8.3-jadval
To‘rtta muloqot usulining afzallik va kamchiliklari
|
Pochta
|
Telefon
|
Shaxsiy
muloqot
|
Internet
|
Moslashuvchanlik
|
2
|
4
|
5
|
3
|
Olish mumkin bo‘lgan axborot hajmi
|
4
|
3
|
5
|
4
|
Intervyuyerning ta’siri nazorati
|
5
|
3
|
2
|
5
|
Ma’lumot to‘plash tezligi
|
2
|
5
|
4
|
5
|
Reaksiya darajasi
|
2
|
4
|
4
|
2
|
Bahosi
|
4
|
3
|
2
|
5
|
Tanlov strukturasi
|
4
|
5
|
3
|
2
|
Har qanday anketa sinchiklab ishlab chiqish, sinab ko‘rish va qayta ishlashni talab qiladi. Savollar shakli beriladigan javobga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli ikki xil turdagi savollardan foydalaniladi:
ochiq - javob mustaqil beriladi (8.4-jadval);
yopiq - savolda beriladigan barcha javob variantlari bo‘ladi (8.5-jadval).
8.4-jadval
Ochiq savollarga namunaviy misollar
Nomi
|
Ta’riflanishi
|
Misol
|
Oddiy savol
|
Javobning erkin shaklini nazarda
tutuvchi savol beriladi
|
“Samolyotda ketayotganingizda odatda
nima bilan mashg‘ul bo‘lasiz?”
|
So‘zlar yoig‘indisini
tanlash
|
Bir so‘z aytiladi va uning fikriga kelgan birinchi so‘zni aytish so‘raladi
|
“Avialiniya so‘zini eshitganda xayolingizga birinchi bo‘lib keladigan
so‘z nima?”
|
Gapni tugatish
|
Tugallanmagan gap aytiladi va uni
yakunlash takliya etiladi
|
“Aviakompaniyani tanlashda men
uchun asosiysi ...”
|
Hikoyani yakunlash
|
Tugallanmagan hikoya taklif etiladi va uni yakunlab berish so‘raladi
|
|
Internet yordamida axborot to‘plash birlamchi axborot to‘plashning nisbatan yangi va rivojlanayotgan usulidir. Garchi hozirgi kunda dunyo aholisining asosiy
qismi internet xizmatlaridan foydalanmayotgan bo‘lsada, ayrim baholarga ko‘ra ularning soni 30-35 mln kishini tashkil qilar ekan. Internetga yangi ulanuvchilar soni esa kun sayin o‘sib bormoqda. Agar ilgari yosh va texnik jihatdan savodli erkaklar internetdan foydalanuvchilar orasida ko‘pchilikni tashkil qilgan bo‘lsa, statistika ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda ayollar va 25 yoshgacha bo‘lganlar soni tobora ortib bormoqda.
Internet yordamida amalga oshiriluvchi tadqiqotlar axborot to‘plashning nisbatan arzon usuli hisoblanadi. Amalda onlayn rejimidagi tadqiqotning oddiy tadqiqotlar oldida ikkita jiddiy ustunligi bor: tezlik va rentabellik. Onlay rejimida tadqiqotlarni tashkil qilish oldindan batafsil rejalashtirishni talab qiladi, biroq natijalar amalda bir zumdayoq olinadi. shuningdek, mamlakat ichkarisida yoki xalqaro miqyosda tadqiqot o‘tkazishda ham tezlik va bahoda hech qanday farq bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |