Ikkinchi bo’g’in. «Barkamol avlod» sport jamiyati doirasida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o’quvchilari qamrab olinadi. Kollej va litsey o’quvchilari o’rtasida yiliga bir marta «Barkamol avlod» sport musobaqalari o’tkaziladi. Mazkur musobaqalarning dastlabki bosqichi o’quv muassasalari doirasida oktyabr-yanvar, viloyat bosqichlari yanvar-aprel, mamlakat yakuniy bosqichi ikki yilda bir marta aprel-may oylarida o’tkaziladi. Bu musobaqalar o’quvchilarni jismoniy va vatanparvarlik, harbiy xizmatga tayyorlash borasida keng qamrovli ishlarni yangi bosqichga ko’tarishga, sport zahirasini yangi iqtidorli yoshlar bilan muntazam to’ldirib borishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |