7.13-rasm. Tovaraylanma ko‘rsatkichlari
Har bir firmaning mahsulot sotish jarayonidgi roli uning bozorda egallagan ulushi bilan tavsiflanadi. Firmaning bozordagi ulushi firma tovaraylanmasining bozordagi sotuv umuiy hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Firma ulushini miqdoriy o‘lchash bilan birga uning sifat tavsifi (katta, o‘rtacha va kichik ulush) ham olinishi mumkin. U mazkur firmaga tegishli bo‘gan ulushni eng yirik raqobatchilar ulushi bilan taqqoslashga asoslanadi. Bozorning kon’yunktura bahosi firmaning tezkor tovar siyosatini belgilab beradi. Vaziyat qulay bo‘lgan hollarda firma hujum strategiyasini amalga oshirib, mablag‘larni mahsulot assortimentini kengaytirishga sarflaydi va mahsulot chiqarishni oshiradi. Noqulay kon’yunktura firmani himoya strategiyasini tanlab, resurslarni tejash, kutish, ba’zida esa bozordan chiqib ketishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |