Onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalarini oziqlantirishda ularning
ustirimsh maqsadi inobatga olinadi: nasl yoki burdoqiga. Ikkala holatda ham
oziqlantirish xo„jalik imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak. Cho„chqalar 6
oyligigacha 400-500 g dan , 6-12 oyligidan 500-600 g dan, 12-18 oyligida 300-400
g o„sishi ta‟minlanishi kerak. Yoshi o„lgayib borishi bilan qo„shilgan vaznining
kaloriyasi ortib boraveradi, natijada unga sarflanayotgan oziqa birligining miqdori
ham ortib boraveradi.
Cho„chqa bolalari 100 kg tirik vazni hisobiga 5,5- 6 oziqa birligi , har oziqa
birligi tarkibida 120g hazimlanuvchi protein bo„lishi , quruq modda esa 4- 4,5kg
dan ko„p bo„lmasligi ta‟minlanadi. Yosh cho„chqalarning jadal o„sishi birinchi
navbatda ratsionda proteinning yetarli bo„lishi bilan belgilanadi. 2-4 oyligida 1
oz.birligi tarkibida 130-140 g , 4-7 oyligida 115-120 g , 7 oydan keyin 110-115 g
ni tashkil etadi. Ratsionda ayniqsa o„rni almashmaydigan aminokislotalar birinchi
navbatda lizin, metionin, sistin va triptofanlar zarur, chunki ular cho„chqa tanasida
hosil bo„lmaydi.
Ratsion tarkibida xom kletchatka 5,2% dan yuqori bo„lmasligi kerak.
2-4 oylik cho„chqalar yetarli miqdorda mineral moddalar, mikroelementlar va
vitaminlar bilan ta‟minlanishi shart.
Podani to„ldirish uchun ajratilgan yosh cho„chqa ratsionida quruq moddasida
tirik vazni(40-80-90 kg) birinchi davrda 1,22 oz.birligi , yoki 13,5 mDj, ikkinchi
davrda(tirik vazni 80-90 kg dan 120-150 kg gacha) – 1,1 oz. birligi, yoki 12,2 mDj
ni tashkil qiladi.
20-40 kg vazndagi cho„chqalarning omixta yemi tarkibi: makka uni – 38,8,
kepak -24,0, arpa -15, o„t talqoni -2, soya uni -5, oziqa achitqisi -3, baliq uni -2,5,
111
quruq sut -6, hayvon yog„i – 0,7, mineral qo„shimchalar – 2,1, oziqa qo„shimchalar
-0,75% ni tashkil etadi.
1 kg shunday omixta yem tarkibida 1,1-1,18 oz. birligi, 160-163 g xom
protein, 34-37 xom yog„ va 44-48 g xom kletchatka mavjud.
Burdoqilarni oziqlantirish iloji boricha ko„proq kunlik semirishga va ularning
tannarxini past bo„lishiga erishishdan iborat. Buning uchun ularni avval hajmli
oziqalarni yeyishiga obdon tayyorlaydilar. Burdoqilash natijalari ko„p jihatdan
cho„chqa bolasining to„g„ilgandagi va 1 oylikdagi vazniga bog„liq. Yirik (1,3 va
katta ) cho„chqa bolalari boshqa cho„chqalarga nisbatan yaxshi burdoqilanadi.
Turli tipdagi cho„chqalar ham burdoqilanish natijalarida bir xil bo„lmaydi. Yosh
cho„chqalar yoshi o„lgaygan cho„chqalarga nisbatan semirish uchun oziqalarni kam
sarflaydi. Yosh hayvonlarni 1 kg semirishga kam oziqa sarflashi boisi, ular har
100 kg vaznga ko„proq oziqa iste‟mol qilib, tanasiga singdiradi, ikkinchidan
qo„shimcha vazn tarkibida suv ko„proq bo„lib, yog„ kam bo„ladi.
Burdoqilash natijalariga oziqlantirish darajasi, ratsion tarkibi va burdoqilash
davomiyligi katta ta‟sir ko„rsatadi. Burdoqilar tenglashtirilgan ratsionlar asosida
boqiladi.
Bekon va go„sht cho„chqalarini me‟yordan oshiqcha oziqlantirish, ular
go„shtining sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun yosh cho„chqalar
burdoqilanganda ular ratsionining tarkibi va to„yimliligi qattiq nazorat qilinadi.
Cho„chqa go„shtining, ayniqsa yog„ining sifati oziqalar turiga bog„liq. Tez
eruvchan yog„i ko„p o„simlik oziqalari (makkajo„xori, suli) cho„chqa yog„ini
yumshoq bo„lishiga sabab bo„ladi, agarda arpa, lavlagi berilsa yog„ qattiq ,
donalari bo„ladi.
Yosh cho„chqalar 3-4 oyligida burdoqiga qo„yilib tirik vazni 100-120 kg
bo„lganda olinadi, ularning o„rtacha kunlik semirishi 500-800 g bo„ladi.
Ratsion quruq moddasi tarkibidagi to„yimli moddalar nisbati cho„chqani tirik
vazni va kunlik semirishga qarab belgilanadi. Go„sht uchun burdoqilashda quruq
moddalar nisbati 40-70 va 70-120 kg lik cho„chqalarga alohida belgilanadi.
40-70 kg lik cho„chqalar kuniga 650 g vazn qo„shishi uchun 100 kg tirik vazni
hisobiga 4,8 oz. birligi talab etiladi. 1 kg quruq modda tarkibida kamida 1,3 oz.
birligi, yoki 13, 6 mDj almashinuvchi energiya, 163 g xom protein va 122 g
hazmlanuvchi protein, 7,2 g lizin va 4,3 metionin + sistin bo„lib, xom kletchatka
6% dan oshmasligi kerak.
70-120 kg yosh burdoqilar 100 kg tirik vazni hisobiga 4,2 oz. birligi talab
etiladi. 1 kg kuruq moddada 1,3 oz. birligi, yoki 14,2 mDj almashinuvchi energiya,
151 g xom va 115 g hazmlanuvchi protein, 6,3 lizin, 3,8 metionin + sistin bo„lib,
xom kletchatka 7% dan oshmasligi kerak.
Puchak qilingan cho„chqalarni burdoqilashdan maqsad vaznli, yog„li nimtalar
olish hisoblanadi. Ular vazni asosan yog„ hisobiga ortadi, ko„krak umurtqalari
usimtalari ustidagi yog„ qatlamining 7 mm va undan qalin bo„lib, nimta
og„irligining 50% yog„ga to„g„ri keladi.
112
2,5-3 oy burdoqilash davomida puchak qilingan erkak va urg„ochi
cho„chqalar vazni 50-60% ortadi, yoki kuniga 800-1000 g dan vazn qo„shadi.
Ularning har 100 kg tirik vazniga 3,8 oz.birligi yediriladi. 1 kg quruq modda
tarkibida 1,15-1,2 oziqa birligi yoki 12,9-13,1 mDj almashinuvchi energiya, 12,8 %
xom va 9,5 % hazmlanuvchi protein, 7% kalsiy, 5,6% fosfor va 4,7 mg karotin
bo„lishi talab etiladi. Burdoqilashning boshida arzon (ildiz va tuganak
mevalar,silos, sanoat va oziq – ovqat chiqindilari, ko„k oziqalar)oziqalar ratsion
to„ymligini 65-70%ni tashkil etadi.
Keyinchalik ratsionda yem oziqalar nisbati ko„paytirib boriladi. Xom
kletchatka dastlab 12% burdoqilash oxirida 6-8 %ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |