150
rivojlangan bo„lib, yuqori go„sht mahsuldorligiga ega bo„lishi kerak.
Hayvonlarni tanlash muayyan sharoitda o„z reja va maqsadlariga ega bo„lib,
alohida poda yoki zotni takomillashtirishni maqsad qilib qo„yish kerak, bu borada
hayvonlarni oziqlantirish va saqlash, yosh qoramollarni maqsadli o„stirishda
alohida o„rin tutadi.
Hayvonlar yoshlariga qarab tanlash jarayonida yoshi bilan bog„liq,
o„zgarishlar inobatta olinib, bu ko„rsatkichlar qayta takrorlab ko„rilishi shart.
Ayniqsa bu omillar qoramollarni bonitirovka qilganda e‟tiborga olinishi shart.
Sutdor sigirlarni baholash va tanlash.Naslchilik fermalarida sigirlar o„z
mahsuldorligini, tana tuzilishi xususiyatlaridan kelib chiqishi va avlodlarning
mahsuldorli ko„rsatkichlari yig„indisiga qarab baholanadi. Shu ko„rsatkichlar
asosida sigirlar bonitirovka qilinadi.Tovar xo„jalikda tanlash asosiy ko„rsatkich sut
mahsuldorligi olinib, kerak bo„lsa qolgan belgilar ham inobatga olinadi.
Bu borada sigirlar sutining miqdori, sut tarkibi yog„ va oqsil miqdoriga qarab
tanlanadi. Sigirlar sut mahsuldorligiga qarab baholanganda ularning bir necha
laktasiyalarining o„rtacha ko„rsatkichini olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sanoat komplekslari va shaxsiy, fermer xo„jaliklarda sigirlar birinchi
tug„imdagi sutdorligiga qarab tanlanadi, chunki bu ko„rsatkich bilan ularning
keyingi laktasiyalardagi sut mahsuldorligi bilan yuqori korrelyativ bog„lanish bor.
Ko„pincha bunday tanlash maxsus seleksiya fermalarida olib bopilsa yuqori natija
beradi. Bunday tanlashni turli mulk shaklidagi sutchilik xo„jaliklarida
o„tkazishining to„liq imkoniyati mavjud.
Bozor iqtisodiyoti jarayonida sigirlarni oziqaga sut bilan javob berishiga
qarab tanlash alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu sohada sigirlar o„rtasida
farq 30-40% ni tashkil qilib, ularning sutdorligi va oziqa sarfi o„rtasida yuqori
korrelyativ (0,8-0,9) bog„lanish mavjud. Ko„pincha sersut sigirlar 1 kg sut uchun
kamroq oziqa birligi sarflaydi. Bu esa sutning tannarxini kamaytirishga ijobiy ta‟sir
o„tkazadi. Yuqoridagi ko„rsatkichni avloddan-avlodga muqim berilishi e‟tiborga
olinsa asosiy belgilardan biriga aylanadi.
Buqalar yetishtirish uchun belgilangan sigirlar yuqoridagi ko„rsatkichlarga
alohida e‟tiborga olinib, irsiy belgilari bilan bir qatorda turadi. Bunday sigirlarda
albatta sersutlik, kam oziqa sarfi bilan uygunlanishi kerak.
Naslchilik ishlarida eng ko„p sut bergan laktasiya, hayoti davomida bergan
suti bilan birgalikda hisobga olinadi.
Naslchilik ishlarida rekordchi sigirlardan zotni takomillashtirishda, yangi
qator va oilalar tuzishda keng foydalanishni taqozo qiladi. Lekin bu borada juftlik
maqsadga muvofiq bo„lmog„i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: