Bozor salohiyati va ko‘lami tahlili
Bozor ko‘lami tovarlar sotish hajmi, shuningdek, bozorda sotuvchi sifatida ishtirok etayotgan firmalar, o‘z tovarini bozorga olib chiqqan va savdo vositachisi sifatida ishtirok etayotgan firmalar soni bilan belgilanadi. Bunda korxonalarning funksional ixtisoslashuvi: tovar turi, uning assortimenti, asosiy xususiyatlari tavsiflanadi.
Sotuv hajmi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish hajmi;
vositachilik funksiyalarini bajaruvchi ulgurji tovaraylanma;
chakana tovaraylanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |