Servis faoliyatining istiqbollari (ingl. Perspectives of service activity) – yangi ijtimoiy aloqalarni faol shakllantirish, ijod, erkinlik va o‘zaro tushunish qonunlarini ro‘yobga chiqarish.
Servis korxonasining startegiyasi (ingl. Strategy of service company) – korxona tomonidan maqsadga erishishni ta’minlab beruvchi tadbirlar majmuasi.
Servis xodimlarining kasbiy etikasi (ingl. Professional ethics of service personal) – mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida o‘zining kasbiy burchini bajarishdagi spetsifik (o‘ziga xos) talablar va me’yorlarga rioya qilish. Servis psixologiyasining talablariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |