Simpatik va parasimpatik nerv sistemalarining ba’zi zaharlarga munosabati
Ba’zi zaharlar vegetativ nerv tizimining turli qismlariga ta’sir etadi. Vegetativ nerv tizimining tugunlari, nerv tolalari va uchlari muayyan zaharlar ta’sirida turlicha qo’zg’aladi va falaj bo’ladi. Masalan, tamakida bo’ladigan zahar – nikotin simpatik tugunlarni falaj qiladi-yu, ammo tolalariga ta’sir etmaydi. Nikotindan zaharlangan simpatik tugunlar qo’zg’alishni o’tkazmaydigan bo’lib qoladi, preganglionar toladan kelgan impuls shu tufayli postganglionar tolaga o’tmaydi va organga yetib bormaydi.
Boshqa bir zahar, ya’ni atropin vegetativ nerv tizimining parasimpatik bo’limiga ta’sir etadi. Bu zahar parasimpatik nerv tolalarining oxirlarida ishlovchi organga qo’zg’alish o’tishini to’xtatib qo’yadi. Masalan, terining ostiga atropin yuborilgandan keyin adashgan nerv oxirlari falaj bo’ladi, yurakka tormozlovchi impulslar kelmay qoladi, shuning natijasida yurak tez ishlay boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |