastolyubiye, pochtitelnost i t.p.)
|
madaniy
|
madaniyat
|
Keng ma’noda – jamiyat, insonning ijodiy kuchlari va xususiyatlari rivojlanish darajasi;
Tor ma’noda – jamiyat, millatlar va elatlar madaniy jamiyatlari va kishilar hayotining ma’naviy qismi
|
ijtimoiy maqom
|
Kishining ayrim xislatlar asosida jamiyatdagi o‘rni (ma’lumoti, mashg‘ulot turi va hokazo)
|
iqtisodiy
|
daromad darajasi
|
Iste’molchi tasarrufida bo‘lgan pul mablag‘lari
|
psixologik
|
motivatsiya
|
Shaxsiy yoki guruh ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan harakatlar
|
qabul qilish
|
Kelib tushayotgan axborotni tanlab olish, tahlil qilish va namoyish etish
|
o‘zlashtirish
|
Shaxs xulq-atvorida tashqi muhit ta’siri ostida ro‘y beruvchi o‘zgarishlar
|
qat’iy ishonish
|
Shaxsning biron narsani chuqur tushunishi
|
munosabatlar
|
Biron narsaga shakllangan yondashuv
|
Tadbirkorlarning vazifasi esa barcha omillar ta’sirini oldindan ko‘ra bilishdan iborat. Hozirgi paytda iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish zarurligi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Ushbu jarayon modeli 10.6-rasmda aks ettirilgan.
10.6-rasm. Iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish modeli1
Korxonalar bozorida iste’molchi xulq-atvori motivlari. Iste’molchi-korxonalar bozori boshqa tovarlarni ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tovarlarni, foyda olish maqsadida qayta sotish uchun, shuningdek, o‘z funksiyalarini bajarish uchun xarid qiluvchi tashkilotlar va shaxslardan iborat. Ushbu bozorda xarid to‘g‘risida qabul qilinuvchi qaror iste’mol bozoriga nisbatan murakkabroq kechadi.
Xarid motivlari iste’mol bozoridagi kabi bo‘lishi hamda korxonalar oldiga qo‘yiluvchi maqsadlar bilan kuchaytirilishi va jamiyat oldida ijtimoiy javobgarlik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turishi mumkin.
Korxonalar amalga oshiruvchi xaridlar:
odatda katta hajmda mablag‘lar sarflanishi bilan bog‘liq bo‘ladi;
murakkab iqtisodiy va texnik hisob-kitoblar bilan amalga oshiriladi;
turli boshqaruv pog‘onasidagi kishilarning o‘zaro aloqada bo‘lishini talab
qiladi;
qaror qabul qilish uchun ko‘p vaqt talab qiladi;
iste’mol bozoriga nisbatan ko‘proq rasmiylashgan bo‘ladi (odatda
buyurtmalarni yozma rasmiylashtirish talab -ilinadi);
1 Гольдштейн Г.Я., Катаев А.В. Маркетинг: Учебное пособие для магистрантов. Таганрог: Изд-во ТРТУ, 2001. 85 с.
bitim sub’ektlari (sotuvchi va xaridor korxona) ko‘p hollarda bir-biriga qattiq bog‘lanib qoladi;
ta’min7otchilar iste’molchilar bilan ularning muamolarini aniqlashdan tortib to ularning yechimini topish va ularga tovarni sotishgacha hamkorlik qilishi mumkin.
Korxonalar bozorida xarid to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni 10.7-rasmda aks ettirilgan.
10.7-rasm. Korxonalar bozorida xarid to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni1
Korxonalar bozorida iste’molchi xudq-atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Tashkilot xususiyatlari: maqsadlar, siyosiy ko‘rsatmalar, ish usullari, tashkiliy tuzilmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |