Tadqiqot metodologiyasi
Hamkorlik- ish-faoliyatda birga, hamkor boʻlish, ayni bir ishda birgalashish, uni teng bajarish demakdir. Barcha sohalarda hamkorlik ishlari olib boriladi. Shu julmadan ta’lim tashkilotlarida ham. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-ona va tarbiyachining hamkorlik ishining mazmuni bola shasning rivojlaishiga qaratilingan bo‘ladi. Shaxs shakilanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadi. Shuning uchun ham oilada sog‘lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga ega masaladir. Chunki, ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha masalalar , ya’niy undagi yetuklik va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra oila va oilaviy masalalar har doim ham dolzarb masalalar qatorida turgan. Jamiyatimizda bola tarbiyasi ota-onaning shaxsiy shaxsiy ishigina emas balki ijtimoiy burchi ham hisoblanadi. Ma’lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanib, ko‘p jihatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shu sababdan ota-ona o‘z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi. Oila-maktabgacha yoshdagi bola uchun birinchi ijtimoiy muhitdir. Agar u notinch bo‘lsa, bolaning ruhiyatiga ham, sog‘lig‘iga ham salbiy ta’sir qiladi. Bu turdagi oilalarning bolalari taqdiriga ular qatnaydigan maktabgacha ta’lim muassasasi befarq qaramasligi kerak. Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o‘z tengdoshlari bilan munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga qanday kechinmalar yuz berayotganini sezadilar. Noto‘liq oilalarda ota-onalardan birining yo‘qligini bildirmaslik uchun oila a’zolaridan har birining bolaga ta’sirini kuchaytirish, bola o‘zaro munosabatlarda kamchilik sezmasligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a’zoni boshqa qarindoshlarini jalb qilish muhim hisoblanadi. Shunday qilib naktabgacha ta’lim muassasalarida oila bilan ishlash o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, oilaning turiga qarab o‘tkaziladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma-xil va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shakil va usullar yordamida rejali ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2021-yilda respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari mutaxassislari, MTTning davlat, nodavlat va muqobil shakllari pedagoglari va metodistlari o‘rtasida o‘tkazilgan manzilli milliy so‘rov natijasida aniqlangan fikr va takliflarining inobatga olinganligi;
maktabgacha ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan xalqaro tajriba. Kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar davlat oʻquv dasturining quyidagi jihatlarida o‘z aksini topdi:
●ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari dasturning shaxsga yo‘naltirilganligi, bola shaxsini hurmat qilish va har bir bolaning farovonligini ta’minlash zaruratini ta’kidlash uchun batafsil ochib berildi va umumlashtirildi;
● kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda bolaning tayanch kompetensiyalari ochib berildi va to‘ldirildi;
● bolalar va pedagogning o‘zaro hamkorligi yangi formatda, ya’ni “bolaning ovozini eshitish”, uning fikrini hurmat qilish, shuningdek, bolalarning o‘quv jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini rivojlantirish va ko‘paytirishga, loyiha faoliyati uchun mavzularni tanlashda bolalar tashabbusi va imkoniyatlarini kengaytirishg, individual tarzda va kichik guruhlarda ishlash uchun rivojlanish markazini tanlashga, kun davomida bolalar bilan o‘quv faoliyatini birgalikda rejalashtirish, ta’lim olshni rivojlantiruvchi muloqot orqali birgalikda baholashga asoslangan holda taqdim etildi;
● ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik yangilangan shaklda taklif etildi, bunda ota-onalar va pedagoglarning umumiy maqsadi bolaga ta’lim va tarbiya berishdir. Pedagog, oila va mahalliy hamjamiyat o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yanada xilma-xil imkoniyatlar taklif etildi;
● ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari bolalarning qiziqishlariga ko‘ra, mustaqil faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ta’minlashda ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan rivojlantiruvchi muhit to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirildi;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, ta’lim va tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari, shuningdek, bolaning keyingi ta’lim bosqichiga o‘tishidagi tayanch kompetensiyalari belgilangan.6
● MTTning oila, mahalla, maktab bilan hamkorligi. Bolaning farovonligi uning oila a’zolari va yaqinlaring MTT ahamiyatini tushunishiga bog‘liq. Ota-onalar va mahalliy hamjamiyat o‘quv dasturida ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishga jalb qilinganda va o‘z hissasini qo‘shganda bolalar yaxshiroq ta’lim oladilar va rivojlanadilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorligi maktabgacha ta’lim sifatining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik bolalarning ta’lim olishi, farovonligi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. MTT ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan o‘zaro munosabatlarning turli shakllarini amalga oshirishi mumkin.7 Masalan tarbiyachi bola yashab turgan oilani o‘rganish, ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas, maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs siftida borishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachining oilaga biorishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa, ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir. Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odob bilan o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlari ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo‘lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi, ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi. Ularga o‘zlarining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ham aks ettirish mumkin. Oilaga yiliga kamida 2 marta borib ko‘riladi. Tarbiyachining oilaga borishi ota-onalardagi pedagogic madaniyatni o‘sishiga yordam beradi. Bir so‘z bilan aytganimizda maktabgacha ta’lim muassasasida bolaning ruhiy rivojlanishida ota-ona va tarbiyachining hankorlik ishlari quyidagi vazifalarga qaratilingan:
-Ota-onalarga bola psixologiyasini tushunishga yordam berish.
- Bolaga nisbatan maqbul harakatlarni amalga oshirish va nomaqbul harakatlarni oldini olish.
-Bolani harakter, temperamentining turiga qarab, bolaga mos yondashuvni taklif qilish.
-Ta’lim va tarbiyadagi bola muammosini birgalikda hal qilish.
-Komil farzandni voyaga yetishida hamkorlik ishlari orqali hissa qo‘shish.
Do'stlaringiz bilan baham: |