Qozog`istonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o`rni.
Qozog`iston maydoniga ko`ra jahonning to`qqizinchi yirik mamlakatidir. U butun G`arbiy Evropaga tEng maydonni egallaydi. LEkin aholisining soni jihatidan Qozog`iston jahonda 57 o`rinda turadi (15,1 million kishi). Aholining zichligi O`zbekistondagidan 10 baravar kam bo`lib, bir kvadrat kilomEtr maydonga 6 tadan kamroq kishi to`g`ri keladi. Murakkab demografik jarayonlar ro`y berishi, chunonchi, bir millionga yaqin nEmislar hamda rusiyzabon aholining bir qismi o`z tarixiy vataniga qaytishi natijasida mamlakat aholisining umumiy soni 1989 yildagiga nisbatan qariyb 1,5 million kishiga kamaydi. Ayni vaqtda titul millat – qozoqlar mamlakatda aniq ko`pchilik 60 % ni tashkil eta boshladi. Holbuki, 1989 yilda qozoqlar bu erda atigi 45 % ni tashkil etar edi. Bunga boshqa mamlakatlarda yashaydigan etnik qozoqlar – oralmanlarning o`z vataniga qaytishini rag`batlantirish siyosati ham o`z hissasini qo`shdi.
Qozoqlar ko`chmanchi xalq bo`lib, tarixan yaylovlar qidirib, joydan-joyga ko`chib yashaganlar. Bu qabilalarning uch asosiy birlashmasi – juzlar o`rtasida raqobat uchun asos bo`lgan. Buning natijasida hozirgi Qozog`iston hududini Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilish ham ixtiyoriy qo`shilish, ham bosib olish evaziga amalga oshirilgan. Kichik Juz hamda O`rta Juzninng bir qismi 1730 va 1740 yillardayoq Rossiya bilan o`z panohiga olish to`g`risida shartnoma tuzganlar, eng obro`li Katta Juzning hududi esa chor qo`shinlari tomonidan 1860 yillarda bosib olingan.
Qozog`iston hududini Rossiya imperiyasi tomonidan o`zlashtirish jarayoni bir tomondan bu erga slavyan millatiga mansub aholining ko`chirilishi, ikkinchi tomondan esa – ko`chmanchi chorvadorlar an’anaviy xo`jalik yuritish tizimining vayron qilinishi bilan tavsiflanadi. Bu XIX asrdayoq milliy ozodlik harakatining vujudga kelishiga va qozoqlar ilgari tug`ilib o`sgan joylardan ommaviy ravishda bosh olib ketishiga sabab bo`ldi. Emmigrantlar oqimi 1920-1930-yillarda jamoalashtirish, ya’ni kolxoz tuzumini joriy qilish yillarida hamda o`troq turmush tarzini joriy etish davrida ayniqsa kuchaydi.
Natijada Qozog`istonda Juzlar bilan bir qatorda yana bir bo`linish yuz berdi – asosan rusiyzabon aholi yashaydigan shimol bilan mahalliy aholi yashaydigan janub farqlana boshlandi.
Mustaqillikka erishilganidan so`ng Qozog`iston rahbariyati ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda manfaatlar muvozanatini saqlash uchun yuqorida zikr etilgan holatlarni hisobga olishga majbur bo`ldi.
Qozog`iston iqtisodiyoti ancha tEz sur’atlar bilan o`sib bormoqda. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ma’lumotlariga ko`ra, nEft narxlarining oshishi, invEstitsiyalar kelishi va ichki ishlab chiqarishning o`sishi 2004 yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 9,4% ga oshishini ta’minladi. 2000 yilda Qozog`iston Xalqaro valyuta jamg`armasiga barcha qarzlarni muddatidan etti yil oldin to`lab bo`lgan birinchi sobiq sovEt respublikasi bo`ldi. Mutaxassislarning fikricha, moliya tizimining isloh qilinishi va nEft-gaz sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining bosh omillari hisoblanadi. Qozog`iston nEft qazib olish hajmini oshirib bormoqda. Hozirda u yiliga 50 milion tonnadan oshib ketdi. So`nggi yillarda jahon bozorida mazkur xom-ashyo narxlarining oshishi mamlakat valyuta tushumlarining ko`payishiga sabab bo`ldi. Masalan, 2004 yilda mamlakatning oltin-valyuta zahiralari birdaniga 5,7 milliard dollarga ko`paydi va 14,3 milliard dollarga Etdi. TEngiz (zahiralari – 7 mlrd. barrEl), Qorachag`anoq (8 mlrd barrEl), Koshagan (7-9 mlrd barrEl) konlari Qozog`istonning asosiy uglEvodorodli xom-ashyo manbalaridir. Mamlakat har yili 17 million tonna g`alla etishtiradi va jahon bozoridagi yirik g`alla eksportchilaridan hisoblanadi.
Qozog`iston Evroosiyoning ikki buyuk davlati – Rossiya va Xitoy o`rtasida joylashganligi mamlakat tashqi siyosatining xususiyati va mazmuniga hal qiluvchi ta’sir ko`rsatadi. Uning gEostratEgik o`rni, ulkan hududi, shuningdEk SSJI parchalanganidan so`ng bu Erda 108 ta SS-18 qit’alararo raketasi qolganligi Qozog`istonga xalqaro hamjamiyat jiddiy e’tibor berishiga sabab bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |