Mavzu: 1 va 0 ishtirokida ko’paytirish va bo’lish
Maqsad: Ta’limiy: O’quvchilarni og’zaki hisoblash qobilyatlarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga jamoat joylarida o’zini tutish odobini masalalar yechish orqali tushntirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning bilim va tafakkuralarini o’stirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi:Amaliy bajarish , izlanuvchanlik , musobaqa suhbat, topqirlik, o’rgat-o’rgan.
Dars jihozlari: Darslik , qoidalar bo’yicha ko’rgazmalar , buyuk allomalar rasmlari rasmlari , boshqotirma,multimedia ilova.
1.Tashkiliy qism
O’qituvchi sinfga kirib o’quvchilar bilan salomlashishi bilan sinfda dars shiori yangraydi .
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
Orlanuib so’ramag o’ziga zolim
Navbatchi hisobotii tinglash
Sinfda men navbatchi
Tayyor barcha o’quvchi
Xonamiz ham ozoda
Topshirdim men Xonzoda
Darsni boshlashdan avval siyosiy bilimlarni mustahkamlash .
Davlatimiz tomonidan biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart –sharoitlar o’quvchilar aytadilar doskada elektron variantda slaydda gul barglari to’ldiriladi
DTS talablari esga olindi , o’tilgan mavzuni mustahkamlashdan oldin o’quvchilarni uch guruhga bo’lish
1 guruh - Bilimdon
2-guruh - Zukko
3-guruh - Topqirlik
har bir o’quvchilarga yoproq tarqatildi . Ular har bir javobga bittadan yaproqlarni ilib boradilar .
Dars so’ngida ilingan yaproqlar soniga qarab g’olib guruh aniqlab baholanadi
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash
O’tilgan mavzu : O’tilganlari mustahkamlash
Har bir qatorda tarqatma materiallar beriladi . Undagi tenglamlarni har bir guruh tez va to’g’ri bajarib o’z archasini ekadi . Qaysi guruh g’olib bo’ladi.
3.Yangi mavzu bayoni
1 va 0 ishtirokida ko’paytirish va bo’lish sinfda ikki o’quvchi biri 0 biri 1
O’quvchi-1 Men juda kerakli sonman chunki men bilan
boshlanadi har bir sanoq.
O’quvchi-0 Yo’q –yo’q men kerakli son mendan
boshlanadi har bir ish.
O’qituvchi : Har bir sonni o’rni o’zgacha . Keling tortishmaylikda misollar bajaraylik shunda aniqlaymiz.
1 –misol ekranda namoyish etiladi .
1*a=1 1*7=7 1*4=4
1 har qanday songa ko’paytirilsa yo bo’linsa shu sonni o’zi chiqadi
0*a=a 0*4=0 0*7=0
0 ni har qanday songa ko’paytirilsa,0 hosil bo’ladi.
2-misollarni guruhlar bajarishib yaproqlarini iladilar
5*1 64*0 24*(32-31)
13*1 57*0 45*(18-18)
26*1 29*0 53*(19-19)
3-masala. O’quvchilar mustaqil masala tuzadilar raqib kamanda masalani javobini topadi va o’z yaproqlarini iladilar .
4.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “o’rgat – o’rgan” qo’llaymiz .
Har bir faol o’quvchilar o’zlariga biriktirilgan o’quvchilarni dars davomida yozgan misollarini tekshirib ular uchun tayyorlab kelgan testlarini bajartirib tekshiradilar . Yig’ilgan yaproqlarga qo’shadilar.
5. Darsni yakunlashda har bir o’quvchi 0 va 1 ga o’z fikrini aytib har bir raqam ya’ni sonni o’z o’rni borligini aytadilar . 0 va 1 o’qituvchi har bir guruhni archalarini sanab g’olib guruh va o’quchilarni aniqlab baholarini qo’yib beradilar.
6. Uyga vazifa 6-masala va 7-misollarni bajarish tartibini tushuntiradi