Buqalarni baholash va tanlash.Qoramolchilikda sun‟iy urug„lantirishni keng
joriy qilinishi har bir buqadan bir necha ming avlod olish mumkinligini e‟tiborga
olsak, buqalarning baholashga alohida e‟tibor berishni taqozo etadi.
Buqalarni baholash murakkab jarayon bo„lib, ishlab chiqarish sharoitlarida
bosqichma-bosqich, kelib chiqishiga, o„zining mahsuldorligi va nasl sifatiga qarab
amalga oshiriladi.
Kelib chiqishi bo„yicha baholashda buqaning ona tomoni mahsuldorligiga
alohida e‟tibor beriladi. Unda onasining , otasining onasini, otalarining qizlarining
sut mahsuldorligini inobatga olinadi.
O‟zining mahsuldorligi bo„yicha buqachaning o„sish jadalligi, tirik vazni,
semirish uchun sarflangan oziqa birligi, tana tuzilishi va podani to„ldirish
xususiyatlari o„z aksini topadi.
Uchinchi bosqich yakunlovchi bo„lib unda buqa avlodlarining sifati bilan
baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |