8.2. Harakatni bajarishning oliy maqomi.
SHakllangan harakat malakasini takomilashtirishning eng oxirgi chegarasi harakat akti yoki harakat faoliyatini bajarishining oliy maqomi deyiladi. Uning asosiy vazifasi shugullanuvchining malakasini har qanday sharoitda egallashga va uni takomillashtirishga (ishlab chiqarishda, turmushda, harbiy, sport sohasida) odatlantirish va o’rgatishdir. Faqat shu holdagina malaka o’zining amalliy qimmatiga ega bo’ladi. Mobodo sport zalida; (maydonda) shug’ullanuvchi ishonch bilan balandlikdan sakrab o’ta olsayu, lekin o’sha malakani tabiiy to’siqlardan o’tishda amaliyotda (hayotda) qo’llay olmasa, bunday malakaning qimmati past bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |