Мақола ва тезислар номи


Список использованной литературы



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Список использованной литературы:
 
1. Jian Ye, George Coulouris, Irena Zaretskaya, Ioana Cutcutache, Steve Rozen and Thomas L 
Madden (2012) Primer-BLAST: A tool to design target-specific primers for polymerase chain reaction. 
Ye et al. BMC Bioinformatics 2012, 13:134. 
2. H. Kaur, A. Arora, J. Wengel, S. Maiti, Thermodynamic, counterion and hydration effects for 
the incorporation of locked nucleic acid nucleotides into DNA duplexes, Biochemistry 45 (2006) 
7347–7355.
3. M. Peterson, C.B. Nielsen, K.E. Nielsen, G.A. Jensen, K. Bondensgaard, et al., The 
conformations of locked nucleic acids (LNA), J. Mol. Recognit. 13 (2000) 44–53.
4. G.A. Jensen, S.K. Singh, R. Kumar, J. Wengel, J.P. Jacobsen, A comparison of the solution 
structures of an LNA:DNA duplex and the unmodified DNA:DNA duplex, J. Chem. Soc., Perkin. 
Trans. 2 (2001) 1224–1232.
5. Y. You, B.G. Moreira, M.A. Behlke, R. Owczarzy, Design of LNA probes that improve 
mismatch discrimination, Nucleic Acids Res. 34 (2006) e60.
6. J.D. Levin, D. Fiala, M.F. Samala, J.D. Kahn, R.J. Peterson, Positiondependent effects of 
locked nucleic acid (LNA) on DNA sequencing and PCR primers, Nucleic Acids Res. 34 (2006) e142.
 


69 
OILAVIY NIZOLAR VA ULARNING YECHIMLARI 
Abdusalomova Sh.N. 
O’zMU talabasi 
 
Oila – hayot abadiyligi va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi qadriyatlarimizdan biri 
hisoblanib, betakror tarbiya maskanidir. Har bir inson bu dunyoda baxt va saodatni faqat va faqat 
oilasidan topadi. Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Oilaviy munosabatlar odob-axloq va huquqiy normalar 
orqali tartibga solinadi. Bu munosabatlarning to‘g’ri tartibga solinishi – jamiyatning farovonligi va 
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini 
ta’minlaydigan, kelajak nasl qanday bo‘lib yetishishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ijtimoiy makon va 
pedagogik omil vazifasini o‘taydi. Inson oilada shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va 
mehribonlik manbai. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentyabrdagi yalpi 
yig‘ilishida 1994-yildan boshlab 15 mayni “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlashga 
kelishilganligining o‘zi ham bu masalani xalqaro miqiyosida qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat 
berib turibdi. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat g‘amxo‘rligi oilalarning mustahkamligi va 
tinchligiga asos bo‘lgan. Shu bois mamlakatimizda 1998-yil “Oila yili”, 2012-yil “Mustahkam oila 
yili”, 2016-yil “Sog‘lom bola va ona yili” deb e’lon qilinganligi hamda Respublikamizda oila 
institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qarori
26
bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlar tasdiqlanishi, shuningdek, 2019 yildan boshlab har yili 15 mayda mamlakatimizda Xalqaro 
oila kuni nishonlanishi davlatimizdagi oilaviy muhit va uni mustahkamlash uchun qilinayotgan 
amaldagi sa’y-harakatlarning yaqqol na’munasidir. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini 
yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik – xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini 
yaratish, ma’naviy – ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur”.
27
Shuni alohida ko‘rsatib o‘tish kerakki, Markaziy Osiyo mutafakkirlari va ma’rifatparvarlari 
Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf xos Xojib, Kaykovus, Devoniy, Alisher Navoiy, Bobur, Munis 
Xorazmiy, Bedil, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Qori Niyoziy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqalarning 
asarlarida oila va oilaviy munosabatlar haqida qimmatli fikrlar mavjud. Ularning ko‘plarida mazkur 
masalaga oid qarashlar muayyan tartibga tushirilgan va ta’limot darajasiga ko‘tarilgan. Xususan, Abu 
Ali ibn Sinoning “Axloq”, “Oila xo‘jaligi”, Alisher Navoiy “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub” 
asarlarida oilaga alohida e’tibor bilan qarab, uni inson kamolga erishuvida asosiy makon deb bilganlar. 
Abu Ali ibn Sino o’zining ilmiy dunyoqarashi bilan butun jahonda fan taraqqiyotiga va uning 
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan olim hisoblanadi. U Yevropada Avitsenna nomi bilan tanilgan. Ibn Sino 
jahonda birinchi bor psixologiya fanida tajriba o’tkazgan alloma hisoblanadi. U emotsional holatlar 
bo’yicha dastlabki tajribalarni amalga oshirgan. Ibn Sino birinchi bor tarbiyada suhbat metodini 
qo’llashni taklif etadi. Bolalarni o’qitishda va tarbiyalashda bir guruhda yoki jamoada tarbiyalansa, 
ular faoliyat turlarini amalga oshirishda bir-biriga moslashadi, bir-biriga hurmat-e’tibori kuchayadi va 
jamoaning ta’sirida keraksiz odatlarni yo’qotadi, deb ta’kidlaydi. Bu bilan u birinchi bor ijtimoiy 
psixologiya asoslariga ham asos soldi. Bundan tashqari, Ibn Sino tarbiya metodlari haqida ham 
to’xtalib o’tadi. Tarbiya metodlaridan oila tarbiyasi, oilada bola tarbiyasini amalga oshirishda regional 
xususiyatlarni qo’llash zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino shaxs taraqqiyotida musiqaning o’rni haqida 
to’xtalib o’tadi. O‘zining mashhur «Tib qonunlari» kitobida bola tarbiyasida allaning ahamiyati 
to‘g‘risida shunday yozadi: «Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki narsani qo‘llamoq 
26
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini 
mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qarori. https://lex.uz/uz/docs/-3797625 
27
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har 
tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim 
yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisidagi nutqi. https://kun.uz/uz/95627612  


70 
kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va 
allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi 
bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil bo‘ladi».
28
Ijtimoiy –tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o’zbek oilasining hayoti, undagi 
o’zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, 
tarbiyaviy muhiti va mehnat shart-sharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70-
yillaridan e’tiboran o’rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko’proq falsafiy, 
tarixiy, etnografik yo’nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shart-sharoitlarini o’rganishga 
qaratilgan bo’lsa, keyingi tadqiqotlar o’z xarakteriga ko’ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning 
turmush tarzi, undagi tarbiya muhitining ahamiyati, o’zaro munosabatlarning psixologik 
qonuniyatlarini o’rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. 
Mustaqillik davrida oila-nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi masalalarini 
F.Otaxo‘jayev, o‘zbek oilalari ma’naviyatining tarixiy asoslari, ma’naviy ruhiyati, an’analari, 
farzandlar tarbiyasi muammolarini istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan O.Safarov, M.Mahmudovlar 
tahlil etsalar, oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oilaviy tarbiya, oila a’zolarining oiladagi o‘rni, oilada 
milliy va umuminsoniy tarbiya masalalarining pedagogik nuqtai nazardan O.Musurmanova, oilaning 
mohiyati, ota-onalarning bola tarbiyasidagi mas’uliyati, farzandlik burchiga oid ba’zi milliy diniy 
an’analarimizni E.Yusupov, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid masalalarni M.Xalmatovalar 
tahlil qilganlar. 
Jumladan, psixolog olim E.G’ozievning ta’kidlashicha, oilaviy munosabatlar turli negiz: 
iqtisodiy, mafkuraviy, hissiy-irodaviy, axloqiy-aqliy, qarindosh-urug’chilik, yaqinlik va do’stlik-
birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar baquvvat oilada er-xotin totuvligi, oila barqarorligi, 
oilaning baxti va farovonligi ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida ana shu muhim asoslarga 
e’tibor berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo’lish zarur.
Bundan tashqari, o’z tadqiqotlarida oilada yuzaga keladigan ziddiyatlar va oila buzilishlari 
haqida ham alohida to’xtalib, tarbiyaviy qashshoqlik, oilada ortiqcha an’ana va marosimlarning 
mavjudligi, ichkilikka ruju qo’yish, rashk, madaniy hordiq chiqarish imkoniyatining yo’qligi, 
qarindosh- urug’chilikdagi ko’ngilbuzar ishlar mavjudligini ko’rsatib o’tadi.
Bugungi kunda jamiyatda oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolarning asosiy 
sabablari sifatida quyidagilarni aytishimiz mumkin: 

yosh oila tushunchasi, er va ayol burch va ma’suliyatini to‘liq his etmasligi; 

ayrim ota-onalarning farzand oldidagi burchi va farzand tarbiyasi va ta’limiga 
ma’suliyatsizlik bilan qarashi; 

internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali oila qadriyatlariga yot bo‘lgan omillarning ta’siri; 

oilaning moddiy va ma’naviy holati: kamchiligi, o‘zaro tushunish va sabr toqatning 
yetishmasligi va shu kabi muammolar jamiyatimizda mavjud.
Oilalarda bunday holatlarni ko‘payib borayotganligi tashvishli holatlardan biri. Buning natijasida 
qanchadan-qancha oilalarda ajralish holatlari yuzaga kelmoqda, ko‘plab yosh bolalar tirik yetim 
holatida, ota-ona mehri va tarbiyasidan mahrum bo‘lmoqda. Aynan 2020-yilning o’zida oilaviy 
ajrimlar ko’rsatkichi 28 ming 233 taga yetgan. Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish o’rinliki, 
respublika bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo’lib, 3899 ta ajrim holati, 
keying o’rinda Andijon viloyati 3125 ta nikoh buzilish holatlari yuzaga kelgan.
29
Bugungi kunda ajrimlar sonining ortishi oilaviy nizolar masalalarini barvaqt aniqlash va oldini 
olish chora tadbirlarini qo’llamaslik va oilaviy nizolar eskolatsiyasining kuchayishi oqibati sanaladi. 
Chunonchi, psixologiya fanida oilaviy munosabatlarda nizolar shakllanishining ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlarini aynan oila qurganlik “yoshi”ga ko’ra, nizo turlarining aktuallik darajasi va farqi, shahar 
va qishloq oilalari misolida o’rganilmagan. Shu maqsadda maxsus ijtimoiy psixologik tadqiqotlar 
o’tkazish va uning yutuqlarini kechiktirmay amalda qo’llash zarur. 
28
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/34-tibbiyotga-oid-risolalar  
29
O’zbekiston 
Respublikasida 
2020 
yilning 
asosiy 
demografik 
ko’rsatkichlari. 
file:///C:/Users/Silvestr/Downloads/13.5%20%20%20%20Nikohdan%20ajralishlar%20soni+++.pdf  


71 
Xususan, Shavkat Mirziyoyev «Yilning namunali yosh oilasi» respublika tanlovini 2020 yildan 
boshlab o‘tkazishni taklif qildi. Shuningdek, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish maqsadida 
Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» markazi, Respublika Mahallalar kengashi, «Nuroniy» faxriylaridan 
iborat «Faxriylar ibrati» maslahat kengashi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. 
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “bu kengash mahallalardagi yarashtirish komissiyalari hal qila 
olmayotgan muammoni sudga chiqarishdan oldin, yangi ta’sirchan bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi”.
30
Hozirgi sharoitda oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishda oilaviy psixoterapiya vositalari va 
usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, ular oilaning me’yoriy faoliyat ko’rsatishiga, undagi 
ziddiyatlarning turlari va ularning shakllanish sabablarini o’rganishga, profilaktikasini tashkil etishga 
hamda shaxslararo munosabatlar muvofiqligini ta’minlashga yordam beradi. 
Yuqoridagi oilaviy ajrimlarning oldini olish va oiladagi muammolarni bartaraf etishda quyidagi 
tavsiyalarni amaliy ahamiyatga molik deb hisoblaymiz. Birinchidan, muammolarni hal etish uchun 
avvalo yoshlikdan oilada farzand tarbiyasiga e’tibor berilishi kerak; 
ikkinchidan, yoshlar oila qurishda turmush o‘rtog’ining mol-davlati, shon-shuhrati va obro‘siga 
emas, balki tarbiyasi va ahloqi, ma’naviy go‘zalligiga e’tibor qaratishi lozim;
uchinchidan, oiladagi iqtisodiy tanglik holatida boriga qanoatli va sabrli bo‘lishi; ommaviy 
axborot va ijtimoiy tarmoqlarda oila muqaddasligi, ota-onaning burchi, farzand tarbiyasi kabi 
mavzularda tushuntirish ishlari tizimli tashkil etilishi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib borishlari, 
oilaviy muhitni to’g’ri tashkil qilishlari lozim. Chunki, shaxsning kelajakda qanday inson bo’lishi, 
uning jamiyatda tutadigan o’rni qanday oilaviy muhitda tarbiya topganiga, bevosita ota-onalarning 
o’zaro munosabatlariga bog’liq. Shuning uchun oilada er va xotin munosabatlarining to’g’ri 
rivojlanishi va ularning to’g’ri tashkil etilishiga alohida e’tibor bilan qarash, jamiyatimizning har bir 
a’zosida bu borada tushuncha, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozim. Bu esa o'z navbatida 
farzand tarbiyasining to’g’ri tashkil etilishiga, ularning hayotini oldindan ko’ra bilishga, kelajagi 
porloq avlodni voyaga yetkazishga asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish