125
qochirish, bo„g„oz sigirlarni oziqlantirish va saqlash, ularni tug„dirishni tashkil
qilish, buzoqlarni sut davrida va undan keyingi o„stirishni me‟yorlar darajasida
tashkil qilishni taqoza qiladi. Buning uchun tug„ilgan buzoqni podani to„ldirunchi,
go„sht uchun o„stiriladigan guruhlarga ajratib maqsadga muvofiq qilib o„stirishni
tashkil qilish kerak. Ayniqsa podani to„ldirish uchun ajratilgan urg„ochi buzoqlarni
alohida ratsionlar asosida boqib, oqilona saqlashni tashkil qilib ularni 16-I8
oyligida 340-350kg vaznga yetganda qochirishni tashkil qilish, sigirlar podasini
birinchi tuqqan sigirlar hisobiga to„ldirish imkoniyatlarini beradi. Buning uchun
g„unajinlarni to„g„ishga to„g„ri tayyorlash, tug„ish ularning 27- 28 oyligida o„tishini
ta‟minlash, 1 to„g„im sigirlarni mahsuldorligi 100 kun sogin davridagi sutining
miqdoriga qarab tanlashni tashkil qilish, podani asl sigirlar bilan to„ldirish
imkoniyatlarini beradi.
Sigirlar sut mahsuldorligini ko„paytirishda ularni tug„ish oldidan o„z vaqtida
sutdan chiqarish, bo„g„oz sigirlarni tug„ishdan oldin dam olishini tashkil kilish,
sigirlarni tug„dirishni maxsus bo„limlarda tashkil qilish ularni 90-100 kun
mobaynida iydirish (razdoy) alohida o„rin tutishi kerak.
Sigirlarni oziqlantirishni ularnint tirik vazni, mahsuldorligi asosida tashkil
qilish sigirlar imkoniy sut mahsuldorligini ro„yobga chiqarishda asosiy qurol
bo„lishi kerak.
Qoramol go„shti ishlab chiqarishni ko„paytirish barcha mulk shaklidagi
xo„jaliklarda tashkil etish mumkin. Ayniqsa bu sohada go„sht ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan xo„jaliklarni o„rni ajralib turishi kerak.
Bu borada ixtisoslashgan go„sht qoramolchiligi bilan shug„ullanunchi
xo„jaliklar sonini ko„paytirish ijobiy natijalar beradi.
Buning uchun tabiiy o„tloqzorlar, yaylovlar mavjud hududlarda katta-kichik,
turli mulk shaklidagi xo„jaliklar tashkil qilish mumkin. Bu xo„jaliklarda qator
O‟zbekiston sharoitiga mos qoramol zotlari mavjud.
Go„sht yetishtirishni ko„paytirish ko„p jihatdan buzoqlarni to„g„ri o„stirish,
tanalarni yetiltirish va bo„rdoqilash ishlarini meyorida tashkil qilish kerak.
Buzoqlarni o„stirish davrida ularning kunlik vazni qo„shishi 600-700 gramm,
tanalar yetishtirish va bo„rdoqilash davrida esa 800-I000 grammni tashkil qilishi
maqsadga muvofiqdir, buning natijasida bir bosh qoramolniig o„rtacha vazni 450-
500 kg bo„lganda go„shtga topshirish mumkin.
Barcha xo„jaliklarda puchlangan buqa va sigirlarni albatta bo„rdoqilashdan
keyin go„shtga topshirish, qo„shimcha har bir bosh hayvondan 80-100 kg vazn
olish imkonini beradi. Umuman olganda sohaning samaradorligi hozirgi kun
talablari darajasida emas, shuning uchun sohani rivojlantirishning yaxlit tadbirlar
majmuasini amalga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: