Маoлумотнома


Ilmiy tadqiqot jarayonida matematik hisoblash



Download 2,17 Mb.
bet26/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

2.8. Ilmiy tadqiqot jarayonida matematik hisoblash
Keyingi yillarda biologiya va pedagogika fanlarida tadqiqotning matematik hisoblsh usuliyatlaridan keng foydala-nilmoqda.

Hamma voqealarning, atrofimizni o’rab olgan har qanday jarayonlarning ikki tomoni sifat va miqdor tomoni mavjud. Maolumki, matematika voqelarning abstrakt shakldagi miqdor tomonini o’rganadi. SHuning uchun ham matematik usuliyatlardan foydalanishdan voz kechish tadqiqotchini masalaning faqatgina bir tomonini sifat tomoninigina o’rganishga, uni to’la o’rgana olmaslika mahkum etadi. Bunday yarim-yorti yondashishga tadqiq etiladigan muammoni aniqlab, tadqiqotni boshlanish etapidagina yo’l qo’yilishi mumkin xolos. Ilmiy tadqiqotda hali aniqlnmagan, lekin olib borishda voqealarning barcha tomonlarini, jumladan miqdor tomonla-rini ham tadqiq etish muammosi turadi.

«Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo’lgandagina takomiliga yetadi»- degan edi Polp Lafarg. SHunga ko’ra jismoniy tarbiya nazariyasining tadqotlarida keyinga yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda, lekin hozirgi paytda asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayoniga muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Matematik statistikadan biologiya masalalarini hal etishda o’ziga xos ravishda qo’llanilib beometriya yoki variatsion statistika orqali xulosalar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqot natijasida olingan materiallar tadqiqotning son va miqdor jihatlarini mujassamlashtiradi. Raqamlar, ko’rsatkichlarni aniqligi tadqiqotchiga matematik jihatdan to’g’ri va aniq fikrlar, mulohazalar qilishga, tadqiqot jarayoni bo’yicha taqqoslash, umumlashtirishda, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi.

Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning eksperimental va kontrol guruhlarini yig’ib ular bilan kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug’llanish mashg’ulotlarining samaradorligi tadqiq qilinsa, shug’ullanuvchilarning jinsi, yoshi, sport maho-rati darajasiga qarab nazariy fikrlarni amaldagi holati haqida aniq maolumotlar tayyorlash mumkin. SHuning uchun matematika fanining matematik statistikasi jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati hamda qator sport fanlarining nazariyasi va usuliyatida ilmiy amaliy masalalarni ijobiy hal qilish, o’quv tarbiya va sport trenirovkasi jarayoni takomil-lashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ilmiy tadqiqot usuliyatlari doimiy bo’lmay ular o’z o’rinlarini yangi va progressiv tadqiqot uslubiyatlariga bo’shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining rivoji ko’p jihatdan ilmiy tadqiqot usuliyatla-rining rivojlanganligi bilan bog’liqdir.


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish