Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari


разделов, 
разведения 
и 
кормления 
сельскохозяйственных  животных,  скотоводство,  овцеводство,  коневодство, 
свиноводство, птицеводство и переработка продуктов животноводства. 
 
Учебное  пособие  написан  на  латинском  шрифте,  понятном  языке  и 
включает  в  себе  контрольные  вопросы,  тестовые  задания,  задачи  для 
самостоятельной работы и усвоению материалов. 
 
Учебным пособием могут пользоваться в фермерских, дехканских и 
личных подсобных хозяйствах. 
Annotation 
 
The  manual
 
has  been  prepared  for
 
undergraduate
 
higher  education  institutions  in 
areas  of
 
gardening
 
5621100

  agrochemical
 and 
soil  science  5620100

plant 
breeding  and  seed-growing
 
5620400
,  
agroeconomics  5340100
,  
accounting  and 
auditing  5340900

Textbook
 
can  be
 
used  in
 
farming  a
nd 
subsidiary  farming.  The 
manual
 
assembled  in
 
compliance
 
with  the  standard
 
program
 and 
consists
 
of  the 
following sections

breeding and
 
feeding
 
of farm animals,
 
cattle
, sheep, horse, 
pig

poultry  farming 
and  processing  of
 
livestock  products.
 
Sections
 
include  the 
breeding
 
of  farm  animals
,  feed 
and  feeding
 
of  farm  animals
,  technology, 
animal 
production
 
and  processing
.
The  manual  is  written
 
in  the  Latin
 
font,
 
plain 
language
 
and  includes
 
quizzes
,  tests, 
assignment
 
for  self-study
 
and  assimilation 
of
 
material. 
 
 


 

 
KIRISH  
 
CHORVACHILIKNING HOLATI VA RIVOJLANISHI. 
 
Chorvachilik qishloq xo„jaligining ajralmas bir qismi bo„lib, xalq xo„jaligida 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo„lgan sut, go„sht va tuxum 
mahsulotlari olinadi. Bu ko„rsatkich orqali mamlakat aholisining farovonligi haqida 
fikr yuritish mumkin. 
Bundan  tashqari  chorvachilik  sanoat  uchun  xomashyo  manbai  hisoblanadi. 
Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi. 
Chorva  hayvonlari  va  parrandalari  chiqindilari  mahalliy  ug„it  sifatida  yer 
unumdorligini  oshirishda  beqiyos  o„rin  tutadi.  Masalan:  bir  sigirdan  bir  yilda 
olingan gung bilan 1ga yerni mahalliy ug„itga bo„lgan talabini qondirish mumkin. 
Shu  boisdan  chorvachilikning  asosiy  vazifasi  chorvachilik  mahsulotlarini 
ko„paytirish  evaziga  xalqning  oziq-ovqat,  sanoatni  esa  xomashyo  bilan 
ta‟minlashdan  iboratdir.  Buning  uchun  tabiiy  oziq-ovqat  zonasining  barcha 
xalqalarini mustahkam bog„lanishiga erishish kerak. Bu zanjir tuproq  – o„simlik – 
o‟git -hayvon – odamdan iborat bo„lib, doimo fan va texnika yangiliklariga muhtoj. 
Qishlok  xo„jalik  –  dehqonchilik  va  chorvachilik  sohalari  bir-biri  bilan  uzviy 
bog„lik  bo„lib,  bir-birini  tuldiradi,  ular  bir-birisiz  ijobiy  natijalarga  hech  qachon 
erishaolmaydilar. 
Tabiiy  manbaalar  va  ekilgan  yerlardan  olingan  mahsulotlarning  75  %  inson 
to„gridan-to„gri  iste‟mol  qila  olmaydi,  Shuning  uchun  ularni  albatta  qishloq 
xo„jaligi hayvonlari va parrandalarining tanasi orqali o„tkazilib sut, go„sht, tuxum 
kabi noyob mahsulotlar olinadi. 
O„z  navbatida  hayvonlar  va  parrandalar  iste‟mol  qilgan  oziqalari  tarkibidagi 
40 % organik va 70 % mineral moddalarni tanasiga singdira olmay tashqi muhitga 
chiqarib  yuboradilar,  Bu  chiqindilar  gung  sifatida  tuproqdagi  mikroorganizmlar 
uchun oziqa bo„lib, uning unumdorligini oshirishda asosiy omil bo„lib qoladi. 
Mustaqil O„zbekiston xalq xo„jaligining ajralmas qismi, qishloq xo„jaligining 
rivojlanishi, xalqimiz farovonligini ta‟minlashda alohida o„rin tutadi. 
Bu  borada  mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  qishloq  xo„jaligida  tub 
islohotlarni  o„tkazishda  sobitqadamlik  bilan  olib  borayotgan  siyosati,  qishloq 
xo„jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko„paytirishda bosh omil bo„lmoqda. 
Prezidentimiz  I.A.Karimovning  bu  boradagi  farmonlari  va  Vazirlar 
Mahkamasining  qarorlari  bu  sohadagi  islohotlarni  bosqichma-bosqich  olib 
borishning imkoniyatlarini ochib berdi. 
O„zbekiston  Oliy  Majlisining  1  chaqirik  X  sessiyasida  mamlakat  Prezidenti 
I.A.Karimovning  «Qishloq  xo„jaligida  islohotlarni  chuqurlashtirish  serobchilik 


 

manbai» mavzusida qilgan ma‟ruzasida qishloq xo„jaligining yosh mustaqil davlat 
iqtisodi va siyosatidagi ahamiyatiga  bafurja to„xtab o„tdilar. 
O„zbekistonda umumiy aholining 49 % qishloq xo„jaligi bilan bog„liqligi bu 
sohaning  dolzarbligidan  dalolat  beradi.  Bundan  tashqari  Prezidentimiz  qishloq 
xo„jaligida  yerga,  hayvonlarga,  asosiy  ishlab  chiqarish  vositalariga  egalikni 
ta‟minlash kerakligi to„g„risida gapirdilar. 
O„zbekiston Oliy Majlisining 1 chaqirik XI sessiyasida yangi qonunlar – «Yer 
to„grisidagi  qonun»,  «Qishloq  shirkat  xo„jaliklari  to„g„risidagi  qonun»,  «Fermer 
xo„jaligi    to„grisidagi  qonun»,  «Dehqon  xo„jaligi  to„grisidagi  qonun»lar  qabul 
qilinishi  qishloq  xo„jaligini,  shu  jumladan  chorvachilikni  yanada  rivojlantirish 
imkoniyatlarini ochib berdi. 
O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz Oliy Majlisining 1 
chaqirik  XIV  sessiyasida  «O„zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  mavzusida  qilgan  
ma‟ruzasida respublikamiz mustaqilligining 8 yilida qilingan ishlar sarhisob qilinib
XXI asrda qilinishi zarur ishlar o„z aksini topgan. 
Ayniqsa mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o„zgarishlar chuqur tahlil 
qilib borilgan. 
Prezident  farmonlari  bilan  bir  katorda  Vazirlar  Maxkamasining  qarorlari 
qishloq  xo„jaligida  islohotlarni  o„tkazishda  asosiy  omillardan  biri  bo„lib 
hisoblanadi. 
1991  yil  30  dekabrda  315-sonli  qaror  «Respublikada  dehkon  (fermer) 
xo„jaliklarini yanada rivojlantirish va mustaxkamlash choralari haqida». 
1993  yil  15  martdagi  «Respublikada  chorvachilikdagi  iqtisodiy  islohotlarni 
chuqurlashtirish chora-tadbirlari haqida». 
Mamlakatda yetishtirilayotgan go„shtning 94 %, sutning 96 % xususiy sektor 
xissasiga to„gri kelmoqda. 
O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  23  martdagi  «Shaxsiy 
yordamchi,  dehkon  va  fermer  xo„jaliklarida  chorva  mollarini  ko„paytirishni  rag 
„batlantirish chora-tadbirlari to„grisida» gi PK-308 qarori ikkinchi bandiga asosan 
ma‟qullangan    «2006-2010  yillar  davrida  shaxsiy  yordamchi,  dehkon  va  fermer 
xo„jaliklarida  chorva  mollari,  birinchi  navbatda  qoramollar  sonini  ko„paytirishni 
rag„batlantirish  dasturi»da  esa  shu      maqsaddan  kelib  chiqib,  quyidagi  vazifalar 
belgilangan: 
- 2010 yilda qoramollar sonini 2005 yildagiga nisbatan shaxsiy yordamchi va 
dehkon  xo„jaliklarida  40,2  %  yoki  2422,5  ming  boshga  ko„paytirib,  8450  ming 
boshga, fermer xo„jaliklarida 98 % ko„paytirib, 655 ming boshga yetkazish
-  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo„jaliklariga  zooveterinariya  va 
boshqa  servis  xizmatlari  ko„rsatuvchi  infratuzilmalar  tarmog„ini  rivojlantirish 
maqsadida,  besh  yil  davomida  qo„shimcha  575  ta  zooveterinariya 
shahobchalari,330  ta  sun‟iy  urug„lantirish  punktlari  tashkil  qilib,  zooveterinariya 
shahobchalari  sonini  2343  taga,  sun‟iy  urug„lantirish  punktlari  sonini  884  taga 
yetkazish; 


 

-    naslchilik  xo„jalik  maqomi  berilgan  fermer  xo„jaliklarida  hamda  zoti 
yaxshilangan  qoramollarni  ko„paytirish  bilan  shug„ullanayotgan  fermer 
xo„jaliklarida  besh  yil  davomida  100,8  mingta  naslli  va  zoti  yaxshilangan  mol 
yetishtirib,  ularni  auksionlar  orqali  shaxsiy  yordamchi,  dehkon  va  fermer 
xo„jaliklariga sotish belgilangan. 
1994  yil  21  yanvar  74-sonli  «Iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish, 
xususiy  mulk  manfaatlarini  himoya  qilish  va  tadbirkorlikni  rivojlantirish  chora- 
tadbirlari to„grisida» gi qarorni kursatish mumkin. 
O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Shaxsiy  yordamchi,  dehkon  va 
fermer  xo„jaliklarida  chorva  mollarini  ko„paytirishni  rag„batlantirish  chora-
tadbirlari haqida» gi qarori chorva rivojiga katta ta‟sir o„tkazmoqda. 
O„zbekiston  Respublikasining  1993  yil  3  sentyabrda  qabul  qilingan 
«Veterinariya  to„grisida»gi,  1995  yil  21  dekabrda  qabul  qilingan  «Naslchilik 
to„grisida»gi    qonunlari  chorvachilikni  rivojlantirishda  muhim  ahamiyatga  ega 
bo„ldi.  Respublika  Vazirlar  Maxkamasining  1993  yil  15  martdagi  «Respublika 
chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to„grisida»gi, 
1999  yil  23  fevraldagi  «Chorvachilikda  iqtisodiy  islohotlarni  takomillashtirish 
hamda  dehkon,  fermer  xo„jaliklari  va  xususiylashtirilgan  fermalar  manfaatlarini 
himoya  qilish  choralari  to„grisida»gi,  2006  yil  23  martdagi  «Shaxsiy  yordamchi, 
dehkon  va  fermer  xo„jaliklarida  chorva  mollarini  ko„paytirishni  rag„batlantirish 
chora-tadbirlari to„grisida»gi qarorlari esa sohani taraqqiy ettirish jarayonida asosiy 
dastur bo„lib xizmat qilmoqda. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  chorvachiliknining  rivojlanishi  o„ziga  xos 
xislatlarga ega. Ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilishi, turli 
mulk  shaklidagi  chorvachilik  xo„jaliklarining  faoliyat  ko„rsatishi,  chorva 
mahsulotlariga  davlat  xarid  narxlarini  va  rejalarini  bekor  qilinishi,  barcha 
chorvachilik xo„jaliklari o„rtasida odil, erkin raqobatni tashkil qilishdan iboratdir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik fermalari davlat rejasi asosida emas, 
mahsulot  ishlab  chiqarishni  bozor  talabidan  kelib  chiqib  tashkil  qiladi.  Bu  esa 
bozorda  chorvachilik  mahsulotlarni  talab  va  taklif  nisbatida  olib  borishni  taqozo 
etadi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  O„zbekistonda  shaxsiy    yordamchi,dehkon  va 
fermer  xo„jaliklari  faoliyat  ko„rsatishlari  mumkin,  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 
ishlab chiqarilgan mahsulot nisbatida xususiy mulkning ulushi ortib boraveradi. Bu 
esa bozorda sifatli va arzon chorva mahsulotlari  turlarini ta‟minlaydi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  barcha  turdagi  mulk  shaklidagi  xo„jaliklarning 
erkin raqobat qilishlari uchun  xuquqiy va iqtisodiy asoslar yaratib beriladi. 
Barcha  mulk  shaklidagi  xo„jaliklarda  ishlab  chiqarishni  to„gri  tashkil  qilish 
natijasida 
chorvachilik 
mahsulotlarining 
tannarxini 
kamaytirish, 
bozor 
imkoniyatlaridan  kelib  chiqib  sotishni  tashkil  qilish,  hamda  asosiy  chorva 
mahsulotlarini  xo„jalikning  o„zida  qayta  ishlab  tayyor  mahsulot  xolida  sotishni 


 

taqozo  etadi.  Bu    borada  yangi  mahsulotlar  turlarini  tayyorlash,  ularning  sifatini 
jahon andozalari talablariga javob beradigan holatga keltirishni talab etadi. 
O„zbekistonda  chorvachilikni  rivojlanishi  uchun  mustaqillik  yillarida  barcha 
shart-sharoitlar  yaratib  berildi,  Uning  xuquqiy  va  iqtisodiy  asoslarini  xukumat 
tomonidan  yaratilishi  chorvadorlarni  erkin  faoliyat  ko„rsatishlari  uchun 
imkoniyatlar yaratib berdi. 
Mamlakat chorvachiligida sifat o„zgarishlar ro„y bermoqda yoki mulk davlat 
tasarrufidan  chiqarib  xususiylashtirilmoqda,  bu  esa  o„zining  ijobiy  natijalarini 
bermoqda.  Ko„plab  fermalar  xissadorlik,  xususiy  mulkka  aylandi,  yangidan 
minglab fermer va dehqon xo„jaliklari barpo etilmoqda. 
Mamlakatimizda  chorvachilikning    taqdirini,  albatta  xususiy  mulkka 
asoslangan  chorvachilik  xo„jaliklari  tashkil  qilishi  aniq.  Hozirgi  kunda 
mamlakatimizda  214 000  dan  ortiq  fermer,  shundan  13000  tasi  chorvachilik  va  3 
mln.dan  ko„proq  dehqon  xo„jaliklari  mavjud  bo„lib,  ular  chorvachilik  bilan 
shug„ullanmoqdalar,  Shuning  uchun  yildan-yilga  chorva  bosh  sonlari  ko„payib, 
chorvachilik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  ko„payib  bormoqda,  bu    asosan 
xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo„jaliklari evaziga ro„y bermoqda. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish