Rag‘batlantirish (ingl. Stimulation) – tashkilot oldida turgan masalani yechishda kishining urinishi, harakati, matonati va halolligiga maqsadli yondashish.
Rejalashtirish (ingl. Planning) – boshqaruvning tashqi muhitning vaziyatlari va omillarini tahlil qilish, maqsadlarga erishishning muqobil variantlarini
bashoratlash, muvofiqlashtirish, baholash, tizimning bo‘lg‘uvsi holati, unga yetishish yo‘llari, usullari va vositalarini belgilab beruvchi rejalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan vazifalaridan biridir. Kompaniyalar darajasida rejalashtirish strategik va biznes–rejalar shaklida amalga oshiriladi. Umummilliy darajada u indikativ yo‘naltiruvchi xarakterga ega. Rejalashtirishda iqtisodiy–matematik, muvozanatli usullar va ham ekspert baholaridan foydalaniladi.
Reklama -1) goya, tovar va xizmatlarni ma’lum xomiy nomidan takdim etish va taklif qilishning shaxsiy bo‘lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‘girishga intiluvchi kommunikatsiya shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |