Maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi O`zbekiston yer fondini keng qamrovli kompleks o`rganis hdan iborat. Kurs ishining vazifasi esa O`zbekiston yer fondinidan unumli foydalaninsh to`g`risida takliflar tayyorlashdan iborat


 O‘zbekiston yer fondi va uning taqsimlanishi



Download 150,85 Kb.
bet11/12
Sana06.07.2022
Hajmi150,85 Kb.
#749703
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O`zbekiston yer fondi Kurs ishi

1.4. O‘zbekiston yer fondi va uning taqsimlanishi 
O‘zbekiston Respublikasining yalpi yer maydoni 44,89 mln. gektarni tashkil 
qiladi. O‘zbekistan yer fondidan qishloq xo‘jalikda turli-tuman maqsadlarda 
foydalaniladi. Respublikada umumiy quruqlik maydonining (qariyb 40 mln. ga) 5-6 
mln. gektari dehqonchilikda foylalaniladi. Bu maydon sug‘oriladigan va lalmikor 
yerlardan iborat. Qolgan yerlar, asosan, yaylov va qisman tog‘ o‘rmonzorlari bilan 
band. Sug‘oriladigan yerlar 4296,44 ming gektardan iborat, shundan 1600 ming 
gektari cho‘l zonasida, qolgan qismi bo‘z tuproqli mintaqada joylashgan. Avtomorf 
tuproqli maydonlar yirik daryolarning o‘zlashtirilgan vodiy va deltalari, shuningdek, 
tog‘ etagidagi tekisliklardan iborat. Sug‘orish natijasida bu yerlarda grunt suvlari 
ko‘tarilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2017 yil 27 dekabrdagi 

3405-sonli qarorida takidlanganidek, respublikada 167 ming gektar yerning suv bilan 
ta’minlanishi juda past darajada qolmoqda, 1957 ming gektar sug‘oriladigan yerlar 
turli darajada sho‘rlangan, shu jumladan, 542 ming gektar yerlar - o‘rtacha, 99 ming 
gektari kuchli darajada sho‘rlangandir (1.4.1-jadval) [2]. 
2018 yilgi ma’lumot bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi 
quyidagicha: sug‘oriladigan maydon 4296,44 ming gektarni tashkil qilib, shu 
jumladan, sho‘rlanmagan maydon 2348,39 ming gektar ( 54,66 %), sho‘rlangan 
yerlar 1945,94 ming.ga (45,29 % ), shu jumladan kuchli sho‘rlangan yerlar 93,91 
ming.ga (4,83 %), o‘rtacha sho‘rlangan 517,77 ming.ga (26,61%), kam sho‘rlangan 
1334,25 ming gektar yerni (68,57%) tashkil qiladi

1.4.1-jadval. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi sug‘oriladigan 


yerlarning sho‘rlanish darajasi bo‘yicha ma’lumot 

Viloyatlar


Sug’ori-ladigan yerlar maydoni


Sug’oriladigan yerlarning sho’rlanish darajasi bo’yicha taqsimlanishi






sho’rlan-magan


kuchsiz

o’rtacha

kuchli va juda kuchli


Andijon
Buxoro, Navoiy


Jizzax
Qashqadaryo

Namangan
Samarqand


Surxondaryo
Sirdaryo

Toshkent
Farg’ona

Xorazm
Qoraqalpog’iston Respublikasi
O’zbekiston Respublikasi

275,1
271,8

290,6
497,4

270,3
370,3

326,2
296,5

377,1
351,6

270,8
500,9
4220,2

245,2
15,4

51,7
275,1

233,6
351,2

196,8
12,9

366,9
140,8

-
35,9
1942,9

14,9
160,1

161,1
162,3

33,1
12,9

75,4
220,9

7,8
173,1

162,3
230,1
1483,9

14,9
62,5

73,3
45,9

2,7
5,3

50,2
48,7

2,1
32,0

77,5
181,9
628,0

-
33,8

4,1
13,7

0,9
0,9

3,8
13,9

0,3
5,7

31,0
53,0
165,6


Sug‘oriladigan tuproqlarning aksariyatqismi mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va 


yengil qumoqli tuproqlardan iborat. Soz va og‘ir qumoqli mexanik tarkibli tuproqlar esa 
22 % dan ko‘proqni tashkil etadi. Sug‘oriladigan tuproqlar Farg‘ona vodiysida (900 
ming ga), Zarafshon vodiysida (750 ming ga), Amudaryo quyi qismida (780 ming 
ga) katta maydonlarni egallagan. Lalmikor yerlar maydoni 6,6 mln. ga dan ziyod. 
Ekin ekish uchun yetarli darajada namlikni saqlovchi yerlardan foydalaniladi. 
Lalmikor yerlarning nisbatan katta maydonlari Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent 
va Jizzax viloyatlarida joylashgan. Och bo‘z tuproqli lalmikor yerlarning bir qismi 
sug‘orib dehqonchilik qilinadi. Cho‘l yaylovlari O‘zbekistonda eng katta maydon - 
26,5 mln. ga ni tashkil qiladi, shundan 11 mln. ga bo‘z-qo‘ng‘ir tuproqli, qariyb 13 mln. 
ga qumli yerlar va qumli tuproqlar. Qolgan qismi o‘tloqi - taqir, taqir tuproqlar va taqirli 
hamda sho‘rxoklardan iborat. Cho‘l - yaylov joylardagi sug‘orishga yaroqli yalpi 
maydon qariyb 12 mln, ga
Amudaryo deltasi qismidagi o‘tloqi va o‘tloqi-taqir tuproqlar 600 ming 
gektardan ziyod maydonni tashkil qiladi. Taqir tuproqlar va taqirlar - 2,3 mln. ga. Tog‘ 
jigar rang va o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlar (1160 ming ga) o‘rtacha balandlikdagi 
tog‘larning past-baland tog‘li relyefli qismiga to‘g‘ri keladi. Bu joylarda respublikada 
tog‘ yon bag‘irlaridagi sel va tuproqni eroziyadan asrovchi yagona o‘rmon zonasi 
mavjud. Jigarrang tuproq zonasidan yuqorida och-qo‘ng‘ir o‘lloqi-dasht baland tog‘ 
tuproq xillari tarqalgan. U joylar yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. 


Download 150,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish