113
Barcha to„yimli moddalar manbai oziqa hisoblanadi. Parranda oshqozon-
ichaklarida organik moddalar parchalanadi: oqsillar – aminokislotalarga, uglevodlar
– monosaharidlarga, yog„lar esa gliserin va yog„ kislotalariga.
Bu moddalar organizmda yangi hujayralar, ferment, gormon, vitaminlar hosil
bo„lishi , hamda organik moddalar parchalanishi natijasida energiya ajralib chiqadi
, u tana haroratini ushlab turishi, muskullar faoliyatini ta‟minlash va yangi
moddalar hosil bo„lishiga sarflanadi.
Parrandalarning to„yimli moddalarga talabi qator ko„rsatkichlar bo„yicha
inobatga olinadi, ulardan eng zaruri energiya bo„lib energetik birlik hisoblanadi. Bu
narsa oziqalar energiyasining ko„payishi, ularning energiyasi va energo-protein
nisbatini nazorat qilib borishni taqozo etadi.
Proteindan samarali foydalanish belgisi ratsionning kalloriyaligini proteinga
nisbati hisoblanadi. Energo protein nisbati 1% proteinga qancha almashinuvchi
energiya to„g„ri kelishi bilan aniqlanadi. Buni aniqlash uchun ratsiondagi
almashinuvchi energiya (kkal) miqdorini xom proteinga (%) bo„lish bilan
hisoblanadi. Parrandalarni oziqlantirishda protein nisbati alohida o„rin tutadi., yoki
parrandalar mahsuldorligining 20-25% shunga bog„liq.
Proteinni faqat me‟yorda berish kerak, kam bo„lsa mahsuldorlik va
saqlanuvchanlikka salbiy ta‟sir qiladi, ko„p bo„lsa behudaga energiyaga aylanib
ketadi, bunday ratsion qimmat bo„lib parrandachilik mahsulotlarini samaradorligini
pasaytirib yuboradi.
Oziqalarning protein to„laqimmatligini nafaqat xom protein, balki ular
tarkibidagi aminokislotalar bilan baholanadi. Ko„pincha metionin, lizin , triptofan
kabi aminokislotalar yetishmasligi seziladi.
Parrandalarni proteinga bo„lgan talabining 40-45% o„rni almashmaydigan,
qolgan qismi esa o„rni almashadigan aminokislotalarga to„g„ri keladi.
Parrandalar oziqlantirishda vitaminlarning me‟yor darajasida bo„lishiga
alohida e‟tibor beriladi, aks holda modda almashinuvi buzilishi asnosida
mahsuldorlik pastlab, parrandalarning salomatligi yomonlashadi.
Parrandalarning
barcha
turlari
ratsionlari
mineral
moddalar
bilan
tenglashtirilishi shart.
Barcha turdagi parrandalar me‟yorlari talablariga binoan omixta yemlar
tayyorlanadi, ular to„laqimmatligi asosiy oziqa manbalari hayvonot dunyosi va
oziqa qo„shimchalari evaziga ta‟minlanadi.
Tovuqlarni oziqlantirish quruq to„laqimmatli omixta yemlar bilan amalga
oshiriladi.
Tovuqlar tuxumlashi 50% bo„lganda 1 kg oziqada 1% proteinga 200-207
kkal, tuxumlash 70% bo„lganda 180-190 kkal , 90% bo„lganda esa 176-183 kkal ni
tashkil qiladi. Ratsionda xom proteinning nisbati 6% dan oshib ketmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: