3-asosiy savol bayoni: Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharxlovchi va jurnalistlar bugur tez suratlar bilan o’zgarib borayotgan davrni turlicha tariflamoqdalar: Bu davr-yuksak texnoligiyalar zamoni; Bu davr-tafakkur asri; Bu davr-yangi axborotlashuv davri.
«Yuqoridagi fikrlarning barchasida ham malum manoda haqiqat, ratsional mag’iz bor. Chunki ularning har biri o’zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi, alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko’pchilikning ongida bu davr Globallashuv davri tariqasida taassurot uyg’otmoqda, nega deganda hozirgi paytda er yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzod bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas» I.A.Karimov.
Globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng manoni anglatishini takidlash joiz. I.A.Karimov. Davlatimiz rahbari ushbu so’zlarning tasdig’ini rasmiy tariflarda ko’rish mumkin:
Birinchidan, globallashuv g’oyalar, kapital, texnika va tovarlarning butun dunyo bo’ylab oqimi jadallashib va keng miqyosga ega bo’lib borayotgani murakkab jarayon sifatida baholangan.
Ikkinchidan, globallashuv ayrim jamiyatlardagi turli xalqlarni nihoyatda yaqinlashtirgan ochiqlik tufayli yuzaga kelgan tub o’zgarishlar bilan bog’liq.
Uchinchidan, globallashuv borgan sari kuchayib borayotgan ochiqlik va jadallik natijasi sifatida butun er yuzida hayot darajasining yuksalib borishiga va qashshoqlik darajasining pasayishiga yordam beruvchi shart-sharoit deb qaralmoqda.
To’rtinchidan, globallashuv integratsiyaning ishlab chiqarish samaradorligini rag’batlantirish, imkoniyatlarni kengaytirish va iqtisodiyotni o’stirish evaziga qo’shimcha ish joylari yaratishga imkon berib ulgurgan va bunda davom etadigan yangi shakli sifatida qaralmoqda.
Beshinchidan, globallashuv axborot sohasidagi inqilob bilan chambarchas bog’liq. Bu inqilib esa, o’z navbatida, yangi jamiyatga o’tishning shart-sharoiti hisoblanadi. Ya’ni jahon tsivilizatsiyasi industrial va postindustrial jamiyatdan, axborotga asoslangan jamiyatga o’tish printspiga borgan sari ko’proq amal qilmoqda.
Oltinchidan, globallashuv turli madaniyatlar va qadriyatlarning borgan sari kuchayib borayotgan o’zaro tasiri sifatida demokratik jamiyatlar qurish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarining kafolatlarini shakllantirish printspida ifodalanadi.
Ettinchidan, globallashuv ayrim ishchilar, oilalar va elatlar yashash joyini o’zgartirish va moliyaviy noaniqlik bilan bog’iq xavf-xatarning ortishida nomoyon bo’ladigan muayyan tahdidlarga ham ega.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi (I.A.Karimov):
Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi, shu jumladan Markaziy Osiyo Davlatlari nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog’lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushinish, anglash qiyin emas.
Globallashuv-bu avvalo hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir (I.A.Karimov).
Globallashuvning ijobiy tomonlari:
-Davlatlar va xalqlar o’rtasidagi integrattsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi.
-Xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi.
-Ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi.
-Zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi.
-Tsivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlarining ortishi (manba Sharif Qobilov “Manaviy olamni asrash qayg’usi” Prezident Islom Karimovning “Yuksak manaviyat engilmas kuch” asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T. 2011. 192 bet)
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy barqarorlik va tinchlik – jamiyat taraqqiyoti va faravonligining hal qiluvchi birlamchi omili. Har qanday rivojlanish faqat xalqlar totuvligi, tinchlik asosidagina amalga oshadi. Xalqaro mehnat taqsimoti – ijtimoiy mehnatning turli davlatlar yoki davlatlar guruhi Markaziysida taqsimlanishi, ishlab chiqarishning baynalminal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi. Investitsiya – uzoq muddatli kapital qo’yilma, sarmoya. Tuproq eroziyasi–tuproqning tabiiy yoki inson xo’jalik faoliyati natijasida emirilish jarayoni. Landshaft–nemis tilidan olingan bo’lib, (Land–er va schaft–o’zaro aloqa-dorlik va bog’liqlikni aks ettiruvchi suffiks) manzara, joyning ko’rinishi degan ma’noni anglatadi. Berk havza– tashqi oqim havzalari bilan tutashmagan havza. Tabiiy resurslar – tabiatning ho’jalikda foydalaniladigan, insoniyatning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha elementlari, energiya manbalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |