Birinchi bo’g’in. «Yoshlik» sport jamiyati doirasida umumiy o’rta taolim maktablarining 1-9-sinf o’quvchilari qamrab olinadi. Ular uchun har o’quv yilida «Umid nihollari» o’yinlari o’tkaziladi. Dastlabki bosqich kuzgi taotilda maktablarda, tumanlarda, ikkinchi bosqich qishki taotilda viloyat miqyosida, uchinchi bosqich bahorgi taotilda mamlakat miqyosida o’tkaziladi.
«Umid nihollari» o’yinlari yoshlarda jismoniy tarbiyaga bo’lgan ehtiyojni paydo qilish va kuchaytirish, g’alabaga intilish, sportni yoshlarning hayotiy ehtiyojiga aylantirish maqsadiga xizmat qiladi. Qolaversa, iqtidorli yoshlarni katta sport zahirasiga kiiritishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |