Vitamin D(kalsiferol).Organizmda mineral moddalar almashinuvini nazorat
qiladi. Ushbu vitamin yetishmasligi yosh qishloq xo„jalik hayvonlarida raxit
kasalligini keltirib chiqaradi, oyoqlari qiyshayib, bo„g„inlar shishadi; voyaga yetgan
hayvonlarda esa osteomolyatsiya va osteoroz kasalliklari ro„y beradi, qonda kalsiy va
fosfor miqdori keskin kamayib ketadi.
Hayvonlarning
ishtahasi
pasayadi,
mahsuldorligi
kamayadi,
yurishi
qiyinlashadi, jinsiy faoliyat buziladi, qisir qoladi, tug„ishdan keyingi asoratlar,
tuyoqning buzilishi, tishlar qimirlashi, qiyin kechganda naysimon suyaklarning
sinishi kuzatiladi.
Parrandalarga D vitamini yetishmasligi raxitga sabab bo„lib, to„sh suyagi
qiyshayadi, bo„g„inlari shishib ketadi; tuxum po„chog„i yuqalashadi, uning sarig„ida
D vitamini kamayib, inkubatsiya sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi; bunday tuxumdan
chiqqan jo„jalar hayotchanligi past bo„lib, turli xil kasalliklarga chalinuvchan bo„ladi.
Oziqalarda vitamini uchramay u ergosterin-provitamini(o„simlik moylari,
achitkilar) bo„lib va 7-degidroxolesterin (hayvonlar terisining ostki qatlamlari va
hayvon yog„larida ) tabiiy yoki sun‟iy ultrabinafsha nurlatish natijasida biologik
aktiv D
2
vaD
3
vitaminlariga aylanadi.
Sut emizuvchilarga vitamin D
2
va D
3
bir xil qiymatga ega, parrandalar uchun
esa D
3
,D
2
vitaminiga nisbatan 30 barobar faol hisoblanadi. Shu bois parrandalar
uchun sun‟iy ravishda hayvon mahsulotlari sterinlaridan 7-degidroxolesterin ishlab
chiqariladi.
Halqaro birlik qilib 0,025 mkg D
2
- kalsiferol vitamini qabul qilingan.
Yoz paytida barcha qishloq xo„jalik hayvonlarining D vitaminiga bo„lgan
talabi ular yaylovlarda yoki ochiq maydonchalarda saqlanganda to„liq qondiriladi.
Ba‟zan ushbu hayvonlarda uning zaxiralari paydo bo„lib jigarda to„planadi.
Agarda hayvon yoki parrandalar yil bo„yi yopiq binolarda saqlansa, ular
oziqalar bilan kerakli D vitaminini qabul qilishi yoki sun‟iy ravishda ultrabinafsha
nurlari bilan nurlantirishi kerak.
D vitamini quyosh nurida quritilgan pichanda, senajda ko„p bo„lib, sun‟iy
quritilgan pichanda, silosda, sutga nisbatan o„g„iz sutida kamroq bo„ladi.
Qoramollar va cho„chqalarda D
2
vitaminiga bo„lgan talabni nurlatilgan
achitqilar berish bilan qondirish mumkin; 1g nurlatilgan achitqida 4000 XB D
2
vitamin bor; 1 kg achitqi 3-4 tonna qoramol yoki cho„chqa omixta yemiga qo„shish
uchun yetadi.
Parrandalarga esa kazein konsentrati shaklidagi D
3
vitamini preparati qo„llash
yaxshi natijalar beradi.
Gipervitaminoz D ham gipovitaminoz D ham hayvonlar uchun zararli; uning
me‟yordan ko„p bo„lishi kalsiyning ajralishini kuchaytirib, u buyrak va qon
64
tomirlariga o„tirib qoladi; gipervitaminoz ko„pincha ovqat hazm qilishni buzilishda
namoyon bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |