Yutkazgan chiqib ketish usuli qayd qilganimizdek, birinchi mag’lubiyatdan keyinoq musobaqalarda ishtirok etishni to’xtatadi, keyinchi o’yinlarga qo’yilmaydi. Musobaqa o’tkazish uchun ajratilgan kunlar oz bo’lganida qo’llanadigan qulay usul. G’olib oxirida qolgan ikki jamoaning final o’yinida aniqlanadi.
Har bir jamoa bir-biri navbatma-navbat uchrashish orqali g’olibni aniqlash usulida kim ko’p ochko to’plasa o’sha jamoa g’olib sanaladi. Ochkolar teng bo’lsa g’olib aniqlashni har bir o’yin turida o’z usullari mavjud va o’sha g’olibni aniqlash usullari musobaqa nizomida ko’rsatiladi. Masalan, takroriy o’yin o’tkaziladi, o’ynalgan o’yinda kim g’olib bo’lgan bo’lsa yutuq zo’a jamoaga beriladi, futboda o’n birm yetrdan kim ko’p to’p urish va , voleybolda, qo’l to’pi, futbolda to’plar nisbati, o’ynalgan partiyalar nisbati va h.k.lar orqali g’olib jamoani aniqlash usullari mavjud.
Aralash usulida o’tkaziladigan musobaqalarni o’tkazishda eng ko’p tarqalgan usullari quyidagilar hisoblanadi:
a)barcha jamoalarni gruppalarga ajratish va har bir guruhda navbat bilan aylanasiga bir-biri bilan o’ynab chiqadi.
Masalan, birinchilikda 12 jamoa ishtirok etmoqda. Qurra tashlash yo’li bilan ular to’rt guruhga ajratiladi, har bir guruhda 3 tadan jamoa.
Barcha o’yinlar har bir guruhda o’tkazib bo’lingandan so’ng I o’rinni egallaganlardan alohida yangi guruh tuzilib I-III o’rin uchun o’yinlar tashkillanadi. II o’rinni egallaganlardan II chi guruh tashkillanadi va ular 4-6 o’rin uchun musobaqalashadilar, eng dastlabki guruhda III o’rinni egallaganlardan III guruh tashkillanadi va ular 7-9 o’rin uchun musobaqalashadilar. Va nihoyat IV o’rinni egallaganlardan tuzilgan guruhdagilar 10-12 o’rinlar uchun musobaqalashadilar.
b)o’yinlar avval yutkazgan chiqish usulida, (I-etap) so’ng (II-etap) aylanma usulida bir-biri bilan o’ynash usuli bilan g’olib jamoani aniqlash.
Masalan, maktab birinchiligida 20 jamoa musobaqalasha boshladilar. I-etapda jamoalarni barchasi 5 ta guruhga 4 tadan jamoa qilish ajratiladi. Har bir guruhda o’yinlar yutkazgan chiqish usulida o’ynaladi. G’olib jamoalar so’ng 1-5 o’rin uchun bir-biri bilan musobaqalashib g’olibni aniqlaydilar.
Parallel sinfi yo’q maktablarda jamoa birinchiligini aniqlash (sinf birinchiligi va turli sinflar birinchiligi musobaqalarida) quyidagi usullardan foydalaniladi:
1.G’oliblarni I-II, III-IV, V-VI va VII-VIII sinflar uchun aniqlaydilar.
2.Gandikapdan foydalanadilar. Masalan, voleybol musobaqasida V, VI, VII, VIII sinflarda VIII sinf jamoasi bilan o’yin boshlagunlaricha quyidagi hisob belgilab qo’yiladi: V va VI sinfldar musobaqasi, o’yin 8:0 dan boshlanadi; V-VII sinf, hisob 10:0; V-VIIIsinflar o’yini, hisob 12:0 dan boshlanadi. Xullas kichik sinflarga o’yin boshlanishida maolum ustunlik (janda) beriladi. Maktab o’quvchilarini sport turi bo’yicha texnik tayyorgarligiga qarab ustunlikni hisobi o’zgartirilishi mumkin.
3.Ayrim holatlarda maxsus ochko beriladigan jadvaldan foydalaniladi, qaysiki jamoa birinchiligi musobaqasi g’olibini aniqlashda yetarli darajadagi aniqlikga erishiladi.
Masalan, Marg’ilon shahar 3-iqtidorli bolalar maktabi musobaqalarida 60 m va 100 m masofalar uchun jamoa g’olibini aniqlashda quyidagi tablitsa ishlangan. Uni krosslar, turli o’rta masofaga yugurishlar, sakrashlar va uloqtirishlar uchun qo’llash mumkin.
4.2. jadval
60 va 100m.larga yugurish
Ochko-yutuq hisobi
|
V-sinf 11-12 yosh
|
VI-sinf 12-13 yosh
|
VII-sinf 13-14 yosh
|
VIII-sinf 14-15 yosh
|
IX-sinf 15-16
|
60 m. o’g’il bolalar
|
100 m. yoshlar
|
15
|
9.4
|
9.0
|
8.6
|
13.5
|
13.0
|
14
|
9.5
|
9.1
|
8.7
|
13.6
|
13.1
|
13
|
9.6
|
9.2
|
8.8
|
13.7
|
13.2
|
12
|
9.7
|
9.3
|
8.9
|
13.8
|
13.3
|
11
|
9.8
|
9.4
|
9.0
|
13.9
|
13.4
|
10
|
9.9
|
9.5
|
9.1
|
14.0
|
13.5
|
9
|
10.0
|
9.6
|
9.2
|
14.1
|
13.6
|
8
|
10.1
|
9.7
|
9.3
|
14.2
|
13.7
|
7
|
10.2
|
9.8
|
9.4
|
14.3
|
13.8
|
6
|
10.3
|
9.9
|
9.5
|
14.4
|
13.9
|
5
|
10.4
|
10.0
|
9.6
|
14.5
|
14.0
|
4
|
10.5
|
10.1
|
9.7
|
14.6
|
14.1
|
3
|
10.6
|
10.2
|
9.8
|
14.7
|
14.2
|
2
|
10.7
|
10.3
|
9.9
|
14.8
|
14.3
|
1
|
10.8
|
10.4
|
10.0
|
14.9
|
14.4
|
Qiz bolalar
|
Qizlar
|
15
|
10.1
|
9.8
|
9.5
|
15.0
|
14.6
|
14
|
10.2
|
9.9
|
9.6
|
15.1
|
14.7
|
13
|
10.3
|
10.0
|
9.7
|
15.2
|
14.8
|
12
|
10.4
|
10.1
|
9.8
|
15.3
|
14.9
|
11
|
10.5
|
10.2
|
9.9
|
15.4
|
15.0
|
10
|
10.6
|
10.3
|
10.0
|
15.5
|
15.1
|
9
|
10.7
|
10.4
|
10.1
|
15.6
|
15.2
|
8
|
10.8
|
10.5
|
10.2
|
15.7
|
15.3
|
7
|
10.9
|
10.6
|
10.3
|
15.8
|
15.4
|
6
|
11.0
|
10.7
|
10.4
|
15.9
|
15.5
|
5
|
11.1
|
10.8
|
10.5
|
16.1
|
15.7
|
4
|
11.2
|
10.9
|
10.6
|
16.3
|
15.9
|
3
|
11.3
|
11.0
|
10.7
|
16.5
|
16.1
|
2
|
11.4
|
11.1
|
10.8
|
16.7
|
16.3
|
1
|
11.5
|
11.2
|
10.9
|
16.9
|
16.5
|
Bunday jadvaldan foydalanishni qoidasini ishladik. Kimda-kim 15 ochko oshiq natijaga erishsa, jamoaga 1 ochko qo’shimcha qo’shdik, yaoni natijani 0,2 sekundga yaxshilasa 1 ochkoda qo’shimcha oladigan bo’ldi.
4.Natijalarning o’rtachasi chiqariladi (o’rtacha ball).
Buning uchun sinf o’quvchilarining barchasini vaqti jamlanadi va yig’indi sinfning barcha sportchilariga taqsimlanadi. Musobaqada qatnashmagan o’quvchilarning shtraf ochkolar sanaladi.
G’oliblarni taqdirlash. Jamoa yoki g’olib qatnashchilari qimmatbaho mukofotlar bilan, diplom vqmpellar, esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar. Sovg’a sifatida maktab o’quvchisi uchun pul berish tavsiya etilmaydi.
Sovg’alar o’quvchilarga tantanali suratda, biror katta marosimda, bayram kechasi, sport tadbiri yoki boshqa yig’inlarda topshiriladi. Olingan sovg’a, diplom yoki boshqalar maktab jismoniy tarbiya burchagida saqlanadi (sinfniki sinf burchagida, maktab g’olibiniki maktab sport burchagida).
Musobaqalarni yakunlash. Musobaqa yakunlangandan so’ng uning natijalari taxlili, muhokamasi sinfdardan tortib parallel sinflar, alohida umumlashtirilgan sinflar va jamoalarda o’tkazilishining ahamiyati katta. Unda yutuqlar, yo’l qo’yilgan xatolar texnikadami, taktikadami ekanligi ko’rib chiqiladi, faoliyatga baho beriladi.
Natijalar bir necha oy maktabning ko’rinarli joyiga osib qo’yiladi. G’oliblarning ismi familiyasi maktabning faxriy kitobiga yozish, natijalarini rekord natijalar bo’lsa, maktabning rekordlar doskasiga yozilishi haqidagi maktab direktorining buyrug’i eolon qilinadi.
4.5.«Alpomish» va «Barchinoy» salomatlik testi bo’yicha ishlar
Sinfdan tashqari ishlar tarzida uyushtiriladigan «Alpomish» va «barchinoy» salomatlik testi bo’yicha uyushtirilgan ommaviy jismoniy tarbiya ishi o’zining mazmuni va tashkillanishiga ko’ra o’quvchilarni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga odatni shakllantirish, organizmning jismoniy sifatlarini rivojlanishi darajasini nazorat qilish uchun xizmat qilishi nazarda tutilgan.
Salomatlik testi bo’yicha barcha ishlar asosan jismoniy tarbiya o’qituvchisi va u tayyorlagan shu test bo’yicha o’quvchilardan iborat jismoniy tarbiya faollarining izlanuvchanligi, o’tkazadigan umumiy jismoniy taryyorgarlik sektsiyalari yoki test normalarini topshirishga tayyorlovchi fakulptativ guruhlaridagi mashg’ulotlar mazmuni va uning sifati bilan bog’liq.
Ko’pchilik o’quvchilar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanmaydilar, ularning organizmi tabiiy ravishda o’zining yoshi talab qiladigan harakat yuklamasiga bo’lgan yuklamasiga zaruriyat sezadilar. Uni olish maolum darajadagi bilim va harakat malakalarini talab qiladi. Ko’pchilik esa bu bilimlarni «Salomatlik testi» orqali olishlarini bilmaydilar. Ular oddiy fiziologik qonuniyat -«har qanday harakatni bajarish maolum tayyorgarlikdan so’ng bajariladi»ga rioya qilishni bilmaydilar. Xatto, o’tirgan joyidan turib yurib ketishni o’zi ham organizmda «reflektor tayyorgarlik»dan so’ng sodir bo’lish, tana sohibining ongidan tashqaridan boshqarilishi haqidagi nazariyadan xabari yo’q. Ular «o’zini organizmini kuzatish» jismoniy tarbiya bilmidan yoki «organizmini harakatini boshqarish» qonuniyatidan xabarsizligi oqibatida mustaqil, yaxshi niyat bilan boshlagan mashq qilishdan tezda bezadilar. CHunki organizm o’sha yuklamani tayyorgarliksiz yurak, nafas olish, psixiologik ko’rsatmalarsiz bajarish natijasida, 2-3 keskin harakatlardan so’ng o’zida noxushliklar sezadi, muskullarda loxaslik, nafas olish chastotasini keskin ortishi, uni chuqurligini kamayishi, yurak qisqarishi chastotasini qisqa vaqt ichida o’ta tezlashuvi oqibatidagi funktsional qiyinchiliklar va boshqalar shug’ullanuvchini qiynab qo’yadi. Afsuski, hamma ruxan kuchli emas. Kuchlilar bu holatlarga tez moslashib shug’ullanishda davom etadilar. Salomatlik testi talab normalarini topshirishga tayyorgarlik jarayoni va topshirib o’z jismi sifatlarini holatini nazorati «Alpomish» va «Barchinoy» test nishonlariga ega bo’lishni nazarda tutadi.
Hozirgi kun umumiy taolim maktablari, litseylari va kollejlarning jismoniy tarbiya o’qituvchilari, ular tayyorlagan faollar, maktab jismoniy tarbiya jamoasi, boshlang’ich harbiy tayyorgarlik mutaxassislari, maktab pedagoglari jamoasi, mahalla bolalar sporti mutasaddilari, ota-onalar va ularning maktabdagi kengashining faoliyati test bo’yicha amaliy ustivor yo’nalish deb qarashi, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarning o’zlari bu ishni eng muhim, hayotiy-amaliy ish ekanligini ongli his qilishi muhim ahamiyatga ega.
«Alpomish» va «Barchinoy» salomatlikni nazorati testi ishini sinfdan tashqari vaqt lozim darajada yo’lga qo’yish moddiy o’quv-texnik bazaga bog’liq va uni o’quv yiliga tayyorlash talab va normalarni topshirishga tayyorlash ishini to’laqonli yo’lga qo’yish imkonini beradi.
Birinchi navbatda sport bazasi va uni jihozlarini g’amini yeyishga to’g’ri keladi: uzunlikga va balandlikka sakrash uchun qo’shimcha qum to’ldirilgan chuqurliklarni tayyorlash, uloqtirish uchun alohida sektor tayyorlash va uni jihozlash; 30, 60,100 metrga yugurish yo’laklarini tayyorlash; uloqtirish uchun granata, tennis to’pi, to’ldirma to’p va h.k.lar; gimnastika shaharchasi, turli xil balandlikdagi perekladinalar, chirmashib chiqish uchun kanatlar, gimnastika devori, shotilar, sekundomerlar, ruletkalar va boshqalarni tayyorlash.
Maktabda jismoniy tarbiyadan o’quv dasturini o’qitish uchun zarur bo’lmagan jihozlarni tayyorlash, o’rnatish muhim ahamiyatga ega: to’siqli yo’laklarni jihozlash; turistlar palatkalarini sotib olish, uxlash uchun qoplari, mayda turistik jihozlar-qozon, qoshiq, pichoq va h.k.lar. pnevmatik tir unga vintovkalar. Ular maktabda bo’lmasa unga yaqin joydagilardan foydalanish uchun shartnomalar tuzish, stadionlar, suzish havzalarida musobaqalarga foydalanish. Maktablar uchun berilgan lgotpyalardan foydalanish.
Mamlakatimizning ayrim xududlarida suzish bo’yicha muammolar mavjud. SHunga ko’ra iloji boricha tabiiy suv manbalari mavjud joylarda moslashtirilgan, suzishga o’rgatish mumkin bo’lgan joylarga aylantirish yoki tuman (shahar)ning bir necha maktabi birlashib yagona suzish inshoatlarini qurish orqali hayotiy, harbiy-amaliy ahamiyatga molik malaka-suzishni o’rgatish va test normalarini topshirishga tayyorlash va topshirish ishini yo’lga qo’yish lozim. Hozirgi iqtisodiy sharoitni hisobga olib yaqin zonada joydashgan maktablar o’zaro kelishib biri otish uchun tir qursa, ikkinchisi ochiq suzish basseynini, uchinchisi to’siqli yo’lga va gimnastika shaharchasini qurishni yo’lga qo’yishi bilan ham sinfdan tashqari mashg’ulotlarni ishlarni zarur darajada yo’lga qo’yish mumkin.
«Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalarini topshirishga tayyorgarlik ishi oilada ham yo’lga qo’yilishining ahamiyati katta. SHuning uchun o’quvchi bor xonadon o’zining uyidagi jismoniy tarbiya «shaharchasi» (burchagi)ni qurishning zaruriyati mavjud. Bunda albatta jismoniy tarbiya o’qituvchisining tashabbuskorli, tashkilotchiligi muhim. Masalan, o’quv yilining I choragi oxirida qayd qilingan test talab normalariga bag’ishlab ota-onalar yig’ilishini o’tkazadi. Kun tartibi «o’g’li (yoki qizi)ning jismoniy tayyorgarligi darajasi» deb qo’yiladi. Yig’ilish albatta sport zali yoki sport maydonida o’tkaziladi. Ota-onasi olidida shu sinf o’quvchilari o’zining kuchi, tezkorligi, chidamliligini namoyish qiladilar.
Sinfdan tashqari ishlarning bunday shaklining samarasi beqiyos. Targ’ibot va tashviqot yoki reklamasiz har qanday faoliyat, o’ta zarur o’ta manfaatli bo’lsin kutgan natijani bermaydi. Maktabda «Alpomish» va «Barchinoy» salomatlik testining targ’ibot va tashviqot shakllari turlicha: testning maqsadi va vazifasiga atab maktab pedagogika jamoasining kengaytirilgan kengashini o’tkazish; sinf rahbarlari, o’quvchilar kengashi maktabning «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati kengashi, sport bayramlari, sport kechalari, «mavzuli» kechalar, Quvnoqlar va Zukkolar bellashuvlari, «Quvnoq startlar», sport viktorinalari, salomatlik kuni, yuguruvchilar, sakrovchilar, uloqtiruvchilar, suzuvchilar va h.k.larning kunlari, maktab radio, dkvoriy gazetalari, turli xil sport bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar, «Alpomish» va «Barchinoy» ko’p kurashi musobaqalari va musobaqalarning rekordlari doskasi, «Faxriy kitobi»ga yozib qoldirishlar, sinflarni shu mavzudagi gazetalarining ko’rigi, fotomontajlari va uning ko’rigi, badiiy filpmlar tomoshasi, videolavxalar tanlovi va h.k.lardek targ’ibot-tashviqot shakllari eng asosiy sinflar bo’yicha har bir o’quvchini normativlarni topshirish stendi, ayniqsa, u umummaktab devoriy ko’rgazmasi bo’lsa sinflararo sirtqi musobaqalar tusini olishi amalda isbotlangan. Lazunglar, test bo’yicha alohida alpbomlar, har bir bosqich bo’yicha savollar majmuyi, test sinovlarining yaratilishi, o’quvchi jismi kamolotiga oid bilimi va iqtidorining ortishiga sharoit yaratadi. Uning jismini tayyorligi faqat o’zining shaxsiy ishi emasligiga ongli munosabati shakllanadi.
Normalarni topshirishga tayyorgarlik muhim ahamiyatga ega. O’tgan yilgi natijalari yakuniga asoslanib, o’qituvchilar: sinflarda kim uchun normani topshirishga jismoniy tarbiya darsiga tizimli qatnashni o’zi yetarli; kimlarga albatta UJT guruhiga trenirovkaga qatnashi zarur yoki testga tayyorgarlik guruhi yoki sektsiyasiga borishi, kimgadir uyga berilgan vazifani tayyorlashdagi mashqni o’zi norma topshirishga tayyorgarli bo’lishi mumkinligi aniqlanadi. Xatto shundaylari ham bo’lishi mumkinki u shu yili normalarni topshirish imkoniyatiga ega emas. SHunday qilib guruhlangan bolalar bilan o’qituvchilar tayyorgarlik ishini yuritishlari maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Darsni samaradorligini yuqori qilib o’tkazishni o’ziyoq normalarni topshirishda muvaffaqiyat keltiradi. Zaruriy adabiyotlarni maktab kutubxonasi va fizkulptura burchagida bo’lishi o’quvchilardagi turlicha savollarga o’zlari javob topishi imkoniyatini yaratadi.
Qaysi normani birinchi bo’lib topshirishni o’quvchini o’zi tanlaydi. Ayrim maktablar o’z quyida tavsiya qilgan jadval asosida normalarni topshiradilar va qaysi turni avval topshirish muammosi ularning oldida turmaydi. (4.5.1. jadvaliga qaralsin).
Ayrim tajribali (har kuni) bir oyga yoki bir necha oyga sinf o’quvchilarini individual xususiyatini hisobga olib tuzadilar. Ayrim bolalarga ko’proq yugurish, sakrash, o’ynash zaruriyati bo’lsa, boshqalariga kuch uchun mashqlar-gantellarda mashqlar qum to’ldirilgan qoplarni ko’tarish, polda qo’lni bukib to’g’rilash va gimnastika jihozlarida mashq qilishlari hisobga olinadi.
Kimgadir kuch, kimgadir chidamlilik, kimgadir tezlik, kimgadir chaqqonlikni rivojlantirishga to’g’ri keladi va uni hisobga olish lozim.
«Alpomish» va «Barchinoy» testi normalarini topshirish maktab dirinchiligi tarzida tashkillanishi shart. Istisno tarzida, uzurli sabablarga ko’ra ayrim normalarni darsda topshirish ruxsat beriladi. Tajribali o’qituvchilar ommaviy-sport ishlari kalendar rejasini shunday tuzadilarki kalendar musobaqalar davomida salomatlik testining talab va normalarini topshirish tashkillanadi. Test talab normalarini topshirishning taxminiy jadvalini keyingi (V-bob) bobda berdik. Ayrim sabablarga ko’ra u yoki bu test normasini dam olish oromgohlaridagi musobaqalar davomida topshirib lager jismoniy tarbiya tashkilotchisini imzosi bilan maolumotnoma orqali normani topshirganligini isbotlovchi asos keltirish bilan nishon olishga erishi mumkin.
Nishonlarga nishonlar tantanali ravishda maktab direktorini buyrug’i asosida topshiriladi.
Ayrim normalarni topshirish shartlari. Salomatlik testlarinnig qator normalari yengil atletika sporti turlari ekanligini hisobga olsak – qisqa masofaga yugurish 30 m., 60m., 100 m.; kross-300, 500, 1000 m.; uzunlikga depsinib sakrashlar; tennis to’pi va granata uloqtirishlarga maxsus joylar (sektorlar) jihozlanishi maqsadga muvofiq. Odatda normativlarni topshirish musobaqalar kuz va bahor oylariga rejalashtiriladi.
Gimnastika sporti turi yoki jihozlarida topshirilishi lozim bo’lgan talab va normalar odatda qishdagi oylar davomida rejalashtirilishi ham mumkin.normalar metr/sekund, qaytarishlar soni orqali o’lchanadi va musobaqa bayonnomasida qayd qilinadi. Ayrim normalarni topshirishda istisno tarzida muoobaqa qoidalariga zarur bo’lgan kichik o’zgartishlar kiritilishi mumkin. Masalan, uzunlikga sakrashdagi har bir ishtirokchi uchun berilishi shart bo’lgan urinishlar soni qoidadagi uch urunish o’rniga 2 urinish, qum to’ldirilgan chuqurdan foydalanishda, odatdagi uzunasiga emas, uni yon tomonidan sakrashdek va h.k.lar.
Test normativlarining ayrimlari nizomda ko’rsatilgan bo’lsagina bir sport turi (harakat sifatini mashqi) boshqasi bilan almashtirilishi mumkin.
Namangan, Farg’ona va Andijon viloyatlarida bolalarning yoshi va jinsiga ko’ra tavsiya etiladigan sport turlari
1-4 sinflar
|
Yosh guruhi
|
Jinsi
|
Tavsiya etiladigan turlari
|
5-7 yosh
|
O’g’il bolalar
|
Umumiy jismoniy taryyorgarlik sport gimnastikasi, akrobatika, shaxmat, shashka, suzish.
|
Qiz bolalar
|
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, akrobatika, shaxmatlar, shashkalar, suzish.
|
7-9 yosh
|
O’g’il bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari, shuningdek futbol, dzyudo, kurashlar, badminton, tennis, stol tennisi, yengil atletika.
|
Qiz bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari sinxron suzish, tennis, stol tennisi, yengil atletika
|
5-9 sinflar
|
10-11 yosh
|
O’g’il bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari sportning o’yin turlari (basketbol, voleybol, qo’l to’pi), grek-rim kurashi, erkin kurash, sambo, turon, kamondan otish qilichbozlik.
|
Qiz bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari sportning o’yin turlari (basketbol, volebol, qo’l to’pi)Yu kamondan otish qilichbozlik.
|
12-13 yosh
|
O’g’il bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari og’ir atletika, boks, velosport, kanoe va baydarka eshkak eshishi, o’q otish, tosh ko’tarish sportni suv turlari (suvga sakrash, suv polasi).
|
Qiz bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari velosport, kanoe va baydarkada eshkak eshish, o’q otish, suvga sakrash.
|
Kollejlar va litseylar
|
14-15 yosh
|
O’g’il bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari ot sporti, bel bog’li kurash.
|
Qiz bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari ots porti.
|
16-18 yosh
|
O’g’il bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari triatlon, tog’ turizm, karting, motosport, shuningdek tan olingan sportning barcha turlari.
|
Qiz bolalar
|
Yuqorida sanab o’tilgan sport turlari tog’ turizm.
|
Mahalla
|
|
O’g’il bolalar
|
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportning o’yin turlari (futbol, volebol, basketbol, qo’lto’pi) shaxmat, shashka, badmenton, tennis, stol tennisi, kurash, turon, tosh ko’tarish sporti, ormresling.
|
Qiz bolalar
|
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportning o’yin turlari (voleybol, basketbol) shaxmatlar, shashakalar, badmenton, tennis, stol tennisi.
|
17-BOB Sport bayramlari va ularning klassifikatsiyasi
Bayramlar Xalqaro sport hayotiga oid voqealarga, mamlakatimizda nishonlanadigan taniqli sanalarga, maktab hayotidagi muxim hodisalarga bag’ishlab o’tkaziladi( Maktab spartakiadasini ochilish yoki musobaqa boshlanishidan oldin).
Bayramlar Mazmunga boy tadbirlar asosida sog’lomlashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak, unda barcha tomoshabinlar ham faol ishtirok etishlari zarur.(Sodda harakatli o’yinlar, fizkulptura, padzasiga uxshash mashqni eng yaxshi bajarish konkursi).
«Sport bayrami» tushunchasining taorifi turlicha 1980 yili chop etilgan «Pedagogika» nashiryotining «Entsiklopedicheskaya slovarp yunogo sportsmena» slovarida « V sporte kajdoe sorevnovanie - prazdnik» deb SB lariga taorif berilgan. Hakikatdan ham tomosha, his – hayajon va sport kurashining dratizimini har qanday sport musobaqasida uchratishimiz, unga duch kelishimiz mumkin. Lekin anoanaviy, o’zining ommaviyligi bilan ajralib turadigan sport bayramlari borki ular o’zining tarixi bilan ajralib turadi.
O’zbek madaniyati tarixi, umumiy pedagogika, jismoniy tarbiyadan sog’lomlashtirish ishlariga oid umumiy va maxsus adabiyotning moxiyati, ijtimoiy hayotimizdagi tutgan o’rniga qarab ularga turlicha taorif berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |