Zamonaviy marketing kontsepsiyasi
Bundan buyon iste'molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon bo’ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste'molchilarning o’z huquqlarini himoya qilishi yo’lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda iste'molchilarning harakati iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida, ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste'molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar bozoriga o’tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing kontseptsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi. Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste'mol va marketingning atrof-muhitga ta'siridan tashvishlanishni ifodalovchi environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik muammolarga e'tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan toza bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi. - Munosabatlar marketingi (inglizcha – relationship marketing) – bu marketingni boshqarish kontseptsiyasi bo`lib, u tashkilotning eng muhim partnyorlari bilan, mijozlari, ta`minotchilari, distribyutorlari va boshqalar bilan uzoq muddatli, o`zaro manfaatli aloqalar demakdir. - Marketing boshqaruvi obyekti sifatida iste`molchilar bilan o`zaro munosabatlar hisoblanadi. Bunda barcha mijozlar bilan o`zaro harakatlar sotish va marketing bo`limlari mutaxassislarining emas, balki firmaning barcha xodimining ish yo`nalishi bo`lishi kerak.
Munosabatlar marketingining mohiyati va ro`li
- Munosabatlar – o`zaro aloqalarning samarali maxsuli sifatida gavdalanmoqdaki, uning intelektual va axborot resurslari integratsiyalashib, bozor munosabatlarini uzluksizligining bosh omiliga aylanmoqda. Ayrim hollarda, munosabatlar marketingini mijozlar bilan o`zaro xarakatlarni boshqarish, munosabatlar marketinggi yoki sherikchilik munosabatlari marketinggi deb ham ataladi.Ushbu kontseptsiyani 1983-yili Amerika Marketing Assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Leonard Berri tamonidan xizmat ko`rsatish marketingiga yangicha yondashuvni aks ettirish uchun qo`llangan. Unda iste`molchilar bilan uzoq muddatli aloqalarni o`rnatishga orientir olish nazarda tutildi. O`n yildan so`ng esa munosabatlar marketingi iste`mol tovarlari bozorlariga ham kirib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |