324
Inson organizmida sintez qilinmaydigan va albatta ozuqalar bilan organizmga
tushadigan moddalar mavjud.
Go„shtlarning biologik qiymati, uning tarkibidagi oqsillar, aminokislotalar va
ularning hazmlanish xususiyatlariga qarab baholanadi.
Go„shtlarning energetik qiymati, iste‟mol qilingan go„shtlarning biologik
oksidlanishi natijasida hosil bo„lgan energiya miqdoriga qarab aniqlanadi.
Go„shtlarning energetik qiymati organizmda hazmlangan oqsil, yog„ va uglevod
moddalarning miqdori (g) bilan ifodalanadi. Ma‟lumki, organizmga qabul qilingan
oqsil va uglevod moddalarning 1g 17,2 KDJ, yog„ning 1g esa 38,8 KDJ energiya
beradi deb qabul qilingan.
Go„sht mahsulotlarining yuqori ozuqaviy va energetik qiymati nafaqat
ularning kimyoviy tarkibiga, balkim hazmlanishiga hamda tarkibining organizm
uchun zararsiz ekanligiga ham bog„liq.
Go„sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymati organizmni modda va energiya
almashinuvini to„liq ta‟minlashi va moddalarga bo„lgan talabini qondirish
xususiyati bilan ham ifodalanadi. Bu xususiyat go„sht mahsulotlari tarkibidagi
moddalar miqdoriga bog„liq bo„lmasdan, balkim, organizmda bu moddalarni
hazmlanishishiga ham bog„liq.
Ozuqa moddalarning hazmlanishi yoki hazm bo„lish koeffitsienti,
mahsulotlarni yoki ularning ayrim bo„laklarini organizmda qolishi bilan
xarakterlanadi.
Go„sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini organoleptik va kimyoviy
ko„rsatkichlari ham ifodalaydi (rangi, ta‟mi, hidi, konsistensiyasi, kimyoviy
tarkibi, tarkibida inson hayoti uchun xavfli bo„lgan mahsulotlarni saqlashi va h.k.).
Go„sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymatiga, organoleptik ko„rsatkichlari ham
ta‟sir qiladi. Bu ko„rsatkichlar ovqat hazm qilish sistemasining faoliyatini
tezlashtiradi yoki susaytiradi. Bunda, go„shtlarning ta‟mi va mazasi muhim bo„lib,
go„shtning ozuqaviy qiymatini belgilaydigan boshqa ko„rsatkichlarini kamaytiradi.
Masalan, go„sht tuzlash yo„li bilan konservansiyalanganda uning ta‟mi va mazasi
yaxshilanishi bilan tarkibidagi oqsil miqdori ancha kamayadi. Shuning uchun
go„sht mahsulotlari ishlab chiqarishda, shunday texnologik me‟yorlarni qo„llash
kerakki, uning tarkibidagi oqsil miqdoriga salbiy ta‟sir qilmasin, hamda oqsilning
hazmlanish xususiyati yuqori bo„lsin.
Go„shtni qayta ishlash texnologiyasi jarayonlarining qat‟iy meyorlarda olib
borilmasligi natijasida, ba‟zan oqsil moddalarining molekulalaridagi tuzilish
buziladi. Bu holat go„shtlarni uzoq muddatga saqlaganda ham kuzatiladi. Bu
jarayonlar go„sht mahsulotlarining biologik qiymatini pasaytiradi. Shuning uchun
go„sht mahsulotlarining biologik qiymatiga baho berilganda, go„shtning tarkibidagi
oqsillarning, turli omillar ta‟siriga chidamliligi muhim ahamiyatga ega.
Oqsillarning biologik qiymati, kimyoviy va biologik usullarda aniqlanadi.
Kimyoviy usulda oqsilning tarkibidagi aminokislotalar
aniqlanib, ularning nisbatiga
qarab baholanadi. FAO va VOZ tomonidan aminokislotalarni hisoblash uchun
325
maxsus shkala ishlab chiqilgan. Bu shkalada 1g oqsil va 1g azot tarkibida necha mg
aminokislota saqlanishi mumkinligi hisobga olingan. Go„sht tarkibidagi
aminokislotalar soni, foiz hisobida shkala ko„rsatkichlariga nisbatan hisoblab
aniqlanadi. Amaliyotda go„shtlarning biologik qiymatini aniqlashda
quyidagi tanqis
aminokislotalar: lizin, triptofan va tarkibida (S) oltingugurt saqlovchi
aminokislotalar aniqlanadi. Bundan tashqari, triptofanni oksiprolinga nisbati bilan
ham biologik qiymat aniqlanishi mumkin. Go„shtlarni biologik qiymatini
baholashda, KEB (oqsillarni tejamkorlik koeffitsienti) va KIB (oqsillarni ishlatilish
koeffitsienti) ko„rsatkichlari hisobga olinadi.
Oqsillarning biologik qiymatini aniqlashning eng ob‟yektiv usuli, azot
balansini aniqlashdir. Bunda ozuqa bilan qabul qilingan va organizmdan chiqib
(siydik, axlat va ter) ketgan azotning miqdori aniqlanadi. Oragnizmda hazm
bo„lgan azotni, qabul qilingan azotga nisbatining foizdagi ifodasiga oqsilning
biologik qiymat ko„rsatkichi deyiladi.
Go„shtni biologik, ozuqaviy qiymatini aniqlash va ularga ta‟sir qiluvchi
omillarni bilish muhim bo„lib, bunda nimtaning turli joylaridan qanday maqsadda
foydalanish aniqlanadi. Bunda oziq-ovqat va hayvonlar uchun ozuqa sifatida, past
qiymatli nimta bo„laklarni alohida ajratishga imkoniyat tug„iladi.
Mahsulotlarni sifatini oshirish; mehnat unumdorligiga, xo„jalik qurilishini
jadallashuviga, tejamkorlikka va eng asosiysi ishchilarni hayot farovonligini
yaxshilanishiga ijobiy ta‟sir qiladi.
Murakkab go„sht mahsulotlarini sifatini aniqlashda, uning barcha
xususiyatlarini hisobga olish qiyin. Shuning uchun, bunda muhim kompleks
belgilar sifati aniqlanadi. Go„sht sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifatini
nazorat qilishda, nafaqat puchak mahsulotlarni aniqlash, balkim sifatsiz mahsulot
ishlab chiqarishning oldi olinadi. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
sifatini aniqlash uchun qulay va oson usullarni tadbiq qilish kerak. Ammo, bu
usullar ishlab chiqarishda qo„llanilmayapti. Hozirgi davrda go„sht mahsulotlarining
sifatini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida, ayniqsa ularni yangiligini
aniqlashda, gistologik usullarni qo„llashning muhimligi ta‟kidlanmoqda.
Go„shtning sifatini aniqlashda «Ultra X» apparati qo„llanilsa, boshqa
usullarga
qaraganda 8-10 marta tez aniqlash mumkin. Bu apparatda bitta namuna go„shtda
uning tarkibidagi suv, yog„, oqsil va mineral moddalarni aniqlash mumkin.
Go„shtning sifatini kompleks belgilari ya‟ni; orgonoleptik, sanitariya-
gigiyenik va
texnologik, hamda ozuqaviy qiymatlari kabilar belgilaydi.
Go„shtning sifatini xarakterlaydigan ko„rsatkichlar 4 guruhga bo„linadi:
1. Ozuqaviy qiymati (undagi oqsil, yog„, uglevod, vitamin, mikro va makro
elementlar saqlanishi)
2. Organoleptik ko„rsatkichlari (tashqi tuzilishi, rangi, marmarlik, ta‟mi, hidi,
konsistensiyasi, yumshoqligi (sochnost)).
3. Sanitariya-gigiyena holati (kishilar salomatligiga salbiy ta‟siri, kasallik
tarqatuvchi mikroblar, og„ir
metall tuzlari, nitritlar, pestisidlar saqlanishi).
326
4. Texnologik ko„rsatkichlari (suv yutish qobiliyati, Rh konsentrasiyasi,
biriktiruvchi to„qima miqdori, yog„ miqdori va holati).
Do'stlaringiz bilan baham: