154
Buqalarni avlodlarining sifatiga qarab tanlash oxirgi bosqich bo„lib, qiyin,
ko„p mehnat talab qiladigan tadbir hisoblanadi. Sut qoramolchiligida buqalar
qizlarining sut mahsuldorligi, go„sht qoramolchiligida esa avlodlarning go„sht
mahsuldorligiga qarab tanlanadi. Sut mahsuldorligida buqalarga qizlarining sut
mahsuldorligi bo„yicha (A1,A2,A3) kategoriyalari beriladi, sutdagi yog„ miqdoriga
qarab (B1,B2,B3) kategoriyalari beriladi. Ko„pincha buqalar yaxshilovchi
bo„lavermay, o„rtacha (neytral) va yomonlovchi bo„lishi mumkin, iloji boricha bu
buqalardan foydalanmagan maqsadga muvofiq va ular kelgusida podani
to„ldirishda foydalanilmaydi.
Podani to„ldirishda keng foydalanadigan buqalarni baholashda maxsus nazorat
fermalari, buqalarni o„stirish va nazorat qilish stansiyalarida amalga oshiriladi. Bu
xo„jaliklarda sigirlar zot talablariga to„liq javob berib, ularning sut mahsuldorligi
3000 kg kam bo„lmasligi shart, zotdorligi va klassi yuqori bo„lishi kerak.
Naslchilik zavodlari va xo„jaliklarida buqalarni nasl sifatlariga qarab baholash
o„zlarida o„tkaziladi.
Ba‟zi vaqtlarda nasl sifatlariga qarab baholash bonitirovka va zootexnika
hisob-kitoblarini tahlil qilish asosida ham xulosaga kelish kerak, buning uchun
tahlil olib boriladigan xo„jaliklarda barcha hisob-kitob ishlari olib borilishi kerak va
sigirlar klassi 1 kam bo„lmasligi kerak. Buqachalarni iloji boricha erta nazoratdan
o„tkazish iqtisodiy samara beradi. Buning uchun ular 12-14 oyligidan qochirishda
foydalanib, dastlab chegaralangan jinsiy faoliyat beriladi. Ulardan 20-30 ming sigir
qochirishga yetadigan urug„ olinib urug„ banklarida mo„zlatib saqlanadi. Buqaning
nasl sifatlariga qarab nazorat utib «Yaxshilovchi» deb tan olingandan keyin buqa
urug„i keng qochirishda foydalanish mumkin.
Buqalar qizlarining sut mahsuldorligiga qarab baholash uchun ularni
ko„rsatkichlari onalarining, tengdoshlarining va zot andozalariga solishtirish
baholanadi.
Ayniqsa bu borada buqa qizlarining mahsuldorligini tengdoshlari yoki
xo„jalikda bir sharoitda o„stirilgan boshqa buqa qizlarning sutdorligi bilan
solishtirish usuli alohida ahamiyat kasb etadi. Shu tadbirlar asosida naslchilik
ishlarini samaradorligini oshirish uchun «Yaxshilovchi» buqalardan foydalaniladi.
Buqalarni o„stirish, tanlash, baholash shu hududdagi qochiriladigan urg„ochi
hayvonlar soni, bitta buqaga to„g„ri keladigan hayvonlar soni va buqalardan
foydalanish davomiyligiga bog„liq, bu miqdorni quyidagi formula yordamida
topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: