Marketing tadqiqotlari



Download 3,61 Mb.
bet146/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Iste’moltovarlariturkumi

Kundalik iste’mol tovarlari:

  1. doimiy talabdagi asosiy tovarlar

  2. impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar

v) favqulodda holatlar uchun

tovarlar


Dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar:

  1. o‘xshash tovarlar

  2. alohida ko‘rinishdagi tovarlar

Alohida talabdagi tovarlar

Passiv talabdagi tovarlar

10.2-rasm. Iste’mol tovarlari turkumini tashkil etuvchi tovarlar tarkibi


Alohida talabdagi tovarlar - xaridor uchun o‘ta qadrli sanalayotgan, o‘ta nufuzli, mashhur firmalar tovari bo‘lib, ular uchun xaridor tayinli vaqt va harakatlarini ayamaydi.

Masalan, xususiy uylar uchun maxsus mebellar, jihozlar yoki bo‘lmasa, Porshe, Ferrari, Mersedes –Bens, BMV, Volva avtomobillarining ayrim turlari bo‘yicha ishtiyoqli xaridorlar talabi bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitlarida iste’mol bozorida taklifning shakllanishi sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri tovar resurslari tarkibida import tovarlar ustunligi bilan tavsiflanadi.

Iste’mol bozorining hozirgi holatini tahlil qilish va tovar taklifi strukturasidagi o‘zgarishlar sababini aniqlash maqsadida Toshkent shahri va viloyatida bozor tadqiqotlari o‘tkazildi. Ish davomida 100 ga yaqin chakana savdo korxonalari va dehqon bozorlari o‘rganib chiqildi; 100 dan ortiq savdo xodimlariga savollarr berildi va 200 ta xaridor o‘rtasida anketa so‘rovlari o‘tkazildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi tahlili import tovarlarning ulushi kattaligini ko‘rsatadi. Sotilayotgan tovarlar assortimentida yogurt (91%), pishloq (89%), dudlangan kolbasa (68%), pista yog‘i (82%) kabi xorijiy tovarlar sezilarli ulushga ega.

Shu bilan birga oxirgi paytlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar turi va hajmi ortib bormoqda. Ayrim tovarlar bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar taklif qilayotgan assortiment xilma-xildir.

Nooziq-ovqat bozorida import mahsulotlar ulushi yanada yuqori. Masalan, import televizorlar ulushi 96%, videomagnitofonlar – 100%, souvtgichlar – 82%ni tashkil qiladi va hokazo.

Mutaxassislar orasida o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatadiki, oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda savdo agentlarining yarmidan ko‘pi (59%) mamlakatimizda ishlab chiqailgan tovarlarni afzal ko‘radi, nooziq-oqvat mahsulotlarida esa, aksincha,

import tovarlari ustunlik qiladi (76%). Mutaxassislarning katta qismi import nooziq- ovqat tovarlar bilan savdo qilishni ko‘proq foyda keltiradi deb hisoblaydi.

Iste’molchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra ularning ko‘pchilik qismi (82%) import (nooziq-ovqat tovarlari) mahsulotlarni afzal ko‘radi. Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda esa iste’molchilarning 62%dan ortig‘i mahalliy mahsulotlarni tanlaydi.

Savdo xodimlarining fikriga ko‘ra tovarni tanlashda asosiy mezonlar uning narxi, sifati va o‘rovi hisoblanadi. Xaridorlar tovar o‘roviga kamroq, ekologik tozalik va uzoq muddatlilikka esa ko‘proq e’tibor qarata boshladilar. Iste’molchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda asosiy mezon narx va sifat sanalsa, nooziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda esa mahsulotning tashqi ko‘rinishi va tovar markasi hisoblanadi.

Shaharning iste’mol bozxorida nooziq-ovqat tovarlarini sotishda savdo korxonalarining katta qismi xaridorlar to‘lov layoqatining pastligi, bozorning xorijda ishlab chiqarilgan o‘xshash tovarlar bilan to‘yinganligi, tovarlar tannarxining balandligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, shu tariqa import tovarlar nooziq-ovqat bozori strukturasida yetakchi o‘rinni egallab qoladi.

Passiv talabdagi tovarlar- xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Masalan, yaqin 15 yil ichida mamlakatimiz aholisi uchun mikroto‘lqinli pechlar, idish yuvish mashinalari notanish edi. Ushbu tovarlarning reklamasi, sotuvda ko‘p tarqalishi natijasida u keng xaridorlar ommasiga yetib bordi. Bundan tashqari, dafn marosimi uchun anjomlar, hayot sug‘urtasi kabi passiv talabdagi tovarlar ham aynan shu guruhga kiradi.

F.Kotler iste’mol tovarlari turkumini ushbu yuqorida qayd etilgan 4 katta guruhga bo‘lib o‘rganishni va ular bilan savdo qilishda sezilarli natijalar berishini asoslaydi.

Iste’mol tovarlarini xarid etish intensivligi barcha turdagi savdo shaxobchalarida turlicha bo‘ladi. Masalan, Germaniyada asosiy iste’mol mollari bilan savdo qiluvchi savdo korxonalarining 12 turini keltirish mumkin. Bular safiga

supermarketlardan tortib, «hayotiy vosita mollari» turkumidagi kichik do‘konlar ham kiradi. Ixtisoslashgan «Aldi», «Lidl», «Karshtat» turkumidagi savdo korxonalarida o‘ziga xos bo‘lgan tovar assortimenti shakllangan va bu xaridorlarning xaridida ham o‘z aksini topadi. Meva va sabzavotlar, uy xo‘jaligi uchun mayda tovarlarni yanada tor ixtisoslashgan, o‘ta sifatli tovarlar savdo qiluvchi do‘konlardan xarid qilish mumkin. Boshqa bir qancha Yevropa ittifoqi davlatlarida, A+Sh va yangi Sharq mamlakatlarida ham iste’mol mollari savdosi shunday tashkil etilgan.




    1. Download 3,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish