10.2-jadval Turli xarid variantlarida ayrim chora-tadbirlarning majburiyligi
Bosqich
|
Yangi vazifalarni hal qilish uchun xarid
|
O‘zgarishlar bilan takroriy xarid
|
O‘zgarishsiz takroriy xarid
|
Muammoni anglash
|
Ha
|
Bo‘lishi mumkin
|
Yo‘q
|
Ehtiyojni umumlashtirib
ifodalash
|
Ha
|
Bo‘lishi mumkin
|
Yo‘q
|
Tovar tavsifnomasini
baholash
|
Ha
|
Ha
|
Ha
|
Ta’minotchi-larni izlash
|
Ha
|
Bo‘lishi mumkin
|
Yo‘q
|
Takliflarni so‘rab olish
|
Ha
|
Bo‘lishi mumkin
|
Yo‘q
|
Ta’minotchini tanlash
|
Ha
|
Bo‘lishi mumkin
|
Yo‘q
|
Buyurtmani berish jarayoni
|
Ha
|
Bo‘lishi mumkin
|
Yo‘q
|
Ta’minotchi ishini baholash
|
Ha
|
Ha
|
Yo‘q
|
Navbatda keltirilayotgan 10.3-jadvalda ta’minotchilar ishini baholash uslubiyati aks ettirilmoqda.
10.3-jadval
Ta’minotchilar ishini baholash uslubiyati
№
|
Tavsifnoma
|
Tavsifnoma ahamiyati
|
Baholash shkalasi
|
Yomon
|
qoniq
|
Yaxshi
|
A’lo
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Narx
|
0,3
|
|
|
|
X
|
2
|
Reputatsiya
|
0,2
|
|
|
X
|
|
3
|
Ishonchlilik
|
0,3
|
|
|
|
X
|
4
|
Xizmat ko‘rsatish darajasi
|
0,1
|
|
X
|
|
|
5
|
Moslashuvchanlik
|
0,1
|
|
|
X
|
|
Har bir tavsifnoma 1 dan 4 gacha ball muhimlik shkalasiga ega.
Har bir tavsifnoma 0,1 dan 0,3 gacha koeffitsiyent bholash shkalasiga ega.
Xaridor ta’minotchilarni mustaqil ravishda ranglarga ajratadi va yakuniy bahoni oladi.
Iste’molchi huquqlari
Rivojlangan mamlakatlarda iste’molchilar bozorda tarqoq va ajralgan holda emas, balki tashkillashtirilgan omma sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tovar ishlab chiqaruvchilar va vositachilar faoliyatini qiyinlashtirib, ularni iste’molchilarning shaxsiy hamda umumiy talablarini hisobga olishga majbur qiladi. Iste’molchilar huquqlari mutloq va daxlsizdir. Aldov, tovarlar sifatining pastligi, e’tirozlarga e’tibor qaratmaslik iste’molchilarning qonuniy huquqlarini kamsitish hisoblanadi.
Iste’molchi suvereniteti bu – mavjud mablag‘lar doirasida o‘ziga kerakli narsani xarid qilish, sotuvchini, xarid qilish joyi, vaqti va boshqa shartlarni erkin tanlash huquqi va real imkoniyatidir.
Kons’yumerizm – iste’molchilarning o‘z huquqlarini himoya qilish va kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, savdogarlar va vositachilarga ko‘rsatuvchi ta’sirini oshirish maqsadida tashkil etilgan harakati.
U o‘z faoliyatida turli ommaviy axborot vositalari va reklamadan foydalanadi, iste’molchilarga maslahatlar beradi, tovarlarni mustaqil ekspertizadan o‘tkazadi, sifatsiz tovar va xizmatlarga da’vogar bo‘lib chiqadi, iste’molchilarda iste’mol madaniyatini tarbiyalaydi.
1985 yilda BMT Bosh Assambleyasi quyidagilar uchun "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tamoyillari"ni ishlab chiqdi:
mamlakatlarga milliy va xalqaro miqyosda zararli ishbilarmonlik amaliyotiga qarshi kurash;
xaridorlarga arzon narxlarda keng tanlov imkoniyati hadya etuvchi bozor sharoitlarini shakllantirishni rag‘batlantirish;
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lganlarning xulq-atvori me’yori yuqori bo‘lishini rag‘batlantirish.
"Iste’molchining yetti huquqi".
Raqobatlashuvchi narxlar bo‘yicha takliflar yetarli va iste’molchiga monopol ta’sir cheklangan sharoitlarda o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun tovarni tanlash huquqi.
Tovarning xavfsiz bo‘lishi va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) taklifiga aynan mos ishlashi huquqi.
Tovarning eng muhim xususiyatlari, sotuv usullari, kafolatlar va iste’molchiga to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beruvchi boshqa ma’lumotlarni olish huquqi.
Sifatsiz tovarlardan himoyalanish va ulardan foydalanish natijasida yetkazilgan zararni qoplash huquqi.
O‘z manfaatlarini himoya qilishda davlat va jamoatchilik organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanish huquqi.
Iste’molchiga qaror qabul qilishni yengillashtiruvchi turli bilim va ko‘nikmalar olish huquqi.
Sog‘lom turmush tarzi uchun xavf solmaydigan sog‘lom atrof-muhit huquqi.
Iste’molchining talabiga binoan ishlab chiqaruvchi va sotuvchi darhol sifatsiz tovarni almashtirib berishga majbur. Tovar sifatini qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lgan hollarda tovarni almashtirib berish e’tiroz bildirilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshirilishi lozim. Sotuvchida ayni paytda zarur tovar bo‘lmagan hollarda tovarni almashtirib berish bir oy muddat ichida amalga oshirilishi lozim.
O‘z huquqlarini himoya qilish uchun iste’molchiga sudga murojaat etishi mumkin.
Korxona qaysi bozorda faoliyat ko‘rsatayotganligidan qat’iy nazar yodda tuting. Xaridorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda quyidagi qoidalarga amal qilish
zarur:
iste’molchi korxonaga murojaat etuvchi eng muhim shaxs;
iste’molchi korxonaga emas, balki aksincha, korxona iste’molchiga bog‘liq
bo‘ladi;
iste’molchi korxona ishiga xalaqit bermaydi, u korxona faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi;
iste’molchi bilan bahslashmaydilar;
iste’molchi korxonaga o‘z istaklarini bildiradi. Korxonaning ishi ushbu istaklarni o‘ziga va iste’molchiga foyda keltirish maqsadida bajarishdan iborat.
Xaridga qulay reaksiya bo‘lishi usun turli mexanizmlardan foydalaniladi:
qo‘shimcha, jumladan, bepul xizmatlar taqdim etish;
sifatsiz tovarni hnch qanday gap-so‘zsiz boshqa tovarga almashtirib berishni kafolatlash (buning uchun pul tushumining 5-20% hajmida zaxira fondi saqlanadi);
mijozlar bilan tunu-kun ishlovchi maxsus xizmatni tashkil qilish;
doimiy mijozlarga chegirmalar taqdim etish.
Iste’molchi tovarni xarid qilishda ishlab chiqaruvchini; sifat standarti va asosiy iste’mol xususiyatlari ro‘yxatini; oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, kaloriyaligi, ularda salomatlik uchun zararli moddalarning mavjudligi va ayrim kasalliklarda iste’mol uchun yaroqsizligini; ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddatini bilishga, shuningdek, sifatsiz tovarni xuddi shunday boshqa tovarga almashtirib berish yoki yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Bozor segmentatsiya deganda nimani tushunasiz?
Segmentatsiyaning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
Bozor segmentatsiyasining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Geografik tamoyil marketing tadqiqotlarida nima uchun ahamiyatga ega?
Mamlakatlar bozorini o‘rganishda nima uchun demografik omil inobatga linadi?
Iste’mol bozorining ko‘lami nimalardan iborat va ularning xususiyatlari nimada?
Passiv talabdagi tovarlarga nimalar kiradi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini sanab o‘ting.
Kundalik tovarlarga bo‘lgan ehtiyoj va ularning xususiyatlari nimalardan iborat?
Qanday guruhlarga referent guruhlar deb ataladi?
Iste’molchining xulq –atvor tamoyillari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |