Maqom asoslari


Tasnif cholg‘u kuylarining shakl topishida



Download 307,32 Kb.
bet7/28
Sana27.01.2022
Hajmi307,32 Kb.
#412576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Maqom asoslari Majmua 2020 2021

3.Tasnif cholg‘u kuylarining shakl topishida «xona» va «bozgo‘y» nomli kuy tuzilmalari muhim o‘rin tutadi. «Xona» (fors-toj. – «uy») – o‘zgaruvchan kuy tuzilmasi bo‘lib, u asar davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham kengayadi. Shu tariqa xonalar vositasida kuy o‘zining avji sari intilib taraqqiy etadi hamda avj holatlariga erishgach, dastlabki tayanch pardaga qayta boshlaydi.

Bozgo‘y kuy tuzilmasi esa, «xona»dan farqli o‘laroq, doimiy bar qarorlikka ega. Zero, u asarning boshidan oxiriga qadar o‘zi- ning dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi. Mavzu nuqtayi nazaridan bozgo‘y va xona tuzilmalari o‘zaro farq qil- maydi. Ammo bozgo‘y xona tuzilmasini aynan takror etmas- ligi va ba’zan bu jihatdan farq etishi mumkin. Zero, bozgo‘yning kuy yaratilishi jara yonidagi vazifasi serqirradir. Jumladan, boz- go‘y mazmun jihatdan xonani to‘ldirishi, xona boshlab bergan, lekin poyoniga yetmay qolgan musiqiy fikrni davom ettirib, tugal holatga keltirishi mumkin (masalan, qarang: «Muxammasi Nas- rullo», «Muxammasi Ushshoq», «Peshravi Gardun», «Nasrullo I» va boshqalar). Ba’zan esa, bozgo‘y birinchi xonadan avval, ya’ni asar boshida kelib, kuyning asosiy mavzuyini o‘rtaga tashlaydi, uning davom etishiga ilk turtki beradi («Tasnifi Dugoh», «Tasnifi Segoh», «Tasnifi Iroq» va boshqalar).

Maqom cholg‘u kuylarini ijro etishning ikki asosiy ko‘rinishi – yakkanavoz (yakka sozda) va ansambl (dasta) shakllari yuzaga kel- gan. Tanbur torli-chertma sozi yetakchi cholg‘u sifatida kasbiy musiqachilar orasida keng qo‘llaniladi. Doira esa zarb-usul larini sadolantirishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, maqom cholg‘u kuylarini g‘ijjak, dutor, nay, rubob, qo‘shnay kabi cholg‘ularda ham yakka holda ijro etish mumkin. Ansambl ijrochiligi tarki- bida esa tanbur va doira qatoriga yana dutor, nay, qo‘shnay, g‘ijjak yoki sato (yoki qo‘biz), chang, qonun, ud, rubob kabi cholg‘ular qo‘shilishi mumkin. Buxoro musiqa amal iyotida tanbur, nay va doira sozlaridan iborat cholg‘u ansambli muqim tus olgan.
4.Tarje» cholg‘u kuylari. Mushkilotning «Tasnif»lardan so‘ng keladigan o‘rta-yakuniy bo‘g‘inlari boshlang‘ichlar bilan tarkibiy bog‘liq bo‘ladi. Xususan, «Tasnif»larning kuy-mavzuyi turkum miqyosida yangi «sinov» mushkilotlaridan o‘tadi, taraqqiyot ifo- dasi bo‘lgan ohang va o‘lchov-ritm o‘zgarishlariga uchraydi. Bu o‘zgarishlar dastlab «Mushkilot» bo‘limidagi ikkinchi qism – «Tarje» nomli kuylarda o‘z aksini topadi. «Tarje» arabcha so‘z bo‘lib, «qay- tarish», «takrorlash» ma’nolarini anglatadi. Buning ma’n os i shuki, «Tarje» qismlarida ushbu bo‘limning 1-qismi, ya’ni «Tasnif» usuli (biroz tezroq sur’atda) va asosiy kuy ohangi ma’lum o‘zgar ishlar bilan takrorlanadi. «Tarje»lar ham «Tasnif»lar singari maqomlar- ning nomlariga qo‘shib («Tarjeyi Buzruk», «Tarjeyi Navo», «Tar- jeyi Dugoh», «Tarjeyi Segoh», «Tarjeyi Iroq» kabi) o‘qilad i. Ammo «Rost» maqomida «Tarje» nomli kuy qismi uchramaydi. «Tarje» kuylarining shakl asosida ham bizlarga «Tasnif»lardan ma’lum xona-bozgo‘y kuy tuzilmalari muhim o‘rin tutadi, zero «Tarje»lar ham odatda «Tasnif»lar singari xona-bozgo‘y vosita- sida rivoj topadi. Biroq, «Tarje»lar, vazmin «Tasnif»lardan farqli o‘laroq, ko‘tarinki kayfiyat va shodlik tuyg‘ularini tarannum etadi. «Tarjeyi Navo» kuyi fikrimizga misol bo‘la oladi.
Mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar

1. «Mushkilot» so‘zining lug‘aviy ma’nosi?

2. Shashmaqomning cholg‘u bo‘limi nega «Mushkilot» deb ata- ladi?

3. Mushkilot bo‘limi tarkibida keluvchi qismlarni ta’riflang.

4. «Tasnifi Buzruk» kuyini tavsiflang.

5. Tasnif doira usulini yod oling.

6. Kuylarda keluvchi xonalar qanday ahamiyat kasb etadi?

7. Kuylarda keluvchi bozgo‘y tuzilmasini funksiyalari nimalar- dan ibotat?

8. Maqomlarda keluvchi «Tarje» nomli kuylarni sanab bering.


Download 307,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish