293
Mineral moddalar sutda o„rtacha 0,7 (0,5-1%) tashkil qiladi.Bu moddalar
sutda organik va anorganik kislotalarni tuzlari holatida uchraydi. Ular molekulyar,
koloid va erimagan holatda bo„lishi mumkin. Sutchilik sanoatida fosfor va limon
kislota tuzlari katta ahamiyatga ega.
Makroelementlardan sut tarkibida kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, magniy, temir,
oltingugurt va xlor uchraydi. Ular organik va anorganik tuzlar holida bo„ladi.
Sut tarkibida mikroelementlardan mis, kobalt, yod, rux, rubidiy, geliy, kumir,
vanadiy, titan, qalay, qo„rg„oshin, xrom, mishyak, nikel, litiy, va boshqalar uchrashi
mumkin.
Vitaminlar sut tarkibida organizmning hayot faoliyati uchun kerakli barcha
vitaminlar uchraydi. Yog„da eruvchi – A,D,Ye vitaminlari. Suvda eruvchi – S,R, V
guruhli vitaminlar uchraydi.
Fermentlar.
Sutdagi
fermentlar
asosan
sut
bezida
va
sutdagi
mikroorganizmlar faoliyatidan hosil bo„ladi. Gidrolazalar, fosforilazalar (lipaza,
fofotaza, proteinaza). Karbogidrazalar (laktaza, amilaza).
Parchalovchi
fermentlar (katalaza). Oksidlovchi – qaytaruvchi fermentlar (peroksidaza,
reduktaza, aldalaza).
Gormonlar. Sutga gormonlar qondan o„tadi. Prolaktin, tiroksin gormonlari –
sut hosil bo„lishini tezlashtiradi. Lyutestron gormoni sut hosil bo„lishini
sekinlashtiradi. Bundan tashqari sutda follikulin, tiroksin, oksitosin, adrenamin,
insulin gormonlari ham uchraydi. Ular organizmda turli vazifalarni bajarishda
qatnashadi. Masalan, oksitosin gormoni yelindan sutni tez sog„ilishini ta‟minlaydi.
Insoniyat hayotida sigir sutidan tashqari turli hayvonlar suti ham muhim
ahamiyatga egadir. Aholining sut va sut mahsulotlariga bo„lgan talabini
qondirishda, bunday sutlar qo„shimcha manba hisoblanadi.
Turli qishloq xo„jalik hayvonlarining suti, tarkibi, xususiyatlari va boshqa
ko„rsatkichlari bilan bir biridan farq qiladi. Qaysi qishloq xo„jalik hayvonlarining
sutini tarkibida oqsil va yog„ ko„p bo„lsa, ularning bolalarning o„sish va rivojlanishi
shuncha jadal bo„ladi. Masalan: Tarkibida 3,3 % oqsilga ega bo„lgan sigir suti
bilan oziqlangan buzoq, tug„ilgandagi tirik vazniga nisbatan og„irligini 50 kunda 2
martaga oshirsa tarkibida 6 % oqsil bo„lgan qo„y suti bilan oziqlangan qo„zi tirik
vaznini tug„ilgandagiga nisbatan 10 kun ichida 2 martaga oshiradi.
Shimoliy hududlarda iqlimlashgan hayvonlar sutining tarkibida odatda yog„
ko„p bo„ladi. Bunga asosiy sabab bolasini o„sishida sut yog„i asosiy energiya
manbai bo„lib xizmat qiladi. Masalan: Shimol bug„isining sutini tarkibida 22,5%
yog„ saqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: