III.5. Qoramolchilikda naslchilik ishlari.
Naslchilik ishlarining ahamiyati va vazifalari qishloq xo„jaligida hayvonlar
ishlab chiqarish vositasi sifatida xizmat qiladi, shuning uchun uning sifati
samaradorlik
omili
bo„lib
hisoblanadi.
Qishloq
xo„jalik
hayvonlari
takomillashtirish, ulardan oliniadigan mahsulot miqdorini ko„paytirish va sifatini
yaxshilashning asosi bo„ladi..Nasldor hayvonlar to„g„ri oziqlantirilib, saqlanganda
yuqori mahsulot berish imkoniyatiga ega.
Ko„pchilik hollarda qoramollar mahsuldorligining pastligi faqatgina oziqalar
miqdori va sifatining talab darajasida bo„lmasligi, ikkinchidan esa ularniig nasl
sifatlarining pastligi bilan bog„liqdir. Ayniqsa ko„pchilik zotli hayvonlarning
mahalliy sharoitlarga to„liq mos kelmasligi, qabul qilingan ishlab chiqarish
jarayonlari talablariga javob bermasligi bilan izohlash mumkin.
Sutchilik qoramolchiligida naslchilik ishlariniig asosiy yo„nalishi sigirlar sut
mahsuldorligini oshirish, sut tarkibini yaxshilash va ularning texnologik
ko„rsatkichlarini talablar darajasiga yetkazish bilan baholanadi. Bundan tashqari
naslchilik ishlarida ularning tanasining mustahkamligi kasalliklarga chidamligi,
mahalliy oziqalarga moslashganligi e‟tibordan chetda qolmasligi kerak.
Har bir muayyan xo„jalikda naslchilik ishlarining tizimi, aniq maqsadga
qaratilmog„i kerak.
Qoramolchiliklarni yaxshilash jarayonida birinchi navbatda ularning miqdor
ko„rsatkichlari inobatga olinib, sifat ko„rsatkichlarini esdan chiqarmagan holda olib
boriladi.
Sut qoramolchiligida: sigirlar tirik vazni, sut miqdori, sut tarkibidagi yog„
va oqsil miqdori, sut berish tezligi; go„shtdor qoramolchiligida esa tirik vazn, tez
yetiluvchanlik va 1 kg vazn oshishiga sarflangan oziqa birligi asosiy mezonlar qilib
olinadi.
Sut qoramolchiligida seleksiya natijalari genetik omillar hisoblangan asosiy
belgilarning o„zgaruvchanligi, hamda belgilarning nasldan naslga berilishi,
qaytarilishi va korrelyasiya koeffitsientlari ko„rsatkichlariga bog„liq.
Qator belgilarning nasldan naslga muqim berilishi hayvonlarni yoppa
seleksiya qilganda ham ijobiy natijalar berishiga sabab bo„ladi. Ko„pchilik hollarda
esa, belgining nasldan-naslga berilish koeffitsienti bilan tanlash samaradorligiga
erishish orasida farq bo„ladi.
Tajribalar natijasi shundan dalolat beradiki, ba‟zi podalarda o„zgaruvchanlik
koeffitsienti kichik bo„lgan hollarda ijobiy natijalarga erishilgan. Ba‟zi hollarda esa
o„zgaruvchanlik va tanlash jadalligi bir xil bo„lgan podalarda turli seleksiya
148
samaradorliga guvoh bo„lamiz. Shuning uchun muayyan sharoitda u yoki bu
tanlash va juftlash usullaridan foydalanishni taqozo qiladi.
Sut yo„nalishidagi qoramollarda o„zgaruvchanlik o„rtacha quyidagicha
bo„ladi: sigirlar tirik vazni 12-15%; 305 kunlik sut 20-30% sut tarkibidagi yog„
miqdori 5-9%; oqsil 4-8%; sut berish tezligi 10-15%.
Sutning sifat ko„rsatkichlari bo„lgan uning tarkibidagi yog„, oqsil
ko„rsatgichlarining irsiyat koeffitsienti 0,5-0,8 ni tashkil qiladi. Bu ko„rsatkich
sutning miqdori bo„yicha yuqori bo„lmay 0,3-0,4, tirik vazni bo„yicha 0,37, sutga
oziqa bilan javob berish 0,2-0,48 tashkil qiladi. Sigirlarning yelin ko„rsatkichlari
(sut berish tezligi, yelin bo„lmalarining rivojlanish indeksi, bir sogim davomiyligi)
kabilarda yuqoridagi ko„rsatkich 0,2-0,3 tashkil qilishi,bu borada yuqori mahsuldor,
sut sog„ishda zarur ko„rsatkichlarni shakllanishida tashqi muhit ta‟siri alohida o„rin
tutishini e‟tiborga olishini talab qiladi. Shuning uchun irsiyat kooffitsienti
sigirlarning
oziqlantirish,
saqlash
naslchilik
ishlarining
tashkil
qilish,
hayvonlarning yakka xususiyatlari inobatga olinadi, amalda irsiyat koffitsienti har
bir xo„jalik uchun aniq raqamlardan foydalangan ma‟qul.
Qoramollarda belgilarning qaytarilish koeffitsienti, katta o„zgarishlarga
moyil. Bu ko„rsatkich ma‟lum fenotipik belgilarning turli yoshda oziqlantirish,
saqlash ta‟sirida o„zgarishini belgilaydi.
Belgilarning qaytarilish koffitsienti sutdorlik bo„yicha 0,59-0,73; sutning
yog„liligi 0,49-0,74; oqsil bo„yicha 0,54-0,79; sigirlar sog„imining dastlabki 100
kunligidagi laktasiya davomida sutdorligi 0,8I-0,90; tug„ilgandagi va voyaga
yetgandagi tirik vazni- 0,19; go„shtdor buzoqlarni sutdan chiqarganda I3 oylikdagi
tirik vazni - 0,48 ni tashkil qiladi.
Qoramolchilikda
naslchilik
ishlari
tashkil
qilishda
korrelyativ
o„zgaruvchanlikni inobatga oliish alohida ahamiyat kasb etadi, chunki barcha belgi
va xususiyatlarni hisobga olgan holda ish yurish kerak, hayvonlar baholanganda
barcha belgilar inobatga olinib, bonitirovka natijalariga ham ta‟sir qiladi.
Ayniqsa belgilarning bir-biriga bog„liq naslchilik ishida muhim ahamiyat
kasb etadi, chunki tirik vazn va sut mahsuldorligi, sut va uning tarkibidagi yog„
miqdori, yog„ va oqsil, sut miqdori va uning oqsili, yelin rivojlanishi va sut
mahsuldorligi o„rtasidagi munosabatlarni inobatga olish kerak.
Sigirlarni tirik vazni va sut mahsuldorligi o„rtasida ko„pincha vazni yirik
sigirlar ko„proq sut berishi tan olingan. Lekin bu ko„rsatkich turli zotlarda ma‟lum
vazngacha ijobiy ta‟sir qiladi. Undai keyin tirik vaznning ortishi sut
mahsuldorligiga ijobiy ta‟sir qilavermaydi. Meyordan ortiq vaznga ega sigirlar
ko„pincha 1 kg sut ishlab chiqarish uchun ko„proq oziqa birligi sarflashi kuzatiladi.
Amalda sigirlar sutining miqdori va uning yog„liligi o„rtasida salbiy
korrelyasiya bo„lib u -0,01-0,405, oqsil miqdori bilan -0,2-0,3 ni tashkil qiladi.
Ko„pincha naslchilik xo„jaliklarida sutning miqdori va yog„i bo„yicha seleksiya
ishlari olib borilganda ular o„rtasida ijobiy korrelyasiya mavjud bo„lib u 0,41 gacha
bo„lishi mumkin.
149
Asosan sutning yog„liligi va oqsil miqdori o„rtasida ijobiy korrelyasiya
mavjud. Lekin yuqori mahsuldor sigirlardan iborat podalarda har doim ham
yog„ning ko„payishi bilan oqsilning ko„payishi kuzatilmaydi. Shuning uchun bu
xo„jaliklarda sutning yog„i va oqsil miqdori bo„yicha, alohida nazorat olib
borishni taqozo qiladi.
Sigirlarning sut mahsuldorligi va uning yog„liligi bo„yicha bir taraflama
seleksiya olib borish bu ko„rsatkichlar o„rtasida salbiy korrelyasiya nisbatini
kamaytiradi.
Sigirlarning uzoq yashashi va sut mahsuldorligi o„rtasida doim yuqori ijobiy
korrelyasiya kuzatilmay 0,107-0,175 ni tashkil qiladi. Har doim sigirlar yelining
rivojlanishi va sut mahsuldorligi o„rtasida ijobiy korrelyasiya kuzatiladi.
Qoramollar go„sht mahsuldorligi ko„rsatkichlari o„rtasida qo„yidagicha
korrelyativ bog„lanish mavjud: tug„ilganidagi va sutdan chiqqandagi vazn 0,46;
tirik vazn va nimtalar vazni 0,45-0,55; o„rtacha kunlik semirish va yakuniy vazn
0,77; onasidan ajratgandagi vazn va sigir sut mahsuldorligi 0,7.
Yuqoridagi xulosa qilib korrelyativ bog„lanishlar har doim ham bir xil
bo„lmay, muayyan sharoitda o„z xususiyatlariga ega bo„lib seleksiya davomida
inobatga olishni taqozo qiladi.
Qoramolchilik seleksiyasida jadal natijalarga erishish maqsadga fan va
texnikaning oxirgi yutuqlari bo„lgan gen injeneriyasi, immunnogenetika,
sitogenetika, homilani ko„chirib o„tkazish va biotexnologiyaning boshqa usullari
qo„llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |