Maqsad: Bolalarga "S" tovushini to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish



Download 145 Kb.
bet5/9
Sana29.06.2022
Hajmi145 Kb.
#717698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Logopedik o`yin

Adabiyotlar:
1.A.B.Usova .Rol igrы v vospitanii detey.Moskva 1976 god.
2.K.Shodiyeva “Maktabgacha yoshdagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish” Toshkent.1995 y.
3.Igrы v logopedicheskoy rabote s detmi “Pod red”V.I.Seliverstva Moskva 1981 god.


§3. Sonor tovushlarni nutqqa qo’yish, mustahkamlash va farqlashga oid o’yinlar.
Bolalar uchun artikulyasion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlaradan yana biri bu sonor (r,l) tovushlari hisoblanadi.
Bu tovushlarning aniq talaffuziga ba’zan taqlid usuli orqali ham erishish mumkin.
Quyida,taqlid usulida foydalangan hoda r,l tovushlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida qo’llaniladigan o’yinlardan namunalar keltiriladi.

“Otlar” o’yini.


Maqsad: “R” tovushini nutqda hosil qilish.
Metodik kursatma: Bolalarda “r” tovushini tug’ri talaffuz etishga o’rgatish. “R” tovushini talaffuz etganda til yuqorgi tishlar orqasiga ko’tarilgan buladi,til uchi tebranish kerakligi bolalarga tushuntirildadi.
O’yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo’linadilar.Birinchi gurux bolalari ot xaydovchilar, ikkinchi guruh bolalari esa otlarga bo’linadilar.Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo’lib qo’l ushlashib turadilar.Otlar xaydovchining boshqaruvchi ostida otlardek yuguradilar.Logopedning bo’yrug’iga binoan xaydovchilar otlarni “drrr”deb tuxtatadilar. Bunda logoped bolalarning aniq talaffuz etishini kuzatib boradi.Sungra bolalar rollarini almashadilar.

“Qarg’alar” o’yini.


Maqsad: bolalarni “R” tovushini nutqda to’g’ri talaffuz etishlari ustida mashq qildirish.
O’inning borishi: Bolalar uch guruhga bo’linadilar.Birinchi guruh bolalari archalarni tasvirlab gullarni pastga tushirgan holda doira o’rtasida turadilar va shunday deydilar: “landi-landi o’yinimiz boshlandi va yashil archa tagida qarg’alar qag’illashmoqda”.
Ikkinchi guruh bolalari: qarg’alar bo’lib doira ichiga sakrab-sakrab kirishadi va “qar-qar-qar...” deb qag’ilashadi.
Ikkinchi guruh bolalari: shunday deydilar: “po’choq uchun urushdilar,tomoqlarin qirishdilar”.
Ikkinchi guruh bolalari:-qarg’alar doira ichida turib “qar-qar suvlar tezda oqar”-deb tez-tez qag’ilashadi.
Birinchi guruh bolalari:-“qarg’alar”, “yugurishdi toz itlar,uchib ketdi qarg’alr,qo’nib daraxt shohiga qar-qar-qar deb qarillashar”,-deb aytishlari bilan uchunchi guruh bolalari (itlarni tasvirlovchi) doiraga “r-r-r...” deb irillab yugurib ketar vovullab,yugurib kiradilar va qarg’alarning ketidan quvadilar.
Qarg’alar(oldindan bnlgilab qo’yilgan joyga) “inlariga” uchib ketishadi.Ushlangan qarg’alar itlar bilan birga qaytishadi va maxsus joyga qamab qo’yiladi.O’yin to ikki-uchta chaqqon qarg’a kelib qamalgan qarg’alarni qutqarmaguncha davom etadi.So’ngra bolalar rol almashadilar.O’yin yana davom etadi.
Metodik ko’rsatma: Bolalar so’zlarni baland ovozda,aniq mazmunli gapirishlari kerak.

“Archani arralaymiz” o’yini.


Maqsad: “R” tovushini nutqga qo’yish.
O’yinning borishi: Logoped: Bolalar yangi yil ham kirib kelmoqda,bizlar hozir o’rmonga boramiz va archa kesib olib kelamiz va bog’chamizga chiroyli archa yasatiladi.Archani arralash uchun bizga arra kerak bo’lad.
Qani bolalar arralaganda qanday ovoz chiqadi.Blalar baravariga r-r-r deb talaffuz etadilar.
Talaffuz davomida blalar archani arralash harakatiga oid qo’llarini xarakatlantiradilar. Logoped har bir bolaning arralash ovoziga taqlid qilishni har bir boladan individual so’rab boradi.

“Budilnik” o’yini.


Maqsad: “R” tovushini nutqda xosil qilish.
O’yinning borishi: Logoped bolalaga stulchalarga o’tirib olishlarini aytadi. Bitta bola logopedning yonida qoladi.
Logoped bolalarga murojat etadi: Bolalar hammamiz tushlik qilib bo’ldik.Endi hammamiz uxlaymiz.Hammamiz faqat budilnik jiringlaganda turamiz.Bolalar ko’zlarini yumib o’tiradilar.Bir necha vaqt o’tgandan so’ng logopedning ko’rsatmasiga asosan budilnikrolini bajargan bola yurib budilnik ovoziga taqlid qiladi r-r-r-r va bolalarniuyg’otadi.O’yin shu tariqa davom etadi. So’ngra bolalar o’zaro rollarni almashadilar.Logoped bolalarning r-r-r tovushini to’g’ri talaffuz etishini ko’zatib boradi.
“Tartibni saqla” o’yini.
Maqsad: So’zlarda “R”tovushini mustaxkamlash.
O’yinning borishi: Bolalar yarim doira shaklida o’tiradilar.O’rtada logopedning stoli turadi.Stol ustiga nomida “r” tovushi ishtirok etgan predmetlar qo’yiladi.Logoped bolani oldiga chaqirib stol ustidagi predmetlar nomini aytib berishni iltimos qiladi.Keyin bola stolga nisbatan teskari qarab turib stol ustiga qo’yilagn predmetlarni nominibirma-bir aytib beradi.Yuola pridmetlar nomini aytishga qiynalsa unga yana bir bartta diqqat bilan pridmetlarga qarashga ruxsat beriladi.Keyin boshqa bolalar ham pidmetlar nomini aytib beradilar.
Logopedning ixtiyoriga qarab pridmetlar turgan tartibni o’zgartirish yoki yangi pridmetlar qo’yish mumkin.
“Orkestr” o’yini.
Maqsad: “R” tovushini so’zlarda mustaxkamlash.
O’yinning borishi: Bolalar yarim aylana shaklida o’tirishadilar, 1- guruh boalalar turbachilar: 2-guruh skripkachilar, 3-guruh barabanchilar. Logoped-dirijyor rolini bajaradi. Logoped bitta guguhga qanday ovozga taqlid qilishini tushuntiradi, (trubacha,truba,skripkacha skripka ovoziga taqlid qiladi),so’ng topish bo’lgan kuyni kuylashni taklif qiladi.
Trubachilar ru-ru-ru bo’g’inini kuylaydi, skripkachi ri-ri-ri,barabanchi ra-ra-ra,Repitisiyadan keyin logoped dirijyorlik qiladi,logoped tayoqcha bilan ko’rsatgan guruh kuylaydi.Logoped ikkala qo’lini ko’targanda,hamma baravariga chaladi.So’ng logoped 3-4 bolalarni chaqirib,qaysi bir cholg’u asbobiga mos ovozni ijro etishni taklif qiladi.Qolgan bolalar qaysi asbob ovoziga taqlid etishganini aytishadi.

“Noma’lum narsani top” o’yini.


Maqsad: “R” tovushini so’zlarda mustaxkamlash.
O’yinning borishi: Hamma diqqat bilan mashg’ulotni tinglasin.
Man xozir tushintirib beraman, qo’limda rasimlar bor. Bu rasmlar ichida “R” Tovushi ishtirok etgan narsalar bor. Men hozir ko’rsataman sizlar uni nomini aytasizlar. Logoped rasmlarni ko’rsatadi. Bolalar unda “R” tovushini topishi bo’g’inlarga bo’lishadi va aniq talaffuz etadilar.Ko’rsatilgan rasmlar eslab qolib zanjir shaklida takrorlantiriladi.
Agar zanjir o’zilsa usha bola o’yini tark etadi. Shu tariqa o’yin davom ettiriladi.

“Rubob chalamiz” o’yini.


Maqsad: Bolalarning “L” tovushini to’g’ri talaffuz etishlariga erishish.
O’yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga “Hozir sizlar orkestr bo’lasizlar. Orkestrda ko’p musiqa asboblari chalinadi.Sizlar rubob chalasizlar”, deb rubobni qanday ushlab chalish kerakligini ko’rsatadi (chap qo’li bilan huddi rubobning pardasini ushlayotgandek,o’ng qo’li bilan esa torni chertayotgandek harakat qilib “la-la-la”,deb aytadi). Tarbiyachining ishorasi bilan hamma bolalar rubob chaladilar.

“Paraxod” o’yini.


Maqsad: L tovushining tug’ri talaffuziga erishish.
O’yinning borishi: Tarbiyachi shunday deydi: “Bolalar hozir hammamiz paraxotda tushib sayr qilgani boramiz.Sizlar paroxot qanday ovoz berishini bilasilarmi? Eeshitinglar: l,l,l... paraxot qanday gudok berishini takrorlaymiz.
Endi keng tilni tishlar oralig’iga qo’ying va paroxotning gudok chalishini bajarib ko’rsatining”.Bolalar bu xarakatni bajaradilar,tishlar oralig’ida “L” tovushi xosil bo’ladi.Bolalar l-l-l deb bir necha bor takrorlaydilar.Tarbiyachi va bolalar bu mashqni ketma ket takrorlaydilar.
Metodik ko’rsatma: Bolalarga eng baland masofada o’chib ketayotgan samolyotning ovozi “l”tovushiga ushshash ekanligini esatib o’tish lozim.
“O’z rasmingni top” o’yini.
Maqsad: “R”-“L”tovushlarini farqlashga o’rgatish.
O’yinning borishi: Logoped bolaga “r” va “l”tovushi bor rasmlarni topib tartib bilan qo’yib chiqadi.Logoped bolalarni 2-guruhga bo’ladi.1-guruh boalari “r” tovushi bor bo’lgan rasmlarni oladi,2-guruh bolalari esa “l” tovushi bor bo’lgan rasmlarni oladi.Logopedni ko’rsatmasi bilan har bir guruhdan bittadan bola o’z tovushiga taluqli bo’lgan rasmni oladi.So’ngra o’z guruhi oldiga kelib,birinchi turgan bolani qo’liga sekin turtadi va boalarning orqasiga borib to’radi. Hamma bolalar rasmni olib bo’lganlaridan keyin stulga o’tirishadi. Har bir bola o’z rasmini ko’rsatib nomini aytadi. Masalan: ruchka, raketa, lola, stol, stul, anor, romol olmoxon, gilos, gul, olma, xo’roz,tarvuz, karam, sigir. Qolgan bolalar esa o’rtog’i rasmni to’g’ri olganligi yoki yo’qligini tekshirib boradilar.



Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish