Маoлумотнома


O’qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari



Download 2,17 Mb.
bet156/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

12.2. O’qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari
Harakatga o’rgatish eng kichik yoshdan boshlanadi. Bu esa hayot uchun kerakli malaka va ko’nikmalarni osondan qiyin didaktik printsipi asosida, ketma-ketlikda, asta-sekinlik bilan olib boriladi va jismoniy tarbiya haqida eng sodda bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiena qoidalari talablariga bo’ysunishga o’rgatiladi.

Maktab yoshigacha bo’lgan bola jismoniy tarbiyasi umumiy o’qitish uslubiyatlari asosida olib boriladi va o’qitishning quyidagi – onglilik va faollik, ko’rgazmalik, kuchiga yarashalik va individuallashtirish, sistemalilik, talabalarini oshirish printsiplariga tayanadi.

Bolani harakatga o’rgatishda:

a) ko’rgazmalilik uslubiyatida bajarilishi kerak bo’lgan harakat, ko’rgazmali qurol orqali ko’rsatiladi, taqlid qilinadi va narsalar turgan tomonlarga qarab bajarish uchun mo’ljal beriladi.

b) so’z yordamida ko’rsatib tushuntiradi, buyruq yordamidan, aytib berish, so’rash va boshqa uslubiyatlardan foydalaniladi.

v) mashq qilish uslubiyati harakatni bajarish shartini o’zgartirmasdan va o’zgartirib bajarishdan foydalaniladi.

d) o’yin va musobaqa uslubiyati...

Ko’rgazmalilik uslubiyati hamma yoshdagi guruhlarda yoshning katta-kichikligiga, harakat malakasi zahirasining ko’p yoki ozligiga qarab qo’llashning mezoni belgilanadi.

Eng kichik yoshdagilarda harakat malakasi zahirasi kam bo’lib, ularda mashqlar haqida tasavvur hosil qilish juda qiyin bo’ladi. Mashqga o’rgatish uchun ko’rgazmalilik uslubiyatidan ko’proq foydalaniladi. Jismoniy mashqlarni ko’rsatishdan tashqari ko’rgazmali qurol, rasmlar, fotorasmlar, chizmalar, maketlardan foydalanish mashg’ulot paytida mashq texnikasini egallashni osonlashtiradi. Harakatga o’rgatishda taqlid qilish mashqlari yuqori samara beradi. Harakatni bajarishda o’sha harakatni hayvonlar, qushlar va boshqa jonivorlar harakati misolida o’qitish, bolalarda obraziga kirib bajarishga qiziqishni shakllantiradi va taolim jarayonini faollashtiradi.

Bu uslubni bolalar qancha kichik yoshda bo’lsa shunchalik qiziqib bajaradilar. Bu yoshdagilarga ko’rish va jismlarga qarab mo’ljal olish, qobiliyatini o’stirishni ahamiyati katta. U o’z navbatida bajarilishi qiyin jismoniy mashqlarni baja-rishni osonlashtiradi. Masalan: baland osib qo’yilgan jismdan oshirib uloqtirish, bunda tana orqaga bukiladi, tananing og’irligi orqada turgan oyoqqa yuklanadi, yoki sakrab, osib qo’yilgan! Buyumga yetish, o’yinchoqlar, boshqa jismlar ilib qo’yib bajartirishni samarasi yuqori bo’ladi.

Bolalarni mashqlarini qo’rqmay bajarishga o’rgatish muhimdir. Harakat malakasini shakllantirishda ritm, tempni his qildirish, ko’shik, aytishuv bilan o’ynaladigan o’yinlarga musiqa tavsiya qilinadi.



So’zdan foydalanish uslubiyati. Bolada jismoniy mashq haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish uni ko’z oldiga keltirib fikrlashiga yordam beradi. Ko’rgazmalilik va so’z yordamida tushuntirish uslubiyati ikkalasi birga qo’shib olib borilsa, keyinchalik bolalar jismoniy mashqlarini nomini eshitishi bilan yoki yozilganlarini ko’rishi, eshitishi bilan mashqlarni qiynalmasdan bajara olish malakasiga ega bo’la boshlaydilar. Tushunarliroq bo’lgan so’z iboralari bilan: quyonga o’xshab sakraymiz, qarg’aga o’xshab...

Bolalar qanchalik harakat malakasi tajribasiga boy bo’lsa, ularga jismoniy mashq o’rgatishda so’z bilan tushuntirish uslubiyatidan foydalanish osonroq bo’ladi. So’zni xarakteri o’rganishni har xil etapida turlicha bo’lishi lozim. O’rgatishni boshlanishida harakat to’liq tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish, qisqa ko’rsatma berishlari bilan almashinadi. Ko’rsatmalar yordamida harakatdagi xatolarni to’g’irlash va ogohlantirish va ularni baholash mumkin. Buyruqlar va ko’r-satmalar maktabgacha yoshdagilarga jismoniy mashqlarni teng boshlash, tugallash, uni suroatini aniqlash, ritmini, harakatga yo’nalish berish uchun qo’llaniladi. Gimnastikada qabul qilin-gan eng oddiy buyruqlar, mashq musiqasiz bajarila boshlansa, asosan katta yoshdagi guruhlarda undan foydalanish mumkin. Ko’rsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda ko’proq foyda-laniladi. Ko’pchilik jismoniy mashqlar, ashulalar, sheorlar mazmuni aytiladigan voqealar va harakatni qanday bajarilishi kerakligi haqida yozilgan matnni o’qish bilan qo’shib ijro etiladi.

Bajarilish paytida bolalarga savol berish, ularni fikrlashga o’rgatish, o’sha jismoniy mashq haqida to’liq bo’limga, harakatni his qilishga imkoniyatni ko’paytiradi.

Suhbat ham bajariladigan jismoniy mashq haqida ko’proq maolumot fikrga ega bo’lish va jismoniy mashqlarni bajari-lishi haqida lozim bo’lgan malakalarga manbaa bo’ladi. Hamda jismoniy tarbiya va sportga oid kitoblar o’qish, rasmlar ko’rish, stadionlarga ekskursiyalar va sayirlar qilish orqali ham yo’lga qo’yilishi mumkin.



Mashq uslubiyati juda xilma-xildir. Maktab yoshigacha bolalarda harakatlar va jismoniy mashqlar birvarakayiga hamma uchun umumiy holda ko’rsatish va bajarish ko’proq olingan jismoniy mashqlar bolaning anatomik-fiziologik qobiliya-tiga mos kelsin. Bu yoshda ko’proq dinamik xarakterdagi mashqlar tanlab olinishi, bir yo’la ko’plab asosiy muskul guruhlariga, organizmiga fiziologik taosir o’tkaza oladigan, chaqqonlikni, harakat koordinatsiyasini rivojlantirishga sharoit yaratadigan-lardan foydalanish lozim. Bu talablarga jismoniy mashqlarni velosipedda yurish, suzish, harakatli o’yinlar, sport o’yinlari elementlaridan olingan mashqlar javob beradi.

Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarga statik xarakterdagi jismoniy mashqlar berish tavsiya etilmaydi. Bu mashqlar nerv tizimi va muskullarni toldiradi, qon aylanish va nafas olishini buzadi, to’liq muskul qisqarishini talab qiladigan kuch mashqlari muskul va nerv bo’g’inlarini ishlarini susayti-radi. Yoshi ulg’aygan sari jismoniy mashqlar ham o’zgartiriladi va qiyinlashtiriladi. Bolalar yaslisi va bog’chalarida berilla-digan mashqlar «Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasi dasturi»da (1994) berilgan.



Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda kattalar yordamida passiv harakatlar, aktiv harakat elementlari umumjismoniy mashqlar (jihozli va jihozsiz, chalqancha yotish bilan, o’mbaloq oshish bilan, boshni har tomonga burishlar) emaklashlar, yugurishga tayyorlovchi mashqlar, balandlikka chiqish va eng sodda o’yinlardan foydalaniladi. Bu yoshdagilar dasturida asosiy o’rinni uqalash (masaj) egallaydi. Uqalashga oid material «Sestra vospitatelg’nitsa detskix yasley i mladshey grupp yasley sadov» degan kitobchada berilgan (1983 y.).

Bir yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda sal qiyinroq bo’lgan umumjismoniy mashqlar, jismli va jismsiz (to’p, yog’och, gimnastika o’rindig’i), asosiy harakatlar (yurish, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, chuqurlikka sakrash), saflanish-ning eng oddiy mashqlari (aylana bo’ylab yurish, bir kolona, sherenga bo’lib saflanishlar), velosipedda yurish, suzishni o’rganishga tayyorlov mashqlari beriladi. Dasturda bu yoshdagilar uchun kerakli harakatli o’yinlar va raqs mashqlariga kengroq joy ajratilgan. Olingan o’yinlar bu yoshdagilar uchun qoidasini soddaligi, g’olibni aniqlashni osonligi bilan farqlanadi va asosan turli obrazlar timsolida, taqlid tarzida o’ynaladi (qushlar hayvonar va h.k.).

3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalardagi mashg’ulotlarga o’rgatiladi, amalda esa uni bolalar faoliyatini tashkillashning «frontal» uslubiyati deb aytishadi. Masalan, bajarilishi kerak bo’lgan mashqni ayrim elementlariga ko’proq eotibor beriladi. Uzoqqa uloqtirishni ko’rsatayotib oldin dastlabki holatga, so’ng qolgan elementlarga eotibor beriladi.

Bolalarda kattalarga nisbatan tez va yengil shartli aloqa vujudga keladi, lekin ularni tez-tez qaytarib turilmasa, bu shartli aloqa mustahkam bo’lmaydi. Harakat malakasini mustah-kamlash uchun uni ko’p takrorlayverish, tolishini vujudga keltiradi. SHuning uchun qaytarishni xilma-xil variantlarda takrorlash lozim. Mashqni takroriy bajarishlar faqat o’zlash-tirilayotgan material texnikasi haqida shug’ullanuvchi mukammal tasavvurga ega bo’lgandan so’ngina amalga oshiriladi. Harakat malakalarini mustahkamlash har xil sharoitda o’yin, muso-baqa, turli-xil topshiriqlarni bajarish shaklida amalga oshiriladi. «Kim shu mashqni yaxshi bajara oladi», «Kim bayroqchaga tez yugurib borib qaytib kela oladi», «To’pni kim uzoqroqga ota oladi» yoki «Mo’ljalni ura oladi» kabilar. Jismoniy mashqlarni o’rgatishdagi o’ziga hoslik o’qitish uslubiyatlarini o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.

Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarni o’qitishda taqlid qilish, ko’rib turgan narsaga, yoki o’sha narsaga yoki oshqasiga, uni teskarisiga, pastga, balandga, orqaga va h.k. deb mo’ljalga olish, o’yin usullarini kiritish, o’qitishni emotsionalligini oshiradi.

Maxsus bilimlarni bu yoshdagilar diafilpmlardan, kino, mashqni tushuntirayoganda eshitayotib, harakat texnikasini, harakatli o’yinlar qoidalarini o’rganishda foydalanadilar va shu bilan bir qatorda shaxsiy va umumiy gigienik tushunchalarga ega bo’lib boradilar.



Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish