«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


IIBOB. MUSTAZOD JANRI TARAQQIYOTIDA MASHRABNING TUTGAN O`RNI



Download 104,46 Kb.
bet31/43
Sana07.01.2022
Hajmi104,46 Kb.
#325561
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
« boborahim mashrab mustazodlarining g’oyaviy-badiiy tahlili»

IIBOB. MUSTAZOD JANRI TARAQQIYOTIDA MASHRABNING TUTGAN O`RNI

2.1. Mustazodlarning badiiy xususiyatlari

Fitrat birinchilardan bo`lib, Mashrab mustazodlari haqida fikr yuritadi.”Mashrabning eng suygani shakl mustazod shaklidir. Mustazod g’azalning har bir misraidan keyin shul misradagi vaznning ma`lum miqdori qadar so`z ilova qilingan shaklga aytiladir. Adabiyot qoidachilari aksariyat bilan bu shaklni “hazaj” bahridan “maf`uvlu mafoiylu mafoiylu fa`uvlun maf`uvlu fa`uvlun” vaznig’a maxsus deb biladirlar. O`zbek va chig’atoy shoirlari orasida men Mashrab qadar mustazodni ko`p yozg’an bir shoirni uchratmadim”,- deb yozadi Fitrat Mashrab tadqiqotida1.


Bu xasta vujudimni mani o`rtadi bir yo`l,

ul g’unchai xandon,

Ul gul yuzini ishqida men vola-yu hayron

ul zulfi parishon.

Ko`ngilni anglash va uni poklab borish insonni Ollohga yaqinlashtiruvchi vositadir. Chunki g’uborlardan tozalangan qamish-naydan ruhbaxsh navo taralganidek, pokiza ko`ngilda ham ilohiy ishq, hayotga muhabbat, go`zallikka oshuftalik mujdalari o`sa boshlaydi.

Mashrab she`riyatidagi asosiy g’oyalardan biri insonni o`ziga tanitishdan iborat. U ko`p yurtlar kezib, kishilarning yashash tarzi, tabiatini kuzatib, barcha fojialariga, iztiroblariga sabab ularning nafsi degan xulosaga keladi. Va ibrat sifatida, o`z anglagan dunyo mohiyati borasidagi tasavvurlaridan zamondoshlarini ogoh etish maqsadida qalandarlik yo`lini tanlaydi.

Bir rahm qilib so`rmadi holimni nechuk deb,

ul orazi gulgun,

Yuz va`da qilib bizga vafo aylamadi hech,

ul va`dasi yolg’on.

Mashrab ijodidagi ishq talqini o`ziga xos. U Ibrohim Adham, Mansur Xalloj, Attorni o`ziga g’oyibona pir deb biladi. Ularning yo`lidan boradi. Mansur Xalloj kabi o`tli ishq otashida yonib yashaydi. Bu Ollohga bo`lgan muhabbat. U hayotning, tiriklikning mazmunini shunda ko`radi. Uning asosiy maqsadi Ollohni sevish va u bilan birlashish. Chunki u inosnni g’uborlardjan, vujudiy, nafsoniy qafaslardan faqat shu ishqgina ozod etishiga ishonadi.

Parvona sifat ishq o`tida kuydi bu jonim,

yo`q sabru qarorim.

Ovozai husningki solib, olama g’ulg’ul,

el barchasi hayron.

Shoir tasavvuricha, bunday muhabbatga oshno bo`lmagan ko`ngul haqiqiy go`zallikni his qilolmaydi. Borar manzillari torayadi. Ko`rar ko`zlari xiralashadi. Lirik qahramon ishq o`tida o`zini parvonaga o`xshatadi.

Bir necha mahaldirki ong’a rozi dil aytdim,

devonai Mashrab.

Berahm ekan, kelmadi bir dam qoshim uzra,

ul zolimi davron.

Mashrab she`riyatining, mustazodlarining asosiy maqsadi – inosnlarni mudroqlikdan uyg’otishdir. Bir-biriga muhabbat bilan boqish, bir-birini anglash va bu orqali Ollohni anglashga yo`naltirishdir.

Shoir har bir ko`nglini sirli bir olam deb tushunadi. Insonlarni uni sevishga chaqiradi. Biror dilni og’ritishni, unga ozor berishni yuzlab Ka`bani vayron etishga tenglashtiradi.



Mashrab tasavvuf g’oyalarini targ’ib qiluvchi etuk mutafakkir, mutasavvuf shoir bo`lishi bilan birga oddiy insoniy kechinmalar kuychisi sifatida ham namoyon bo`ladi. Uning asarlarida Vatan sog’inchi, ona oldidagi qarzdorlik tuyg’usidan iztiroblanish kabi kechinmalarning samimiy ifodasini ko`ramiz.

Hazrati Shayx Sa`diy inson hayoti haqida armon bilan mushohada etib, "Qaniydi odamzodga ikki karra umr berilsa. Birinchi marta xatoliklardan, adashishlardan xulosa chiqarib, tajriba o`rganib, ikkinchi marta ko`gildagiday, armonsiz yashasa", degan ekanlar.

Hazrati Alisher Navoiy ham shunga yaqin fikrni bayon etganlar:


Download 104,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish