Narx siyosati - narxni va narx xosil bo‘lishini boshqarish tadbir va strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati.
Narx nazorati (ingl. Price control) – hukumat tomonidan minimal va/yoki maksimal narx darajalarining belgilanishi.
Nomukammal raqobat (ingl. Imperfect competition) – ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari narxi ustidan nazorat qila oladigan bozor.
Raqobat - 1) alohida shaxslar o‘rtasida xar biri o‘zi uchun shaxsan erishini maqsad kilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida kattarok foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol kilsh jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining kommunikatsiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.
Do'stlaringiz bilan baham: |