Bog'liq MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING DUNYO GEOSIYOSIY JARAYONLARIDA TUTGAN O
Qirg`izistonning dunyo siyosatidagi geosiyosiy o`rni. Asosan tog`li mamlakat hisoblangan Qirg`izistonda 5 milliondan ortiq aholi yashaydi. Ulardan tashqari eng yirik milliy guruhlar asosan janubda yashaydigan o`zbEklar (15%) va mamlakat shimolida yashaydigan ruslar (9%) dir. Demografik omillar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlari ta’sirida Qirg`iziston siyosiy jihatdan o`zaro raqobatlashuvchi ikki mintaqaga bo`linganligini ko`rish mumkin. Bular: nisbatan rivojlangan sanoat va ruslashgan aholiga ega shimol hamda asosan qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanadigan turmush tarzi an’anaviyroq bo`lgan, geografik jihatdan Farg`ona vodiysining tarkibiy qismi hisoblangan janub. Qirg`iz xalqi ko`chmanchi xalqlar toifasiga mansub. O`zining ko`p asrlik tarixi mobaynida u hozirgi Mo`g`ulistonning shimoli-sharqiy hududlaridan Sibirga, EnisEy daryosi atrofiga ko`chib keldi va XV-XVI asrlardagina hozirgi Qirg`iziston hududiga kelib joylashdi. Qo`qon xonligi nazorati ostida bo`lgan qirg`izlar uning taqdirini baham ko`rdilar va 1876 yilda Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindilar. An’anaviy turmush tarzining buzulishiga qarshi bo`lgan qirg`izlar milliy ozodlik harakatida, bir qancha qo`zg`olonlarda ishtirok etdilar. Qirg`izlarning bir qismi Afg`oniston va Xitoyning tog`li hududlariga bosh olib ketdi. Qirg`izistonning mustaqillikka erishishi uning Ittifoq ichki xo`jalik komplEksiga butkul bog`liq bo`lgan iqtisodiyoti uchun jiddiy sinov bo`ldi. Bozorlar va ta’minotchilarning yo`qolishi, salmoqli nEft va gaz zahiralari, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlarning yo`qligi ishlab chiqarish hajmlari tushib ketishiga olib keldi. 90-yillarning boshida Qirg`iziston o`z iqtisodiy ko`rsatkichlari jihatidan sobiq SSJI mamlakatlari orasida, urush natijasida vayron bo`lgan Armaniston, Ozarbayjon va Tojikistonni hisobga olmaganda, oxirgi o`rinda edi. Mamlakat sanoat ishlab chiqarishining 45% ni tashkil etuvchi Qumtor oltin koni mamlakat valyuta tushumlarining yagona ichki manbaiga aylanib qoldi.
Shu sharoitda mamlakat rahbariyati liberal islohotlar yo`lini tanlash va Xalqaro valyuta fondi siyosatini olib borishga qaror qildi. Tashqi kuchlar, shu jumladan xorijiy nohukumat tashkilotlar mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga kuchli ta’sir ko`rsatishga qodir bo`ldilar. 1998 yilda Qirg`iziston sobiq Ittifoq hududidagi mamlakatlar orasida birinchilardan bo`lib Jahon savdo tashkilotiga qabul qilindi.
LEkin, qirg`izistonlik bir qancha ekspErtlarning tan olishicha, tashqi savdoning erkinlashtirilishi natijasida nisbatan raqobatbardosh bo`lgan chEt el mahsulotlariga yo`l ochildi va mahalliy sanoat kuchli zarba ostida qoldi. Mamlakatda ishsizlik darajasi juda yuqori bo`lib qolayotir. Korrupsiya mamlakatning eng kEskin muammolaridan biriga aylandi. Ushbu illat ko`lamining kEngayishi natijasida hukumat 2004 yilda maxsus korrupsiyaga qarshi kurash dasturini qabul qilishga majbur bo`ldi. Davlat hokimiyatining zaiflashuvi shunga olib keldiki, asosiy narkomarshrutlar Qirg`iziston hududidan o`ta boshladi.
Titul millat qirg`izlar mamlakatda yashaydigan xalqlar orasida eng kam ta’minlangan guruhga aylanib qolganligi ham ijtimoiy vaziyatga o`z ta’sirini ko`rsatdi. Osiyo taraqqiyot bankining ma’lumotlariga ko`ra, YaIM ko`rsatkichi aholi jon boshiga 330 dollarni tashkil etuvchi Qirg`iziston jahonning eng qashshoq mamlakatlari qatoriga kiradi.
Yuqorida ko`rsatilgan omillar shunga olib keldiki, 2005 yil martda kEskin siyosiy va iqtisodiy tanglik sharoitida PrEzidEnt A.AkaEv hokimiyati emirildi. Yangi rahbariyatga kEskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mEros bo`lib o`tdi. Bugungi kunda uning vazifasi ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga zid o`laroq Qirg`iziston yangi mustaqil rivojlanish istiqbollariga ega bo`lmagan layoqatsiz davlat emasligini isbotlashdan iborat.