Maqom asoslari


O’quv uslubiy majmua bo’limlari



Download 307,32 Kb.
bet2/28
Sana27.01.2022
Hajmi307,32 Kb.
#412576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Maqom asoslari Majmua 2020 2021

O’quv uslubiy majmua bo’limlari

бет

1.

Ma’rua mashg’ulotlari




1.1

Maqomlar tarixidan .Maqom nima




1.2

O’n ikki maqom tizimi Shashmaqom




1.3

Shashmaqom turkumu Mushkilot bo’limi




1.4

Shashmaqom turkumi N(mushkilot nasr)asr bo’limi




1.5

Buzruk maqomi (mushkilot nasr)




1.6

Rost maqomi (mushkilot nasr)




1.7

Navo maqomi(mushkilot nasr)




1.8

Dugoh maomi (mushkilot nasr)




1.19

Segoh maqomi (mushkilot nasr)




1.10

Iroq maqomi (mushkilot nasr)




1.11

Xorazm maqomi




1.13

Farg’ona Toshkent maqomi




2

AMALIY




1.1.

Tasnifi buzruk Sarhbaru buzruk




1.2.

Tasnifi rost Sarahbaru( rost mushkilot nasr)





1.3.

Tasnifi navo Sarahbaru navo( rost mushkilot nasr)





1.4.

Tasnifi dugoh Sarahbaru dugoh( rost mushkilot nasr)





1.5.

Tasnifi segoh Sarahbaru segoh( rost mushkilot nasr)





1.6.

Xorazm chertim aytim yo’li





1.7.

Farg’ona Toshkent cholg’u ashula yo’li





3.

Mustaqil ta’lim mashg’lotlari




4.

Glosariy




5.

Ilovalar




6.

Fan dasturi




7.

Ishchi fan dasturi




8.

Tarqatma materiallar




9.

Test savollari




10.

Baholash me’zoni














O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

\TA'LIM VAZIRLIGI
TЕRMIZ DAVLAT UNIVЕTI

SAN`ATSHUNOSLIK FAKULTЕTI
MUSIQA TA'LIMI KAFЕDRASI

Maqom asoslari
FANIDAN
MA'RUZA MASHG’ULOTLARI


Tuzuvchi: Hamidov Sh

Mavzu. Maqom san’ati tarixi.



Reja:

1. Buyuk sharq musiqa allomalari.

2. Shashmaqom rivojlanish tarixi.

3. XIII-asrda maqom san’ati.





O‘ZBEK XALQINING MUSIQA MEROSI TARIXIGA NAZAR

Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san’atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog‘lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali CHangiy va boshqa ulug‘ bobokalonlarimiz o‘zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg‘u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun-qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Zaminimizda o‘tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, surnay, qonunga, nayga o‘xshash sozlar, toshlarga o‘yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, miniatyura asarlaridagi sozanda va hofizlarning rasmlari o‘lkamizda ijrochilik san’ati qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. SHarq xalqlarining musiqiy merosi bo‘lmish Maqom, Mo‘g‘om, Dastgoh, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan-avlodga og‘zaki ravishda o‘tib kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz san’atkorlarning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda O‘rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o‘n ikki (Duvozdah) maqom mavjud bo‘lgan. Bular «Ushshoq», «Navo», «Busalik», «Rost», «Husayniy», «Hijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon», «Zirofqand», «Buzurg». YAna bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo‘lsak, ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek Tarag‘ayning «Risola dar ilmi musiqa» (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom» (o‘n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog‘iy, Xoja Sayfidin Abdulmo‘min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so‘zlariga qaraganda, avvalda maqomlar ettita bo‘lg‘on: «Maqomi rost», «Maqomi Ushshoq», «Maqomi Navo», «Maqomi Rohoviy», «Maqomi Hijoz», «Maqomi Iroq», «Maqomi Husayniy». YAna ushbu risolada ulug‘ bobomiz Ulug‘bekning o‘zi tanbur va nog‘orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy», «SHodiyona», «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuliy otlig‘» singari kuylarni ixtiro qilganligini ta’kidlab o‘tadi. YUqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo‘llari sayqallangan ko‘rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo‘llari ham o‘z o‘rnini topganligi ehtimoldan xoli emas. Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «SHashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o‘zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo‘lsa, Farg‘onaning «CHor maqom»i (To‘rt maqom), «Dugoh Husayniy»ning ettita yo‘li, «CHorgoh»ning oltita ijrochilik yo‘li, «SHaxnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo‘li hamda «Bayot» yo‘llarining savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.

Tarixdan ma’lumki, er yuzida yashovchi barcha xalqlarning o‘z madaniyati va san’ati, shuningdek, musiqiy madaniyati mavjud bo‘lib, ularning ma’naviy boyligi hisoblangan. Ayniqsa, SHarq xalqlarining musiqiy madaniyati har bir xalq milliy musiqasining asosini tashkil etgan, nazariy va amaliy ijrochilik maktabiga ega bo‘lgan. SHarq xalqlarining musiqiy boyligi bo‘lgan maqom, mug‘om, navba, raga, kyui singari musiqiy ijrochilikning aniq turkumlari turli davrlarda turli ko‘rinish va yo‘nalishlar bilan ijro etilib kelingan va rivojlangan.

Maqom turkumlari, «SHashmaqom» ham o‘zbek va tojik xalqlarining ulkan musiqiy boyligi hisoblanib, xalq bastakorlari ijodi natijasida shakllangan va boyib borgan. Hozirga kelib, bu turkum ijrolarining aniq shakliga, xarakteriga va an’anaviy ijro uslublariga to‘liq egamiz deb ayta olamiz. Albatta, buning boisi, o‘tgan maqomdon va bastakor ustozlarning bu borada qilgan ulkan ijodiy mehnatlarining natijasidir. Maqom ijrolari musiqiy madaniyatimizning asosini tashkil etganligi sababli bu mavzuga ko‘proq to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. «Maqom» so‘zining lug‘aviy ma’nosi arabchadan kelib chiqqan bo‘lib, «joy», «makon» ma’nosini anglatadi. Musiqiy ma’noda tovush hosil qiladigan joy yoki aniq parda ma’nosini tushunish mumkin. Albatta, ijroda tovushsiz yoki aniq pardasiz ijro shakllanmaydi va aniq musiqiy ohangni kashf etolmaydi. «Maqom» so‘zining ma’nosi shundan kelib chiqishi tabiiydir. CHunki maqom aniq pardadan boshlanadigan va tugallanadigan kuy va ashulalar majmuasini ifodalaydi.

Maqom atamasi VIII-X asrlardan Uqlidis, Arastu singari yunon olimlarining musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan asarlarining arab tiliga tarjima qilinishi natijasida qo‘llanila boshlangan. Lekin IX asrda yashab ijod etgan YAhyo bin Abu Mansurning musiqa nazariyasiga doir asarida, musulmon sharqi xalqlarida yunon musiqa nazariyasidan oldin ham o‘z erlik xalqlarning o‘ziga xos musiqa nazariyasi mavjud bo‘lganligini aytib o‘tadi.

Maqomlarning nazariy va amaliy tomonlarini IX- XV asrlarda yashab ijod etgan al-Kindiy, al-Forobiy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Urmaviy, ash-SHeroziy, al-Husayniy, al-Marvaziy singari ulug‘ olimlarning ko‘plab asarlarida chuqur ilmiy sharhlar bilan asoslab berilga


Download 307,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish