ETN O LO G IY A T A D Q IQ O T
USULLARI
Л
-
* *
Etnologiya
Mazkur fanning
Etnologiya boshqa
fani, boshqa
uslubi muayyan
fanlar qatori o‘ziga xos
fanlar singari
dunyoqarash va
maxsus tadqiqot usullari
o ‘ziga xos
nazariyalar
va atamalariga ega.
maxsus
(metodologiya) bilan
Ayniqsa, u
tadqiqot
bog‘liq bo‘lib, o‘z
antropologiya,
usullari va
tadqiqotlarini ayrim
arxeologiya, lingvistika,
j
maxsus
fan sohalari bilan
sotsiologiya va
atamalariga
aloqador holda
san'atshunoslik kabi
j
ega.
amalga oshiradi.
fanlar yutuqlaridan
j
unumli foydalanadi.
j
Ma'lumki, “xalq” tushunchasi bir nechta ma'noga ega. Ba'zan
oddiy tilda bir to‘p kishilami yoki avomni “xalq” deb hisoblasak,
boshqa holatda esa bir nechta elat va millatlardan tashkil topgan davlat
yoki mamlakat aholisini ham “xalq” deb ataymiz. Aslida, “xalq” so‘zi
arabchada “yaratmoq” degan ma'noni anglatadi, lekin o ‘zbek tilida
ushbu atama muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnologiyada
xalq ma'nosida “etnos” atamasi qo‘llaniIadi.
Etnoslar muayyan tarixiy
davrning mahsuli sifatida ayrim shaxs yoki kishilaming istagi bilan
emas, balki ob'ektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va
rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslaming joylashuvi, ulaming
mazkur mintaqaning tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligi
yoki boshqa yerdan migratsiya natijasida ko‘chib kelganligini
kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik ma'lumotlardan
foydalanadi.
Ulaming qaysi
irqqa oid ekanligini aniqlashda
antropolgiya fani yordam beradi. Etnografiya “s o f’ irqlami emas,
balki tarix taqozosi bilan o ‘zaro yaqinlashgan
ijtimoiy birliklami
o ‘rganadi. Antropologiya esa u yoki bu xalq yoxud etnik birlikning
jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi.
10
Aholining joylashuvi, o ‘sish dinamikasi, tevarak-atrofning ta'siri
va migratsiyasi kabi masalalami o‘rganishda tarixiy-geografik va
demografik tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Etnoslarning ma'naviy
madaniyati san'atshunoslik, musiqashunoslik, dinshunoslik, folklor va
badiiy adabiyot bilan hamkorlikda o‘rganiladi.
Mazkur fanlaming o‘zaro bog6liqligi tufayli keyingi yillarda
qo‘shaloq ilmiy sohalar ham vujudga keldi. Masalan, etnogenez va
etnik
tarix
muammolarini
o‘rganishda
etnik
antropologiya,
paleoetnografiya va etnolingvistika kabi sohalar samarali ish olib
bormoqda. Hozirgi davrdagi etnik
jarayonlami teran va keng
miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda o‘tkazilayotgan sotsiologik
tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada, etnosotsiologiya va
etnopsixologiya singari yangi ilmiy sohalaming vujudga kelganligi
muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, tabiiy-geografik
sharoitga qarab madaniylashmagan o‘simliklami yetishtirish va
yow oyi hayvonlami xonakilashtirish hamda urchitish kabi o‘ziga xos
turmush
xususiyatlariga
ega
bo‘lgan
elatlaming
xo‘jalik
xususiyatlarini
o‘rganishda
etnografiya
bilan
hamkorlikda
etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi fan sohalari vakil lari ham
ish olib bormoqda.
Xalqlami o‘rganishda etnografiya fani nihoyatda keng va xilma-
xil manbalar hamda usullaridan foydalanadi. Etnoslarning ko‘p qirrali
va rang-barang hayotini o‘rganishda ulaming kundalik
turmush tarzini
bevosita kuzatish asosida har hududning o‘zidan to‘plangan
materiallar asosiy hamda eng manba hisoblanadi. Bir joyda uzoq vaqt
mobaynida yashash va kuzatish yo‘li bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar eng
samarali ekanligini mashhur etnograflar - L. G. Morgan, N. N.
Mikluxo-Maklay va V. G. Bogorazlar alohida qayd etgan. Bunday
tadqiqotlar usuli
statsionar tadqiqot
deb ataladi. Lekin, afsuski,
hozirgi sharoitda mazkur usuldan kam foydalanilmoqda. Qisqa
muddat davomida va ayrim mavsumlarda o‘tkaziladigan tadqiqotlar
ekspeditsiyaga xos usul bo‘lib,
mavsumiy usul
deb ataladi.
Dala-etnografik tadqiqotlarda asosan, axborotchilardan suhbat
yo‘li bilan yozma yoki diktafon orqali ma'lumotlar to‘plash, muayyan
maishiy-madaniy
turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va
marosimlari, xalq sayillari va o ‘yinlarini kuzatish, ularda bevosita
ishtirok etish hamda ulami jiddiy o‘rganish (yozish, chizish va rasmga
olish) kabi usullar qo‘llaniladi. Zamonaviy texnika vositalari
и
yordamida (raqamli videokamera va raqamli fotoapparat hamda
diktofonga audio yozuvlami yozish) va an'anaviy dala yozuvlarida
xalq ma'naviy hayotining ob'cktlari hamda ko‘rinishlari (an'analar,
marosimlar, urf-odatlar, folklor qo‘shiqlar va shu kabilar) aks etadi.
Ba'zida dala tadqiqotlari jarayonida ayrim moddiy va ma'naviy
madaniyat namunalari
muzeylar
kolleksiyasi
uchun yig‘iladi.
Etnosotsiologik tadqiqotlar esa asosan, maxsus anketalar tarqatish
yo‘li bilan o ‘tkazi!adi va ular keyinchalik kompyuter dasturlari
asosida tahlil qilinadi.
Etnografiyada “madaniyat” deyilganda, asosan, inson qoMi va
aql-idroki bilan yaratilgan barcha moddiy hamda ma'naviy boyliklar
tushuniladi. Aslida, rus tilidagi “kultura” atamasi lotincha so‘z bo‘lib,
“ishlab chiqarish”, “yasash” va “yaratish” degan ma'nolami anglatadi.
“0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “madaniyat” so‘zining etimologik
mohiyati berilmasdan, umumiy tarzda “Jamiyatning ishlab chiqarish,
ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy hayotida qo‘lga
kiritgan yutuqlari
majmui” deb ta'riflangan. Etnologik jihatdan moddiy madaniyatga
xo‘jalik va transport vositalari, turar-joylar, uy-ro‘zg‘or va badiiy
buyumlar hamda jihozlar, kiyim-kechak va bezaklar, shuningdek,
milliy
taomlar
kiradi.
Ma'naviy
madaniyat
deyilganda esa,
etnoslaming milliy his-tuyg‘ulari va tabiati, urf-odat va marosimlari,
xalq o‘yinlari
va sayillari, raqs va kuylari, folklor namunalari, diniy
tasavvurlari va hokazolar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: