Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda yer tranformastiyasi deyiladi.
Yer transformasiyasi ijobiy va salbiy bo’ladi.
Ijobiy transformasiya – yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga O’tishga imkoni borichayo’l qO’ymaslik lozim. Yer islohotlarini to’g’ri O’tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo’jaliklarga byerilishi kyerak. Shu bilan birga, yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to’g’ri hal etish talab qilinadi.
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ilg’or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Masalan, suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg’ir usulida sug’orishda oddiy bostirib sug’orishdan ancha afzaldir.
O’zbekiston Respublikasida suv resurslari juda cheklangan bo’lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari hududidan keladi. O’zbekistonda 50 daryo bo’lib, shulardan faqat 10 tasigina 150 km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigasiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir.
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Masalan, paxta va bug’doyning tezpishar va suvga chidamli navlarini joriy etish shular jumlasidandir. Ekologik muhitni hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi. Qishloq xo’jaligida yaroqli yerlarni suv va shamol yerroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir.
Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv yerroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv yerroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir etadi.
Yer va suv nafaqat iqtisodiy omil u bir paytning o’zida tabiiy
resurs ham hisolanadi. O’zbekiston Respublikasida yer va suv resurslari
umummilliy boylik hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi
konstitustiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv o’simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”∗ deb
belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi uchun yer va suv resurslaridan samarali
foydalanish juda katta siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Tabiiy resurslarning, jumladan yer va suvdan foydalanishning
muhimligi to’g’risida to’xtalib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.Karimov “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”
asarida “... tabiiy resurslarni qayta tiklash yil sayin tabora
qiyinlashib borayotgan paytda biz bu resurslarga ko’proq ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo’lishimiz zarur. Buning uchun iqtisodiy omillardan
kengroq foydalanishimiz, soliqlar orqali hammani tabiiy va xomashyo
resurslaridan eng ko’p naf tegadigan tarzda foydalanishga o’rgatmog’imiz
kyerak”∗,- deb ta’kidlagan. Yer va suvdan samarali, oqilona foydalanish
kelajak talab qilayotgan zaruratdir. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmonida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini barqaror
rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash orqali uning
unumdorligi va hosildorligini oshirish, meliorastiya ishlarini tashkil
qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish vazifalari
aniq-ravshan belgilab byerildi. Ushbu hujjat asosida yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha maxsus davlat dasturi ishlab
chiqildi va amalga oshirilmoqda. Yer va suv resurslaridan foydalanish
darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo’nalishlarda amalga
oshiriladi:
- Eng avvalo, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer va suv
resurslarining talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda
joylashtirish lozim. Masalan, suv resurslari cheklangan regionlarda
sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Katta
miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho’rlangan yerlarga
joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo’ladi. Albatta,
mamlakat oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan
oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab
chiqarish va bunda aholining ehtiyojini unitmaslik talab qilinadi.
Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan
ishlab chiqarishni tashkil etish ma’lum salbiy oqibatlaga olib kelishi
mumkin. Masalan, kuchli sho’rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini
joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho’rlanishni yanada
kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu
holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo’jaligi
maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo’lishi
mumkin. Chunki kuzgi donli ekinlar ekilgan maydonlarda sho’r yuvish
ishlarini amalga oshirib bo’lmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda 2004
yilda Respublikada mavjud qishloq xo’jaligi yerlarining 47,2 foizi
sho’rlanmagan, 17,2 foizi o’rtacha sho’rlangan va 4,2 foizi kuchli sho’rlangan.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi yerlari meliorativ holatiga ko’ra, 38 foizi
yaxshi, 53,4 foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati
yomon yerlardir. Bu holat yomonlashib ketishining oldini olish kyerak.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda
yer tranformastiyasi deyiladi. Yer transformastiyasi ijobiy (yomon
yerlarning yaxshi yerlar safiga o’tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon
yerlar safiga o’tishi) bo’ladi. Imkon boricha salbiy yer transformastiyasiga
yo’l qo’ymaslik lozim. Yer islohotlarini to’g’ri o’tkazish ham yer va suvdan
foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki
yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo’jaliklarga byerilishi
kyerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini
to’g’ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali
foydalanib bo’lmaydi.
- Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning
samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.
- Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyalarini buzmasdan
bajarish, meliorastiya va irrigastiya tadbirlarini o’z vaqtida samarali
o’tkazish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish
samaradorligini oshiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
• Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan
ilg’or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Masalan,
suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg’ir usulida
sug’orishda oddiy bostirib sug’orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv
resurslari cheklangan holda bu texnologiyalarning ahamiyati keskin
oshadi. O’zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo’lib,
hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida
vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari
hududidan keladi. O’zbekistonda 50 daryo bo’lib, shulardan faqat 10
tasigina 150 km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar
tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana
shu irrigastiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer
resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan
omillardan biridir.
- Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga
paxta va bug’doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish
bunga misol bo’la oladi.
- Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni
rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga
ijobiy ta’sir etadi.
- Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol yerroziyasidan asrash
ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining
2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln. gektari suv yerroziyasiga, shuningdek,
mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari
suv yerroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga
156
sezilarli salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy
vazifalardan biridir.
- Yer va suvdan foydalanganlik uchun to’lovlar tizimini
takomillashtirib borish maqsadga muvofiq. Hozirda yer banitetiga qarab
o’rnatilgan soliq yuklamalarini ta’sirini kuchaytirish choralarini
ko’rish, uni doimiy ravishda takomillashtirib borish talab qilinadi.
Yerdan foydalanuvchi uning unumdorligini, banitetini oshirganligi uchun
rag’batlantirilishini yanada ta’sirini kuchaytirish undan foydalanishga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
- Qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishning ilg’or usullarini
(tomchilatib, yomg’irlatib, qator oralab va x.x.) ishlab chiqarishga joriy etish.
- Yerdan samarali foydalanish uchun doimiy monitoring tashkil etish
kyerak. Yer monitoringi yerning holatini nazorat qilib turish tizimidir.
Monitoring orqali qimmatli ma’lumotlar olish va tegishli choratadbirlar ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |