Mol-tovar-transport hujjati, bu muhim hujjat hisoblanib, 3 nusxada
to„ldiriladi. Bir nusxa xo„jalikda qolib, ikki nusxa tashishga javobgar shaxsga
beriladi. Ulardan bir nusxasi muhrlanib, konvertga solinib, go„sht sanoati
korxonalariga yuboriladi.
Bu hujjatni har bir qatoriga, qoramol, ot va tuyalarni har bir boshini tirik
vazni, sog„ligi, yoshi va jinsi aniq yoziladi. Qolgan qishloq xo„jalik hayvonlari va
parrandalariga turiga qarab har bir guruh ko„rsatkichlari alohida qatorga to„ldiriladi.
Hayvonlarni tarozilarda tortish oxirgi marta sug„orilib-oziqlantirgadan so„ng, 3 soat
o„tgach amalga oshiriladi. Hujjatga mollarni topshiruvchi shaxs, bosh hisobchi va
xo„jalik rahbari tomonidan imzo chekilib, muhrlanib konvertga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |