Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafakat ikkitomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki kuptomonlama o‘zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar uzlariga xamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar uzgarganda ularning bir-biriga karamligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi buziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmog‘i a’zolari o‘rtasida resurslar ayirboshlash “karamlik” va “xokimlik” manbai hisoblanadi. Marketing tarmog‘i uchta o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni iyerarxik nazorat qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |