Kalit soʻzlar (Keywords)
Kalit soʻzlar maqolani bazalarda qidirish uchun kerak. Mazmuni va maʼnosi nuqtai nazaridan, kalit soʻzlar annotatsiya va maqolaning mazmuniga yaqin boʻlishi lozim. Kalit soʻzlar bosh kelishikdagi so'zlar orqali ifodalanadi. Kalit soʻzlar soni odatda 10 dona atrofida boʻlishi tavsiya etiladi va odatda jurnal talablari tomonidan belgilanadi.
Kirish Asosiy qism: tashqari, kirish boʻlimida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar keltirilishi kerak. Odatda, kirish boʻlimi toʻrt qismga boʻlinadi:
1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context)
2) Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish ( reviewing the literature)
3) Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar, oʻrganilmagan muammolar va oʻrganilmagan boʻshliqlar tavsifi (establishing a research gap)
4) Aniqlangan muammolar va boʻshliqlar asosida tadqiqot maqsadini va vazifalarini aniqlash (stating a purpose)
Ilmiy kontekstni yaratish: Ushbu boʻlimda maqolada keltirilgan tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini koʻrsatish kerak. Mavzuingizga doir iloji boricha koʻproq maqolalarni oʻqing. Boshqa maqolalarda mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta eʼtibor bering. Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq koʻrsatilmaganligi, sizning tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila olmasangiz, unda oʻquvchida maqolani oʻqishga qiziqish oʻygʻonmasligi mumkin.
Agar muammoni tushunmagan oʻquvchilar maqolani oxirigacha oʻqishni harakat qilsalar ham, siz aʼlo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin. Jurnal oʻquvchilari maqolani oxirigacha oʻqishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak.
Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish:
Ushbu boʻlim sohadagi boshqa tadqiqotchilar tomonidan nima va qanday amalga oshirilganligi haqida umumiy maʼlumotga bagʻishlangan. Sizning maqolangizda sizning tadqiqotingizga bevosita tegishli boʻlgan barcha manbalarni taqdim etish lozim. Sizning tadqiqot ishingizni tushunish uchun zarur boʻlgan va faqat maqolaning maqsadi va vazifalarini, tadqiqotning gipotezasini, ishlatilgan tadqiqot usullarni asoslashga xizmat qiladigan barcha nashrlarni (manbalarni) tasvirlab bering.
Maqolangiz xalqaro jurnallarning taqrizchilari tomonidan ijobiy baholanishi uchun keltirilgan manbalarni tanlashda juda ehtiyotkor va sinchkov bo'ling.3 va 4 -turini qisqa qilib aytganda:
Adabiyotlar taxlili degan maqola turida ma'lum bir mavzu haqida kitoblarni biron bir manbalarni, o‘qib o‘rgangan holda shu mavzuni yoritish hisoblanadi! Bu qanday bo‘ladi...Mavzu haqida materiallarni o‘rgandingiz... Ma'lumotlarda farq bor demak bu yozilishi kerak bo‘lgan jihat... O‘rgangan manbalaringizda bir ma'lumot takrorlangan, demak bu asosiy urg‘u olishi kerak bo‘lgan narsa
Malumotlarni o‘rganishda va qo‘llanilishida kamchiliklar bor deb o‘ylaysiz... Shuni batafsil yoritasizQanday narsa qo‘shsa bo‘ladi, taklifingiz... Yoziladi(albatta ma'lumotlarga asoslangan holda)!
Oxirgi qadam maqolani yozishda foydalangan adabiyotlar ro'yxatini berib o'tasiz. Qarabsizki maqolangiz tayyor bo'ladi!!!
Qisqa qilib aytganda bir mavzuni olasiz.Avval shu mavzu haqida internetdan jurnallardan yozilgan maqolalarni ko'rib chiqasiz va ulardagi xato kamchiliklarni bartaraf etish tomoni haqida va qo'llashda istiqbolli tomonlari haqida kerakli ma'lumotlarni o'qib o'rganasiz...Shundan so'ng shu ma'lumotlardan asoslangan holda o'zingizni fikrlaringizni qo'shib yozib ketasiz.Misol uchun foydalanilgan adabiyotingizni bir jumlasini keltirib[ ] ichida berib yonidan o'zingizni fikringizni bayon qilasiz...
Maqola mazmuni mavzuga muvofiq bo’lishi maqolaning asosiy tezisi aniq, lo’nda bo’lishi va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilgan bo’lishi, maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan mutanosib (proporsional) bo’lishi, mantiqlikning buzilishlari bo’lmasligi, ish ilmiy uslub talablariga javob berishi, nutqiy xatolar bo’lmasligi lozimdir va bular maqola yozishning asosiy talablaridir. Masalan, Qo’qon DPI BTM kafedrasi dotsenti Zokirjon Isaqovning “SHe’rning lisoniy tahlili xususida” maqolasida (Ilmiy to’plam. Т., .2014), Qo’qon DPI katta o’qiluvchisi Dilorom Saliyevaning “O’quvchilarda o’zini o’zi anglash orqali o’quv mustaqilligini ta’minlash” (“Xalq ta’limi” j.2014 yil 5-son), TDPU dotsenti Nargiz Nishonovaning “Farzand tarbiyasida mutaffakrlarimiz merosidan foydalanish yo’llari” (“Xalq ta’limi” j. 2014 vil 5-son) maqolalari bunga misol bo’la oladi.
Xulosa qilib aytganda ilmiy xabar va ilmiy maqola zamon talabiga mos, tushunarli ilmiy tilda yozilgan, ilmiy yangilikka ega yaxlit tugallangan ilmiy asar bo’lishi lozim.
Ilmiy-ommabop maqolalarning o`z o`rni bor. O`quvchilar bunday maqolalar orqali ilmiy ma’lumotlardan voqif bo`lish bilan birga, tarixiy davrning muhim hodisalari to`g`risada mushohada yuritishga ko`nikma hosil qiladilar. Jumladan, mustaqillik, yurt qahramonlari, ulug` allomalar hamda ma’naviyatimiz o`zanlarini belgilovchi dolzarb mavzudagi ijtimoiy ahamiyatga molik maqolalar yosh avlod dunyoqarashida o`ziga xos burilish yasaydi. Ya’ni, ularning tafakkur olami boyishi, shiddat bilan taraqqiy etayotgan ona-Yurtimizga nisbatan yuksak faxr-iftixor uyg`onishiga zamin hozirlaydi. Qolaversa, bunday maqolalarning janriy xususiyatlariga e’tibor qaratish yanada muhim. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida ilmiy ommabop maqolalar rang-barang mavzularda o`z ifodasini topayotir. Unda o`quvchilarga O`zbekiston Respublikasining mustaqil mamlakat ekanligi, yurtimizda so`nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida muhim tushunchalar berib boriladi. O`quvchilar o`zlari tu`g`ulib o`sgan ona-Vatani, ona tilini qadrlashi, milliy xalq qadriyatlari, turmush tarzi va mehnati, fidoyi zamondoshlarimiz haqida ana shunday maqolalar orqali tanishib boradilar.
Ilmiy-ommabop matn va maqolalar ifodasi har bir sinfda o`ziga xos talqinga ega. Masalan, mustaqillik mavzusi 1-2-sinf O`qish kitobida kichik hajmdagi, ixcham matnlarda bayon etilsa, 4-sinfda esa bu publitsistik maqolalar tarzida beriladi.
Ta’kidlash joizki, ilmiy-ommabop maqolalarni o`rganishda pedagogik texnologiyaning barcha interfaol usullaridan keng foydalanish mumkin. Faqat bunda ijtimoiy real voqelik, ijtimoiy hayotdagi hozirjavoblik hissi ustunligiga ko`ra, ma’lumotlar yangilanib, almashtirib borilishini e’tibordan soqit qilmaslik zarur.
Havolalar:
www. Ziyonet.com
www. Wikipedia.com
www. Talaba.uz
www.hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |