Nazorat savollari:
1. Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo’jaligining hozirgi holatini izohlab bering?
2. Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo’jaligining hozirgi holatiga ta’sir etuvchi omillarni yoritib bering?
3.Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo’jaligining hozirgi holatini izohlab bering?
4.Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo’jaligining hozirgi holatiga ta’sir etuvchi omillarni yoritib bering?
5.Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo’jaligining hozirgi tarkibini izohlab bering?
6.Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo’jaligining hozirgi tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni yorittb bering?
7.Markaziy Osiyo respublikalari xo’jaligining bir-biriga o’xshash va farq qiluvchi xususiyatlarini aniqlang?
8. Markaziy Osiyo respublikalari iqtisodiyoti tarixiy davrlar davomida qanday o’zgarishlarga erishdi?
9. Markaziy Osiyo respublikalari xo’jaligining bundan keyingi rivojlanishi qanday muammolarning hal qilinishiga bog’liq?
10. Xalq xo’jaligining mazmuni va mohiyatini tavsiflang?
11. Sobiq Ittifoq va istiqlolning dastlabki davrida Markaziy Osiyoda xo’jalikning holati haqida ta’rif bering.
12. Mintaqada xo’jalikning rivojlanishi xususiyatlariga nimalar ta’sir ko’rsatadi?
13. Markaziy Osiyo davlatlari xo’jaligiga oid davriy matbuot, radio eshittirish va teleko’rsatuv materiallarini to’plang?
7-mavzu: Markaziy Osiyo davlatlari sanoati
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1.Markaziy Osiyo davlatlari sanoati.
2. Markaziy Osiyo davlatlari sanoatida tarmoqlar tarkibi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Og’ir sanoat, sanoat markazi, energiya tizimi.
1-asosiy savol bayoni: Markaziy Osiyo MDH davlatlari asosan xom ashyo va yarim xom ashyo mahsulotlari, qisman sanoat mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi.
Markaziy Osiyo davlatlari sanoatida undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bularga yoqilg’a-energetika, metallurgiya, kimyo sanoatlari kiradi. Qurilish, engil va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlanib kelmoqda.
Markaziy Osiyo respublikalari orasida Qozog’iston davlati sanoat ishlab chiqarish bo’yicha ajralib turadi. Buning uchun etarli miqdorda tarmoqlar mavjud. Xududda yoqilg’i sanoati uchun ko’mir, neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud.
Markaziy Osiyo hududida sanoat tarmoqlarini shuningdek qishloq xo’jaligini shakllantirish va rivojlantirishda yoqilg’i-energetika sanoatining ahamiyati beqiyosdir. Har bir respublika shu sanoat tarmoqlarini shakllantirish, hududlar bo’ylab to’g’ri joylashtirish va rivojlantirishga harakat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlarida yiliga 200 mlrd. kVt. soatga yaqin elektr-energiyasi ishlab chiqariladi. Ba’zi bir respublikalarda elektroenergiyaning asosiy qismi issiqlik, bazi-birlarida gidroelektrostantsiyalarda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, Qozog’iston elektroenergiyasining asosiy qismi issiqlik elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi. Bu xol O’zbekistonga ham tegishlidir. Issiqlik elektrostantsiyalarining ichida eng yirigi Aqsu GRESi bo’lib, uning quvvati 2,4 mln kVt.dir. Yirik elektrostantsiyalar Almati, Qarag’anda, Petropavlovsk, Taraz, Shimkent, Pavlodar shaharlarida qurilgan, gidroelektrostantsiyalar: Uskemen va Buxtarma GESlaridan iborat.
Turkmaniston respublikasida ham neft va gaz zahiralari etarli . Gaz zahiralari hajmiga ko’ra Turkmaniston MDHda Rossiyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Shuning uchun ham mamlakatning asosiy sanoat tarmog’i tabiiy gaz va neftni qazib olish va qayta ishlash bilan bog’liq. Bu davlatda ham asosan issiqlik elektrostantsiyalari energiya ishlab chiqaradi. Turkmaniston Rossiya, Ukraina, Eron va Turkiyaga gaz va neft eksport qiladi. Yaponiyaga gaz sotishni rejalashtirgan.
Tojikiston Respublikasida mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ko’mir, neft va gaz konlari mavjud. Ammo gidroenergetik potentsiali yuqori. MDH davlatlari orasida gidroenergiya quvvati bo’yicha Rossiya Federatsiyasidan so’ng 2-o’rinda to’radi. Vaxsh daryosida qurilgan Nurek GES-i asosiy energiya manbai hisoblanadi. Rog’un, Pomir GES-lari qurish mo’ljallangan. Farg’ona vodiysidagi hududlari asosan O’zbekistondagi GES va GRESlar energiyasidan bahramand bo’lishadi.
Qirg’izistonda ham qo’ng’ir va toshko’mir konlari mavjud. Neft va gaz zahirasi mahalliy ahamiyatga ega. Lekin gidroenergetik resursga boy. Gidroenergiya potentsiali bo’yicha Markaziy Osiyoda Tojikiston Rsspublikasidan so’ng 2-o’rinda to’radi. Norin daryosida To’xtag’ul GESi ishga tushirilgan. Yoqilg’i va energiyaning malum qismini O’zbekiston va Qozog’iston Respublikalaridan oladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida gaz zahiralari, neft va qo’ng’ir ko’mir hamda mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan toshko’mir konlari mavjud. O’zbekistonning Farg’ona vodiysida neft va gaz, Ohangaron vodiysida qo’ng’ir ko’mir, Buhoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qo’yi Amudaryo iqtisodiy rayonida gaz va neft zahiralarining yirik konlari mavjud. Asosiy elektroenergiya manbai issiqlik elektrostantsiyalaridir. Bular: Toshkent, Yangi Angren, Angren, Shirin, Navoiy, Taxiatosh GRESlari. Yiliga 49,7 mlrd. kVt. soatdan ko’proq energiya ishlab chiqariladi. Respublika tabiiy gaz va elektrenergiyani eksport qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlarida yoqilg’i-energetika sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Shulardan biri Markaziy Osiyoda yagona energetika sistemasini vujudga keltirish, neft va gaz boyliklarini o’zlashtirish va ularni jahon bozoriga olib kirishdir.
Metallurgiya sanoati og’ir sanoat tarmoqlari ichida etakchi xisoblanadi.Ushbu tarmoqda ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar boshqa tarmoqlarni rivojlantirishda hamda iqtisodi-yotni yuksaltirishda muhim ahamiyatga egadir.
Markaziy Osiyoda metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar ya’ni mineral va mehnat resurslari, tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlar etarli darajada mavjud.
Metallurgiya sanoati asosan xom ashyo qazib olish, keraksiz metallarni to’plash, ularni ajratib olish va boyitish, eritish, prokatlar, quymalar tayyorlashni o’z ichiga oladi. Bu sanoat tarmog’i qora va rangdor metallurgiya tarmoqlaridan iboratdir.
Markaziy Osiyoda qora metallurgiya markazlari Qozog’iston va O’zbekistonda mavjud. Bekobod shahrida respublikamizda yagona qora metallurgiya korxonasi ishlaydi.
Qozog’istonning markazi va Qustanay oblastida temir rudasi, qora metallurgiya uchun kerakli marganets, xrom va boshqa rudalar Uskemen, Pavlodar, Temirtauda mavjud bo’lib, arzon qung’ir ko’mir Ekibastuzda, toshko’mir va kokslanuvchi ko’mir Qarag’andada qazib olinadi. Shular asosida urush yilarida Markaziy Osiyo hududida dastlabki qora metallurgiya markazi Temirtau shahrida Qarag’anda metallurgiya kombinati tashkil topdi. Qozoq «magnitkasi» nomini olgan to’liq tsikldagi zavodda cho’yan, po’lat va prokat ishlab chiqariladi. Qustanayda Markaziy Osiyodagina emas, balki MDHda ishlab chiqarish quvvati bo’yicha yirik hisoblangan respublika metallurgiya bazasi tashkil etilgan. Sokolov-Sarbayda tog’-kon metallurgiya kombinati, Lisakovsk va Kacharda rudani boyitish kombinatlari ishlab turibdi. Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida mahalliy ehtiyojni qondirish uchun qora metallarga ishlov beradigan kichik korxonalar ham tashkil etilgan. Bunday korxonalar Toshkent, Andijon, Shimkent, O’sh, Turkmanobod va boshqa shaharlarda ishlab turibdi.
Markaziy Osiyo metallurgiya sanoati tarmog’ida rangdor metallurgiya sanoatining salmog’i katta. Rangdor metallurgiyaning xom ashyolari Turkmaniston davlatidan tashqari boshqa barcha respublikalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari mavjud bo’lib, rangdor metallurgiya xom ashyosining ba’zi bir turlari va ularning zahiralari bo’yicha MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham etakchi o’rinlarni egallaydi Bularga oltin, mis, kumush, volfram, simob, surma va boshqalar misol bo’ladi. Markaziy Osiyo davlatlari rangli va nodir metallar olishning fizik-kimyoviy usullari, ularga ishlov berish va ishlab chiqarish texnologiyasi, kompleks qayta ishlash va boyitish sohasida juda boy tajribaga ega bo’lib, ularning bu boradagi ish tajriblaridan MDH va boshqa xorijiy davlatlar foydalanishmoqda. Markaziy Osiyoda rangdor metallurgiyaning asosiy korxonalari Qozog’iston va O’zbekiston Respublikalaridadir. Surma va simob, volfram, polimetal rudalari qazib olish, alyuminiyning turli shakl va o’lchamdagi quymalarini ishlab chiqarishda Kirg’iziston va Tojikiston Respublikalari ajralib turadi. Tojikistondagi rangdor metallurgiya korxonasi ya’ni alyuminiy zavodi Tursunzoda shahrida 1971 yidda ishga tushirilgan.
Qozog’iston Respublikasi mis, qo’rg’oshin, ruh, alyuminiy, titan, magniy, shuningdek kamyob va nodir metallar ishlab chiqarishda ixtisoslashgan bo’lib, xalqaro mehnat taqismotida MDH davlatlari orasida yaqqol ajralib to’radi. Respublika mis zahiralari bo’yicha MDH davlatlari orasida birinchi o’rinda turadi Asosiy konlari Jezqazg’an, Balxash. Markaziy va Shimoliy Qozog’istonda joylashgan mis sanoati asosan Jezqazg’an oblastida bo’lib, bularga asosan Balxash va Qarsaqpay mis eritadigan zavodlari, Jezqazg’an, Sayak rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozog’istonning’ sharqiy qismida Glubokoe shahrida mis zavodi bor. Respublikada qo’rg’oshin-ruh kombinati Uskemen shahrida bo’lib, uning xom ashyosi rudali Oltoydadir. Qoratau va Jung’oriya Alataudan qazib olinadigan ruh xom ashyosi asosida Shimkent shahrida qurg’oshin zavodi ishlab turibdi.
Xalqaro mehnat taqsimotida O’zbekiston rangdor metallurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanoat uchun kerak bo’lgan va etarli miqdorda xom ashyo, chunonchi polimetal rudalari, mis, oltin, volfram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan, oltin zahiralari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda. Uni qazib olish bo’yicha 10-o’rinda, mis zahiralari bo’yicha 10-11-o’rinda, uran zahirasi bo’yicha 10-urinda turadi. O’zbekistonda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir. Respublikada kumush Visokovoltnoe, O’qjetpes, Kosmonavtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridan olindi. O’zbekistonda rangli metallar mis: qurg’oshin, rux, volframlarning zahiralari ko’p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqqir konidan mis-molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalnee konidan olinadi. Bu kon zahirasi, qazib olishning tannarhi, undan boshqa foydali qazilmalarni (kumush. oltin, molibden va b.) ajratib olinishi jihatidan MDH mamlakatdari orasida tengi yo’q.
Respublikada qo’rg’oshin-rux Uchquloch (Jizzax viloyati) va Xondiza konlarida jamlangan. O’zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta e’tibor berilgan. U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi.
2-asosiy savol bayoni: Mashinasozlik va metallni qayta ishlovchi sanoat Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining asosiy tayanch tarmog’i hisoblanadi. Uning ahamiyati ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan qurollantirish va avtomatlashtirish, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ho’jalikning barcha tarmoqlarida joriy qilish, mahsulot sifatini yahshilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarishdadir. Mintaqadagi davlatlarning taraqqiyoti mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog’liq.
Mintaqada mashinasozlik geografiyasi shu hududdagi geografik shart-sharoit, ehtiyoj hamda ishlab chiqarishda ixtisoslashuv bilan bog’liq.
Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining ehtiyojidan kelib chiqqan xolda, mintaqada mashinasozlikning quyidagi tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Bular: traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozligi, paxta tozalash va to’qimachilik mashinasozligi, qurilish va yo’l, tog’kon sanoati, kimyo va neft qazib olish sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, radioeletronika, elektrotexnika, kommunal xo’jaligi, madaniy-maishiy ruzg’or texnikasi mashinasozligi va boshqalar.
Mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati korxonalari Qozog’istonda Qustanay, Petropavlovsk, Ko’kchatau, Uskemen, Lisakovsk, Qarag’anda, Taldiqurg’on, Almati, Kentau, Jusali, Aqto’be, Ural shaharlarida. O’zbekistonda–Toshkent, Chirchiq, Andijon, Samarqand, Buxoro, Nukusda, Qirg’izistonda–Bishkek, To’qmoq, O’shda, Tojikistonda–Dushanbe, Qo’rg’ontepada, Turkmanistonda–Turkmanboshi, Qizil–Arvat, Ashgabat, Turkmanobod va Dashhovuz shaharlarida ishga tushirilgan. Markaziy Osiyoda traktorsozlik va qishloq xo’jalik mashinalari ishlab chiqarishning yirik markazlari Astana Semey, Uskemen, Pavlodar, Toshkentda mavjud. Mashinasozlik sanoat korxonalari tabiiy resurs omiliga bevosita bog’lanmaganligi uchun ko’proq xom ashyo rayonida emas, balki iste’molchi hududlarda yahshi rivojlantirildi.
Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo respublikalarida mashinasozlik korxonalarining deyarli hammasida qaytadan ta’mirlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash ishlari boshlab yuborildi. Natijada mashinasozlikda sifat o’zgarishlari yuz bermoqda, unumdorlik ortmoqda, yangi mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’izistonda respublika iqtisodiyoti uchun zurur bo’lgan avtomobilsozlik, radioelektronika, samolyotsozlik kabi sanoat tarmoqlari rivojlantirmoqda, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, traktorsozlik, to’qimachilik mashinasozligi va boshqa mashinasozlik tarmoqlariniig ishlab chiqarish quvvati oshirilmoqda.
Markaziy Osiyo hududida mashinasozlik korxonalarining taraqqiyoti bugungi kunda va istiqbolda asosiy xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan xalqaro hamkorlik bilan bog’liq. Mintaqadagi barcha respublikalarda bugungi kunga kelib xalqaro hamkorlik asosida ish olib borayotgan mashinasozlik korxonalari yaxshi natijalarni qo’lga kiritishmoqdalar. Buni O’zbekiston misolida yaqqol ko’rish mumkin. Chunonchi 1992 yilda Janubiy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida «O’zDEUAvto» qo’shma korxonasi, Rossiya bilam hamkorlikda «LIAZ» ishlab chiqarish birlashmasi (Samarqandda), O’zbekiston-Italiya qushma korxonasi «O’zitalmotor» shular jumlasidandir. Shuningdek, AQSh «Keys» firmasi bilan hamkorlikda yangi traktorlar va kombaynlar yig’ish yo’lga qo’yildi, 7ta ko’shma korxonalar barpo etildi («Keys korporeyshin» kompaniyasi bilan hamkorlikda). Radioelektronika, elektrotexnika sanoatini birlashtirib turuvchi «O’zeltexsanoat» uyushmasidagi korxonalar Rossiya, AQSh, Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishgan. Markaziy Osiyo davlatlarining xorijiy mamlakatlar bilan olib borayotgan hamkorligi ijobiy natijalar bermoqda, hamda bu hududda mashinasozlik sanoati tarmoqlarining rivojlanishini belgilamoqda.
Kimyo sanoati og’ir sanoatning muhim tarkibiy qismidan biridir. Chunki hozirgi davrdagi ishlab chiqarishni plastik massalar, sun’iy tola, sintetik kauchuk, lak-buyoq, ishqorlar va kislota, qishloq xo’jaligini esa mineral o’g’it, gerbitsid va pestitsidlarsiz hamda ko’plab boshqa kimyoviy mahsulotlarsiz tashkil qilish va rivojlantirish mumkin emas. Shuning uchun sobiq Ittifoq davrida va hozirgi mustaqillik yillarida ham kimyo sanoati mahsulotlarini res-publikalar extiyojini hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilish-ni hisobga olgan holda, uni barpo etishga va rivojlantirishga katta e’tibor berildi va berilmoqda.
Mintaqada kimyo sanoati Markaziy Osiyo hududidagi neft, tabiiy gaz, turli xildagi tuzlar, fosforit va boshqa kimyoviy xom ashyolar negizida barpo etilgan va rivojlantirilmoqda. Bu sanoatni shuningdek, neft bilan uchraydigan gaz, gaz kondensatlari, elektr energiyasi ko’p hamda mehnat resurslariga boy rayonlarda tashkil qilish va taraqqiy ettirishga ko’proq e’tibor berilgan. Markaziy Osiyoda kimyoviy xom ashyo, mehnat resurslari va elektr quvvatiga Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmanistonda hamda Tojikistonda etarli. Qozog’iston, O’zbekiston va Turkmanistonda tabiiy gaz, neftdan boshqa osh va kaliy tuzlari, glauber (mirabilit) tuzi, fosforit, oltingugurt konlari va boshqalar topilgan. Shuningdek, rangli metallurgiya, paxta tozalash sanoati chiqindilari, sulfat kislota xom ashyosi, qishloq xo’jalik tarmoqlarining ba’zi bir mahsulotlari va chiqindilari Markaziy Osiyo hududida kimyo sanoatini rivojlantirish uchun kerakli xom ashyo hisoblanadi.
Kimyo sanoati o’ziga xos bo’lgan tarmoqlar majmuasidan iboratdir. Markaziy Osiyo rsspublikalarida kimyo sanoatining asosiy o’rni qishloq xo’jaligiga xizmat qilishdir. Qirg’izistondan tashqari barcha davlatdarda mineral o’g’itlar ishlab chiqarish kimyo sanoatining etakchi tarmog’i hisoblanadi. Shuningdek kimyo sanoati tarkibiga sulfat kislotasi, soda, kimyoviy tolalar va iplar ishlab chiqarish tarmoqlari, gidroliz korxonalari, rezina mahsulotlari zavodlari, atir-upa mahsulotlari birlashmalari va boshqalar kiradi.
Qozog’istonda mahalliy xom ashyolar negizida fosforit o’g’itlar va u bilan bog’liq 80 dan ortiq turdagi mahsulotlar hamda soda ishlab chiqarish, tog’-kon sanoati bilan bog’langan neftni qayta ishlash, avtomobil shinalari va rezina texnika, sulfat kislotasi mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Asosiy markazlari: Qustanay, Qarag’anda. Shimkent, Alg’a, Atirau, Taraz va boshqalar.
Kimyo sanoati O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida katta axamiyatga. Respublika kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoati yalpi mahsuloti hajmida uning salmog’i 4,6 % ni tashkil etadi. Mamlakatda mineral o’g’itlar Chirchiq elektr kimyo kombinati, Farg’ona azotli o’g’itlar, Navoiy kimyo birlashmalarida, Qo’qon superfosfat va Samarqand kimyo zavodlarida, Olmaliq «Ammofos» birlashmasida ishlab chiqariladi.
O’zbekiston hududida sulfat kislotasi ishlab chiqariladigan 5 ta, o’simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy kislotalar (defoliant, desikant, gerbitsid, insektitsid, fungitsidlar, oltingugurt kukuni) ishlab chiqaruvchi 4 ta yirik korxonalar joylashgan. Farg’ona va Navoiy viloyatlaridagi korxonalarda kimyoviy tolalar va iplar ishlab chiqariladi. Farg’ona furan birlashmasi, Yangiyo’l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari, furil spirti, oziq-ovqat spirti ishlab chiqariladi. O’zbekistondagi kimyo korxonalari negizida 1994 yildan «O’zkimyosanoat» uyushmasi tashkil etildi.
Turkmanistonda kimyo sanoati tarmoqlari yirik shaharlarda ishlab turibdi. Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoda kimyo sanoati tarmoqlari bilan bog’liq neftkimyo, gazokimyo, ko’mirkimyo tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Hozirda Markaziy Osiyo davlatlari kimyo sanoati tarmoqlarini yangi texnologiya bilan jihozlashga, ishlab chiqarish quvvatini oshirishga katta e’tibor bergan holda xorijiy mamlakatlar AQSh, Rossiya, Yaponiya, Germaniya va boshqalar bilan teng huquqli hamkorlik qilishmoqda.
Qo’shimcha manba: Markaziy Osiyo MDH davlatlari orasida asosan xom ashyo va yarim xom ashyo mahsulotlari, qisman sanoat mahsulotlar etishtirishga ixtisoslashtirilganligi bilan ajralib turadi. Sobiq Ittifoq davrida, Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmaniston Respublikalarida tog’–kon, yoqilg’i-energetika, rangli metallaurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoat tarmoqlari shakllandi. 1980-yil Tojikistonda va Qirg’izistonda energetika, oziq – ovqat va engil sanoat, avtomobilsozlik, rangli metallurgiya sanoat tarmoqlari shakllana bordi. Albatta sanoat tarmoqlarini shakllanishi va joylanishuvida Respublikalardagi xom – ashyolar, mineral va suv resurslari muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, ko’p sanoat tarmoqlari urush yillari Qozog’iston va O’zbekiston hududiga ko’chirib kelindi. Ularning bo’limlari Respublikalar, viloyatlarda hamda Qozog’iston, Tojikiston hududlarida tashkil etildi.
Urushdan keyingi tiklanish davrida ko’chirib olib kelingan sanoat korxonalarining ba’zi birlari shu hududda qoldirildi, ayrimlarini yana oldingi joylariga olib borib tiklanildi.
Markaziy Osiyo sanoati undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bularga yoqilg’i –energetika, metalurgiya, kimyo sanoatlari kiradi. Qurilish, engil va oziq- ovqat sanoatlari ham rivojlanib bormoqda.
Markaziy Osiyo Respublikalari orasida Qozog’iston davlati sanoat ishlab chiqarish bo’yicha ajralib turadi. Buning uchun etarli miqdorda tarmoqlar mavjud.
Hududda yoqilg’i sanoati uchun ko’mir, neft va tabiiy gaz zaxirasi mavjud. Eng yirik havza Qarag’anda konidir. Bu erda toshko’mir va kokslanuvchi ko’mir qazib olindi. Ekibastuz havzasidan ochiq usulda qo’ng’ir ko’mir qazib olinadi. Uning tannarxi juda arzon, asosan issiqlik elektrostansiyalarida xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Qozog’iston Respublikasida neft konlari Emba havzasida, Mang’ishloq va Shimoliy Ustyutda mavjud. Kaspiy dengizi shelfida, Mug’ojar tog’lari bilan Qozog’iston past tog’larining oralig’ida nerft zaxiralari mavjud. Neft bor joyda gaz konlari ham bor.
Markaziy Osiyo hududida sanoat tarmoqlarini, shuningdek qishloq xo’jaligining shakllantirish va rivojlantirishda yoqilg’i- energetika sanoatining ahamiyati nihoyatda katta. Har bir Respublika shu sanoat majmuasini shakllantirish, hududlar boo’ylab to’g’ri joylashrtirish va rivojlantiishga harakat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari yiliga 200mlrd. kv.t soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ba’zi bir Respublikalarda elektroenergiyani asosiy qismi issiqlik va ba’zi birlarida gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarilgan energiyaga to’g’ri keladi. Jumladan Qozog’iston elektroenergiyasining asosiy qismi issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Bu hol O’zbekistonga ham tegishlidir. Issiqlik elektrostansiyalarining ichida eng yirigi – Ermak GRESi bo’lib, uning quvvati -2,4 mln.kv dir. Yirik elektrostansiyalar Almata, Qarag’anda, Petropavlovsk, Taroz, Shimkent, Pavlodar shaxarlarida qurilgan, gidroelektrostansiyalar: Usto’-Kamenogorsk va Buxtarma GESlaridir.
Turkmaniston Respublikasida ham neft va gaz zaxiralari etarli. Gaz zaxiralari hajmiga ko’ra Turkmaniston MDHda Rossiyadan keyingi ikinchi o’rinda turadi. Shuning uchun ham mamlakatning asosiy sanoat tarmog’i, neftni qazib olish va qayta ishlash bilan bog’liq. Bu davlatda ham issiqlik elektrostansiyalarida, energiya ishlab chiqaradi. Elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojini O’zbekiston va Tojikistondan oladi. Turkmaniston Rossiya, Ukraina , Eronga va Turkiyaga gaz va neft eksport qiladi.Mustaqilik yillarida Yaponiyaga gaz sotishni rejalashtirgan.
Tojikiston Respublikasida ham mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ko’mir, neft va gaz konlari mavjud. Ammo, gidroenergetik potensiali yuqori. MDH davlatlari orasida gidroenergiya quvvati bo’yicha Rossiya Federatsiyasidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Vaxsh daryosida qurilgan Nurek GES asosiy energiya manbai hisoblanadi. Rogun, Pomir GESlari qurish moo’ljallangan. Farg’ona vodeysidagi hududlar Farhod GESi va O’zbekistonda Shirin GRESi hamda Angren GRESlarining energiyasidan bahramand boo’lishadi.
Qirg’izistonda ham qo’ng’ir va toshko’mir konlari mavjud. Neft va gaz zaxirasi mahalliy ahamiyatga ega. Lekin gidroenergetik resursga boy. Gidroenergiya potensiali bo’yicha Markaziy Osiyoda Tojhikiston Respublikasidan so’ng 2- o’rinda turadi. Norin daryosida Too’xtagul GRESi ishga tushurildi. Yoqilg’i va energiyaning mao’lum qismini O’zbekiston va Qozog’iston Respublikalaridan oladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida gaz zaxiralari neft va qo’ng’irik oo’mir hamda mahallliy ahamiyahga ega bo’lgan toshko’mir konlari bor. O’zbekistonning Farg’ona vodysida neft va gaz, Ohangaron vodiysida qo’ng’irik oo’mir, Buxoro va Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridagi quyi Amudaryo, iqtisodiy rayonida gaz va neft zaxiralarini yirik konlari mavjud. Asosiy elektroenergiya manbai issiqlik elektroenergiya stansiyasidir.
Bular: Toshkent, Angren, Shirin, Navoiy, Taxiatosh GRESlari , Chorvoq, Go’azalkent , va boshqa GRESlaridir. Yiliga 55mlrd. kvt. soatdan ko’proq energiya ishlab chiqariladi. Respublika energiyasi eksport qilinadi, shuningdek gaz ham.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida neft qazib olish bo’yicha Qozog’iston, Respublikasi birinchi, O’zbekiston ikkinchi va Turkmaniston uchinchi o’rinda turadi. Agarda 1990 -yilda bu Respublikalarda qazib olingan neft 25,8 ; 2,8 va 5,7 mln.t tashkil etgan boo’lsa , 1995 -yilda 20,5 ; 7,8 va 4,7 mln.t ga yetdi. 90- yillardan keyingi davrda Qozog’iston Respublikasi va Turkmanistonda qazib olish ko’rsatkichi pasaygan. O’zbekistonda ortdi va 2000 -yilda uning miqdori 8,0mln.t dana ortdi. Shunday ko’rsatkichni gaz olishda ham koo’rish mumkin. 1990 -yilda Qozog’iston , O’zbekiston Respublikalarda va Turkmanistonda 6,6; 38,0 va 81,8 mlrd.m3 gaz olingan boo’lsa, 1995-y ilda 5,9; 47,5 va 32,3 mlrd.m3 gaz qazib olingan.
Markaziy Osiyo Respublikalarida yoqilg’i – energetika majmuasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Shulardan biri Markaziy Osiyoda yagona energetika sistemasini vujudga keltirish, neft va gaz boyliklarini o’zlashtirish va ularni jahon bozoriga olib kirishdir.
Metallurgiya sanoati undiruvchi sanoat tarmoqlari ichida etakchi tarmoq hisoblanadi va tarmoqlarda ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar boshqa tarmoqlarini rivojlantirishda hamda iqtisodiyotni yuksaltirishda muhim ahamiyatga egadir.
Markaziy Osiyoda metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yao’ni mineral va mehnat resurslari, tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlar etarli darajada mavjud.
Markaziy Osiyo xududida sobiq Ittifoq davrida qora va ayniqsa rangli metallurgiya sanoati shakllangan edi. Qozog’iston hududida Ittifoqning 5- metallurgiya ba’zasi, O’zbekistonda urush yillarida ishga tushurilgan Bekobod metallurgiya korxonasi mavjud edi. Biroq yarim xom –ashyo mahsulotlarining asosiy qismi “Markazning rejasiga ko’ra ko’proq Rossiyadagi korxonalarga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun jo’natilardi.
Metallurgiya sanoati asosan xom – ashyo qazib olish, keraksiz metallarni too’plash, ularni ajratib olish va boyitish, eritish, prokatlar, quymalar tayyorlashni o’z ichiga oladi. Bu sanoat majmuasi qora va rangdor metallurgiya tarmoqlaridan iboratdir.
Markaziy Osiyoda qora metallurgiya markazi Bekobod shahri hisoblanadi va zavodning asosiy xom ashyosi Respublikamizda ham qoo’shni davlatlarda yigo’ilib qolgan metallarni qayta ishlashdan iborat bo’lgan. Urush yillari va undan keyingi dvrda Sobiq Ittifoqda yangi va ishlab chiqarish hajmi bo’yicha yirik qora metallurgiya markazi barpo etildi va ishlab chiqarish quvvati oshirildi hamda texnalogiyasi yangilanib, borildi.
Regionda, ayniqsa Qozog’istonning markazi Kustanay viloyatida temir rudasi, qora metallurgiya uchun kerakli marganes, xrom va boshqa rudallar Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Temirtauda mavjud bo’lib, arzon qo’ng’ir ko’mir Ekibastuzda, toshko’mir va kokslanuvchi ko’mir Qarag’andada qazib olingan. Shular asosida urush yillarida Markaziy Osiyo hududida dastlabki qorametallurgiya markazi Qarag’anda metallurgiya korxonasi tashkil topdi.
Qozoq “magnitkasi” nomini olgan too’liq sikldagi zavodda prokat, choo’yan va poo’lat ishlab chiqariladi. Kustanayda Markaziy Osiyodagina emas balki MDHda ishlan chiqarish quvvati bo’yicha yirik metallurgiya ba’zasi tashkil etilgan. Sokilov-Sarbayda tog’-kon metallurgiya kombinati, Lisakovsk va Kacharskda rudani boyitish kombinatlari ishlab turibti.
Keyingi yillarda O’zbekiston hududida qorametallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan temir va marganes rudalari, flyus materiallari va oo’tga chidamli xom-ashyolar topildi. Kelajakda Respublikada too’la siklli qora metallurgiya sanoatini barpo qilish uchun asos tayyorlanayotir. Hozirgi kunda Bekobod metallurgiya zavodini ta’mirlashga katta quvvatga ega bo’lgan elektropechalardan foydalanishga, turli xilda mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilinmoqda. chunki, Bekobod zavodi Markaziy Osiyo davlatlarida to’planib qolgan metallarning 15-20%ni ham qayta erita olmayotir.
Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida mahalliy ehtiyojni qondiish uchun qora metall Toshkentda, Andijonda , Shimkentda, Osh, Chorjoo’y va boshqa shaxarlarda ishlab turibti.
Markaziy Osiyo metallurgiya sanoati majmuasida rangdor metallurgiya sanoatining salmog’i katta, rangdor metalurgiyaning xom-ashyolari regionning Turkmaniston davlatidan tashqari barcha rspublikalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Mendeleyev davriy sistemasining barcha elementlari mavjud bo’lib, ayniqsa rangdor metallurgiya xom-ashyosini ba’zi bir turlari va ularning zaxiralari bo’yicha MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham etakchi o’rinni egallaydi. Bularga oltin, mis, kumush, volfram, simob, surma va boshqalar misol boo’ladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rangli va nodir metallar olishning fizik kimyoviy usullari, ularga ishlov berish va ishlab chiqarish texnalogiyasi, ularni kompleks qayta ishlash va boyitish sohasida juda boy tajribaga ega bo’lib, ularning bu boradagi ish tajribalaridan MDHdagi va boshqa xorijiy davlatlar foydalanishmoqda. Markaziy Osiyoda rangdor metallurgiyaning asosiy korxonalari Qozog’iston va O’zbekiston Respublikalaridir. Surma va simob, volfram, polimetall rudalari qazib olish, alyuminiyning turli shakl va oo’lchamdagi quymalarini ishlab chiqishda Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari ajralib turadi. Tojikistondagi rangdor metalurgiya korxonasi yao’ni alyuminiy zavodi Tursunzoda shaxrida 1971 -yilda ishga tushurilgan.
Qozog’iston Respublikasi mis, qo’rg’oshin, rux, alyuminiy, titan, magniy, shuningdek kamyob va nodir metallar ishlab chiqishga ixtisoslsahgan bo’lib, xalqaro mehnat taqsimotida MDH davlatlari orasida yaqqol ajralib turadi. Respublika mis zaxiralari bo’yicha MDH davlatlari orasida birinchi o’rinda turadi.
Asosiy konlari Jezqazgo’an, Balxash, Markaziy va Shimoliy Qozog’istonda joylashgan. Mis sanoat asosida Jezqazgo’an viloyatida bo’lib, bularga asosan Balxash va Karasakpay mis eritadigan zavodlari, Jezqazg’an, Sayan rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozog’istonning sharqiy qismida Glubokoe mis zavodi bor. Respublikada qo’rg’oshin rux kombinati Ust-Kamenogorsk shaxrida bo’lib, uning xom-ashyosi rudali Oltoydadir. Qoratav va Jungo’oriya Olataudan qazib olinadigan rux xom – ashyosi asosida Shimkent shaxrida qo’rg’oshin zavodi ishlab turibdi.
Xalqaro mehnat taqsimotida O’zbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanioat uchun kerakli bo’lgan va etarli miqdorda xom – ashyo chunonchi polimetal rudalari, mis, oltin, volfram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan: oltin zaxiralari bo’yicha Respublika dunyoda 4- o’rinda, uni qazib olish bo’yicha 7- o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-11 o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha, 7-8 o’rinda turadi. (Islom Karimov 1997-yil ) O’zbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning asosiy zaxirasi Markaziy Qizilqumdadir.
Respublikada kumush konlari va Visokovoltnoe Oqjetpes, Kostmonovtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridir. O’zbekistonda rangli metallar mis, qo’rg’oshin, rux, volframlarning zaxiralari koo’p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqir konidan mis molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalniy konidan olinadi. Bu kon zaxirasi qazib olishning tannarxi undan boshqa foydali qazilmalarni ( kumush, oltin, molibden va boshqalar) ajratib olinishi jihatdan MDH mamlakatlari orasida tengi yoo’q. Respublikada qo’rg’oshin, rux, Uchquloch (Jizzax viloyati)va Xondiza konlarida jamlangan.
O’zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor berilgan . U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. Biroq uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 2G’3) qismi to’g’ri keladi. Markaziy Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir tekisda rivojlanmagan. Asosiy markazlari Qozog’iston va O’zbekiston Respublikalaridir.
Kimyo sanoati xo’jalikda og’ir sanoatning muhim tarkibiy qismidan biridir. chunki hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning plastik massalari, suno’iy tola, sintetik kauchuk, lak bo’yoq, ishqorlar va kislota qishloq xo’jaligini esa mineral o’g’it, girbiset va pestisedlarsiz hamda boshqa kimyoviy mahsulotlarsiz tashkil qilish va rivojlantirijh mumkin emas. Shuning uchun sobiq itifoq davrida va hozirgi mustaqillik yillarida ham kimyo sanoati mahsulotlarni Respublikalar ehtiyojini hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni hisobga olgan holda, uni barpo etishga va rivojlantirishga katta e’tibor berildi va berilmoqda.
Mintaqada kimyo sanoati Markaziy Osiyo hududidagi neft, tabiiy gaz, turli xildagi tuzlar, fosforit va boshqa kimyoviy xom- ashyo negizida barpo etilgan va rivojlantirilmoqda. Bu sanoatni shuningdek, neft bilan uchraydigan gaz, gaz konditsatlari, elektr energiyasi hamda mehnat resurslariga boy rayonlarda tashkil qilish va taraqqiy ettirishga ko’proq e’tibor berilgan.
Markaziy Osiyoda kimyobviy xom – ashyo, mehnat resurslari va elektr quvvatiga Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmanistonda hamda Tojikistonda etarli. Qozog’iston, O’zbekiston va Tiurkmanistonda tabiiy gaz neftdan boshqa osh va kaliy tuzlari Glauber, (Merobilit) tuzi fosforit, oltingugurt konlari va boshqa konlari topilgan.Shuningdek, rangli metallurgiya, paxta tozalash sanoati chiqindilari, sulfat kislota xom ashyosi, qishloq xo’jaligi tarmoqlarining ba’zi bir mahsulotlari va chiqindilari Markaziy Osiyo hududida kimyo sanoatini rivojlantirish uchun kerakli xom-ashyo hisoblanadi.
Kimyo sanoati o’ziga xos bo’lgan tarmoqlar majmuidan iborat. Markaziy Osiyo Respublikalarida kimyo sanoatining asosiy o’rni qishloq xo’jaligiga xizmat qilishdir. Qirg’izistondan tashqari barcha davlatlarda meniral o’g’itlar ishlab chiqarish kimyo sanoatining etakchi tarmog’i hisoblanadi.Shuningdek , kimyo sanoati tarkibibiga sulfat kislotasi, soda, kimyoviy tolalar va ishlabn chiqarish tarmoqlari, gidroliz korxonalari , rezina mahsulotlari zavodlari, atir-upa mahsulotlari birlashmalari va boshqalar kiradi.
Qozog’istonda maxalliy xom-ashyolar negizida fosforit o’g’itlar va u bilan bog’liq 80 dan ortiq turdagi mahsulotlar hamda soda ishlab chiqarish, tog’- kon sanoati bilan bogo’langan neftni qayta ishlash, avtomobil shinalari va rizena texnika, sulfat kislotasi mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan.
Asosiy markazlari: Kustanay, Qarag’anda, Shimkent, Olg’a, Atiray, Taraz va boshqalar.
Kimyo sanoatiO’zbekiston Respublikasi sanoati iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega. Respublika kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi va mamlakat sanoatlari yalpi mahsuloti hajmida uning salmog’i 4,6% ni tashkil etadi. Mamlakatda mineral o’g’itlar Chirchiq elektr kimyo kombinati, Farg’ona azotli o’g’itlar, Navoiy kimyo birlashmalari, Qoo’qon superfosfat, Samarqand kimyo zavodlari, Olmaliq “Ammofos” birlashmasida ishlab chiqariladi. O’zbekiston hududida sulfat kislota ishlab chiqariladigan 5 ta, o’simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar (defoliant, desikant, gerbisit, insektised, fungisidlar, oltingugurt kukuni) ishlab chiqaruvchi 4 ta yirik korxonalar joylashgan. Farg’ona va Navoiy viloyatlaridagi korxonalarida kimyoviy tolalar va iplar ishlab chiqariladi. Farg’ona furan birlashmasi , Yangiyo’l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlariga texnik etil spirit, furfurol, ozuqa achitqilari, furil spirit, oziq-ovqat spirit ishlab chiqariladi.O’zbekistondagi kimyo korxonalari negizida 1994 -yilda “O’zkimyosanoat” uyushmasi tashkil etildi.
Turkmanistonda kimyo sanoati tarmoqlari shaxarlarda ishlab turibdi. Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoda kimyo sanoati majmuasi bilan bog’liq neftkimyo, gazkimyo, ko’mirkimyo tarmoqlari barpo etildi va rivpojlantirilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari kimyo sanoati tarmoqlari yangi texnalogiya bilan jihozlangan, ishlab chiqarish quvvatini oshirishga katta e’tibor bergan holda xorijiy mamlakatlar AQSh, Rossiya, Yaponiya , Germaniya va boshqalar bilan teng huquqli hamkorlik qilishmoqda.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlovchi sanoatlar birgalida mashinasozlik majmuasini tashkil qilib, u Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining asosiy tarmog’i hisoblanadi. Uning ahamiyati ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan qurollantirish va avtomatlashtirish, hozirgi zamon fan – texnika taraqqiyoti yutuqlarini xo’jalikning barcha tarmoqlarida joriy qilish, mahsulot sifatini yaxhsilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirishdadir.Regiondagi davlatlarning taraqqiyoiti shu hududdagi mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog’liq.
Mintaqada mashinasozlik geografiyasi shu hududdagi geografik shart-sharoit, ehtiyoj hamda ishlab chiqarishda ixtisoslashuv bilan bog’liq. Markaziy Osiyo davlatining aksariyati azaldan xom-ashyo va yarim xom-ashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi tarmoqlarga ixtisoslashgan. Keyinchalik tog’- kon sanoati tarmoqlari rivojlandi. XX asrning 60 yillaridan boshlab mamlakatlar iqtisodiyoti og’ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga katta ehtiyoj tugo’ildi.
Bular o’z navbatida engil, oziq- ovqat va og’ir sanoat tarmoqlarining isteo’molini tao’minlovchi hamda tarmoqlar aro integrasiyani takomillashtiruvchi, ichki va tashqi aloqalarni rivojlantirishga muhim ta’sir etuvchi mashinasozlik tarmoqlarini barpo etishga olib keldi. Buning uchun etarli miqdorda mehnat resurslari va malakali kadrlar talab etiladi. Mashinasozlik sanoat majmuasini barpo etish va rivojlantirish uchun Markaziy Osiyo davlatlarida imkoniyat bor.
Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining ehtiyojidan kelib chiqqan holda, mintaqada mashinasozlikning quyidagi tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Bular; traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozligi, paxta tozalash sanoati, to’qimachilik, qurilish va yo’l, tog’- kon sanoati, kimyo va neft qazib olish, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, radioelektronika, kommunal xo’jaligi, madaniy- mayishiy ro’zg’or texnikasi mashinasozligi va boshqalar.
Regeonda mashinasozlik sanoati sobiq Ittifoq davrida barpo boo’ldi. Ungacha, Markaziy Osiyo hududida mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan kichik korxona va ustaxonalar bo’lgan. Asosiy korxonalarda temir yo’l mashina uskunalari ta’mirlanadi, paxta tozalash va yogo’ zavodining ehtiyojlari qondiriladi.
Markaziy Osiyoda, sobiq ittifoqning dastlapki o’n yilligida, qishloq xo’jaligi, sanoat va transportni rivojlantirishdan kelib chiqqan holda ta’mirlash korxonalari qurila boshlandi va ularning quvvati oshirildi.
30- yillarda O’zbekistonda “ Toshpaxtasanoat ” mexanika zavodi, “Qishloqmash” zavodi, ekskavator ta’mirlash zavodi. “Irmash” (hozirgi “ToshEKS” ishlab chiqarish birlashmasi) va boshqalar ishga tushurildi.
Qozog’iston va Turkmanistonda temir yo’l transporti, tog’- kon sanoatini ehtiyot qismlari bilan tao’minlovchi korxonalar, mexanika ustaxonalari tashkil etildi.
Markaziy Osiyoda mashinasozlik sanoati taraqqiyotini to’rt davrga-urushgacha, urush davri urushdan keyingi mustaqillikgacha va mustaqillik davrlariga boo’lish mumkin.
Urush davrida Markaziy Osiyoda mashinasozlikning suro’atlari va darajasi, tarkibi hamda ixtisosi sobiq Ittifoqning go’arbiy hududlaridan ko’chirib keltirilgan korxonalar hisobiga ancha o’zgardi. Birgina O’zbekistonga aviasiya zavodi, korbarund, “podyomnik” va abraziv zavodlari, shuningdek Rosselmash, kimyo mashinasozligi, “Karasniy- dvigatel” va boshqa zavodlar ko’chirib kelinib, asosan Toshkentda va Samarqantda joylashtirildi. Ular Respublika mashinasozlik sanoatining tarkibi va iqtisosiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Urushdan so’nggi yillarda irrigatsiya qurilishi, ayniqsa, paxtachilik mashinalari ishlab chiqarish (O’zbekistonda) tiklandi, kimyo, tog’-kon sanoati va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi asbob – uskunalar ishlab chiqarish boshlandi. Mashinasozlik va metallga ishllov berish sanoat korxonalari Qozog’istonda Kokchatau, Ust-Kamenogorsk, Alekseevka, Qarag’anda, Toldiqoo’rgo’on, Almati, Kentau, Jusali, Aktyubinsk, Uralsk, shaxarlarida, O’zbekistonda – Toshkent, Chirchiq, Andijon, Samarqand, Buxoro, Nukusda, Qirg’izistonda – Bishkek, Tukmak, Oshda, Tojikistonda- Dushanbe, Qo’rg’ontepada, Turkmanistonda- Krasnavodsk, Qizil-Arvat, Ashgabat, Chorjuy, va Toshxovuz shaxarlarida ishga tushurildi. Markaziy Osiyoda traktorsozlik va qishloq xo’jalik mashinalari ishlab chiqarishning yirik markazlari sobiq Selinograd, Semipalatinsk, Ust-Komenogrorsk, Povladarda, Toshkentda mavjud edi.
Mashinasozlik sanoati korxonalari tabiiy resurs omiliga bevosita bogo’lanmaganligi uchun ko’proq xom-ashyo rayonida emas, balki, isteo’molchi regionlarida yaxshi rivojlantirildi.
Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo Respublikalarida mashinasozlik korxonalarining deyarli hammasida qaytadan ta’mirlash, zamonaviy texnalogiyalar bilan jixozlash ishlari boshlab yuborildi. Natijada mashinasozlikda sifat o’zgarishlari yuz bermoqda, unumdorlik ortmoqda, yangi mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’izistonda Respublika iqtidsodiyoti uchun zarur bo’lgan avtomobilsozlik, radioelektronika samolyotsozlik kabi sanoat tarmoqlari rivojlantirilmoqda, qishloqxo’jalik mashinasozligi, traktorsozlik, to’qimachilik mashinasozligi va boshqa mashinasozlik tarmoqlarining ishlab chiqarilish quvvati oshirilmoqda.
Markaziy Osiyo hududida mashinasozlik korxonalarining taraqqiyoti bugungi kunda va istiqbolda asosan xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan halqaro hamkorlik bilan bog’liq.
Mintaqadagi barcha Respublikalarda bugungi kunga kelib halqaro hamkorlik asosida ish olib borayotgan mashinasozlik korxonalari yaxcshi natijalarni qoo’lga kiritmoqdalar. Buni O’zbekiston misolida yaqqol koo’rish mumkin. Chunonchi 1992 -yilda Janubiy Koreyaning DEU korparasiyasi bilan hankorlikda Asaka shaxrida “O’z DEU avto” qoo’shma korxonasi, Rossiya bilan hamkorlikda “LIAZ” ishlab chiqarish birlashmasi (Samarqandda), O’zbekiston- Italiya qoo’shma korxonasi (“O’z italmotor”) shular jumlasidandir. Shuningdek, AQSh “Keys” fermasi bilan hamkorlikda yangi traktor va kombayinlar yigo’ish yo’lga qoo’yildi. 7 ta Qo’shma korxonalar barpo etildi (“Keys korporeyshin” kompaniyasi bilan hamkorlikda) . Radioelektronika, elektrotexnika sanoatini birlashtirib turuvchi “O’zeltexsanoat” uyushmasida korxonalar Rossiya, AQSh , Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo’lga qoo’yishgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining xorijiy mamlakatlar bilan olib borayotgan hamkorligi ijobiy natijalar bermoqda hamda bu hududda mashinasoxzlik sanoati tarmoqlarini rivojlanishini belgilamoqda.
Tayanch tushunchalar:
Og’ir sanoat–asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iboratdir, ya’ni unda mexnat qurollari (mashinalar, jihozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg’i va h.k.) ishlab chiqariladi.
Sanoat markazi–bir yoki birnecha sanoat tarmoqlari to’plangan shahar yoki shaharchalardir.
Energiya tizimi–iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qatnashadigan va bir-biri bilan elektr liniyalari bilan bog’langan yirik elektr stantsiyalar birlashmasi.
Nazorat savollari:
1. Markaziy Osiyo davlatlari sanoatini shakllanish asoslarini izohlab bering?
2. Markaziy Osiyo davlatlari sanoatida bugungi kun o’zgarishlarini yoritib bering?
3. Markaziy Osiyo davlatlari sanoatini shakllanish asoslarini izohlab bering?
4. Markaziy Osiyo davlatlari sanoatida bugungi kun o’zgarishlarini yoritib bering?
5. Markaziy Osiyo davlatlari sanoatida mashinasozlikni ahamiyatini izohlab bering?
6. Markaziy Osiyo davlatlari sanoatida kimyo sanoatini ahamiyatini yoritib bering?
7. Markaziy Osiyo davlatlari sanoatining xo’jalikda tutgan o’rni qanday?
8. Markaziy Osiyo davlatlarining sanoat tarmoqlarini tavsiflang?
9. Markaziy Osiyo davlatlari qora metallurgiya sanoatining asosiy xom ashyolari haqida tavsif bering?
10. Mintaqadagi rangli metallurgiya markazlarini aniqlang va yozuvsiz xaritada ularni belgilang?
11. Metallurgiya sanoatiga oid ma’lumotlar to’plang (matbuot, radioeshittirish, teleko’rsatuvlar, internetlar asosida).
12. Markaziy Osiyoda kimyo sanoatini qaerlarda tez barpo etish va rivojlantirish qulay?
Do'stlaringiz bilan baham: |