Vitamin K (filloxinon). Tabiiy mahsulotlar K
1
va K
2
vitamin shakllari
olinganK vitaminining manbai bo„lib ko„k o„tlar, pichan, silos, ildizmeva barglari,
suv o„tlari , soya doni; boshoqli don va ildizmevada kam bo„ladi; qishloq xo„jalik
hayvonlari ovqat hazm qilish tizimida faoliyat ko„rsatuvchi mikroorganizmlar K
vitaminni hosil qiladi; sut va tuxum K vitaminiga kambag„al.
K vitamini yetishmasa qon uvishi pasayadi, ya‟ni jigarda protrombin hosil
bo„lmaydi, natijada ichaklarda qon qo„yilishlar, parrandalarda muskulli oshqozon
kutikula qavati ko„chib ketadi.
Barcha kovshovchilar oziqalar va mikroorganizmlar hisobiga K vitaminiga
bo„lgan talabini qondiradi, faqat qishloq xo„jalik parrandalari uchun u
me‟yorlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |