17.8.Sport konkurslari va uni o’tkazish metodikasi.
Buni-bellashuv, baxslashuv deb atasak xato qilmagan bo’lamiz. Konkurslar individual, jamoa bo’lib, umumiy sport yoki bita sport turi bo’yicha o’tkaziladi, maqsadi qatnashuvchilar tarkibidan bita yoki bir necha kriteriyalar bo’yicha eng yaxshisini, eng yaxshilarini bir vaqtni o’zida aniqlashdan iborat. Konkurslar juda ham turli tuman. Uni gazeta va jurnallarning redaktsiyalari, sport turlarining federatsiyalari, sport qo’mitalari «katta sportda» yoki oliy mahorat sohiblari orasida o’tkaziladi.
Maktab o’quvchilari orasida MJTJ kengashi, kengashning targ’ibot va tashviqot komissiyasi yoki uning gazetalari (devoriy, rajiogazetalari), maktab kamolot o’quvchi yoshlar uyushmasi va maxsus oldindan tuzilgan jyurisi tashkillashi mumkin.
Konkurslar parallel sinflararo, maktab bo’yicha, tuman (shahar), viloyat o’quvchilari orasida bo’ladi. Konkursda haftaning, oyning, o’quv choragi va yilning eng yaxshi sportchilari (o’nligi yoki oltiligi) o’quvchilar orasida «so’rov» o’tkazish orqali aniqlaydilar.
Sport konkurslarida g’oliblar anketa so’rovi bilan emas, ko’rsatgan sport natijasi bilan aniqlanadi. Ular o’quv choragining, yilning eng yaxshi sportchilari deb eolon qilinib, maktabning sport burchagi yoki hurmat daftariga yozib qo’yiladi.
Konkurslarning o’tkazilishi haqidagi eolon, konkursning targ’ibot-tashviqoti kamida maktab radio gazetasi, devoriy gazetalari orqali 20-30 kun avval boshlanadi. Ayrim maktablarda konkurs o’tkazilish kuni anoana tarzida belgilangan kun, masalan 20 sentyabr deb tayinlanishi mumkin. O’tkazilish muddat qanchalar oldin belgilangan bo’lsa, unga tayyorgarlik ko’rishga vaqt shunchalar ko’p bo’ladi. Konkurs davomida ko’rsatilgan eng yaxshi natijalar bilan maktabning rekordlarini yangilash imkoniyatini eolon qilinishi tadbirni nufuzini yanada oshirishi kuzatilgan.
Odatda konkurslar ko’proq o’yinlar – sport o’yinlari, yengil atletika, qishda o’tkaziladigan sport musobaqalari, ayniqsa, xokkey, chang’i va boshqa sport turlaridan ko’proq o’tkaziladi. Eng ko’p konkurslar futbol sport turi bo’yicha o’tkaziladi «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yirik hisob uchun», «Yaxshi to’p urar», «Eng yaxshi himoyachi» va h.k.lar. Bunday konkurslarni tuman, shaharlararo, viloyat ichida sintdan ham o’tkazish mumkin.
Biz quyidagi eng «Eng yaxshi sportchilar sinfi» nomi bilan o’tkazilgan konkurs shartini tavsiya qildik. Konkurs sharti:
1.Belgilangan sport formasini emblemasi bilan tayyorlagan sinfga 50 ball beriladi; formasi nisbatan chiroyliroq bo’lsa Yana qo’shimcha 10 ball beriladi; sport formasi bo’lmagan har bir o’quvchisi uchun sinf 10 ball shtraf tarzida umumiy balidan yo’qotadi.
2.Agar sinfdagi kamida 50% o’quvchi jismoniy tarbiya fanidan «5» bahoga o’zlashtirgan bo’lsa, jamoa 100 ball oladi. Bu foizdan oshgan har bir bolaga 10 balldan qo’shimcha ball qo’shib beriladi. Baholar 10% ga yetmasa har bir bola uchun 10 ball shtraf tarzida umumiy balldan qisqartiriladi.
3.Sinfning 50% o’quvchisi sport sektsiyasida shug’ullancha jamoaga 100 ball beriladi. Undan oshgan har bir bola uchun qo’shimcha 5 ball qo’shib beriladi, agar kam bo’lsa umumiy baldan 50%ga yetmagan har bir bola uchun 5 baldan shtraf tarzida olib tashlanadi.
4.Sinfnng III-yoshlar razryadiga ega bo’lgan har bir sportchisi jamoasiga 10 ball qo’shimcha; II-yoshlar razryadi borlarining har biri uchun 25 ball qo’shimcha; I-yoshlar razryadlichi esa har bir razryadga 50 baldan qo’shimcha ball keltiradi.
5.Sinf birinchiligida ishtirok etgna har bir bola jamoasiga 1 baldan; maktab birinchiligida ishtirok etsa 3 baldan№ rayon birinchiligida (shahar) ishtirok eisa 20 baldan; respublika birinchiligida ishtirok etsa 50 baldan jamoaning umumiy baliga qo’shib beriladi.
6.Sport alpbomini chiqargan sinfga, har chorakda bittadan sinf gazetasini chiqargan bo’lsa, fizkulptura burchagini jihozlashda ishtirok etsa jamoa 50 ball olgan bo’ladi. Eng yaxshi alpbom yoki gazeta deb topilsa qo’shimcha Yana 20 ball.
Hisoblash komissiyasi umumiy balni hisoblab, g’olibni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |