65
Ernazar polvon nutqining so‘ngida yupatish ohanggida “bolam” so‘zini qo‘llaydi. Bu so‘z ham
asarda polvonning xarakterini ochishda qo‘l kelgan. Bekqulning ko‘ngli o‘ksishini
oldindan sezgan
bobo unga shunday – yupatish ohanggida gapiradi.
Nabiraning javobidan kutilgan o‘ksinish, it bilan yaqinlik munosabati seziladi. Buni “zardaga
to‘la” ovoz, ohangda gapirishidan sezish mumkin. O‘zbeklarda bobo juda xurmatli inson hisoblanadi.
Qissa qahramoni Ernazar polvon nafaqat oila, balki qishloq ahli o‘rtasida ham a’lohida hurmat
e’tibordagi odam. Shunday insonga nabiraning zarda bilan gapirish uchun yetarli asos bo‘lishi lozim.
Yozuvchi bunga asos sifatida it va bolaning do‘stligidan foydalanadi.
Qanchalik qattiqqo‘l bo‘lmasin tabiat va inson (Ziyrak va Bekqul) do‘stligi oldida bobo ham ojiz
qoladi. U nabirasiga asl voqeani aytolmay qiynaladi, unga qandaydir yordam berishni, uning yuragini
o‘rtayotgan do‘stlik o‘rnini to‘ldirishni chorasini topa olmaydi. Bu matnda olmosh, ko‘p nuqta va
yuklama yordamida ochiladi. Ya’ni, bobonig “Shu…” jumlasida qo‘llangan olmosh noaniqlik,
mavhumlik ma’nosini bildirsa, ko‘p nuqta to‘xtalish, nutqiy jarayondagi pauzani ifodalaydi. To‘xtalish
o‘z-o‘zidan Ernazar polvonning psixofiziologik holatidan – nabiraga bo‘lgan voqeani ochiq aytishga
qiynalayotganidan darak beradi.
Ilojsiz qolgan bobo tabu
21
usulidan foydalanadi. Ya’ni bolaning itini “jondorlar bilan bir maydon
o‘ynashib” qaytishini aytish orqali tag ma’noda aksi bo‘lishini ifodalaydi. Bu o‘rinda bolaning
dunyoqarashi ham ochilgan. Bola tog‘da tug‘ilgan, shu yerda katta bo‘lgan. U jondor – bo‘ri bilan
“maydon o‘ynashib”, ya’ni kuch sinashib bo‘lmasligini, buning natijasi o‘lim ekanligini yaxshi biladi.
Bobo Ziyrakni o‘lganligini Bekqulga yaxshiroq anglatish uchun ta’kid yuklamasidan
foydalanadi. Bu o‘rinda gapga ters ma’no yuklagan.Iboradan itning qaytmasligi ayon bo‘ladi.
- Otib tashladim, - dedi rostiga ko‘chib. – Agar ko‘zingni siydigini oqizsang, seniyam ayab
o‘tirmayman!
- Yaxshi edi-ku,- dedi bola ich-ichidan xuruj qilib kelayotgan judolik alamini bazo‘r yutib. –
Yaxshi kuchuk edi u.
- Zoti past jonivorning qilig‘i hamisha yarashimli bo‘ladi. Qishda tevadan jondorlar ensin edi,
ko‘rarding o‘shanda itingning qilig‘ini. Qo‘ra bir
yon qolib, momongni qo‘yniga urib ketardi uning.
Bunday itni tirik qoldirib bo‘lmaydi. Issig‘ida yo‘qotgan tuzuk
22
.
Suhbat paytida Bekqulning ovozidagi mungni sezgach bobolarcha mehr tuyg‘usi o‘rnini o‘tkir
nigoh va qahr egallaydi. Qissada Ernazar polvon jahl bilan aytgan yuqoridagi fikrlar faqat itning otib
tashlangani haqidagi ma’lumotgina emas, balki, yigit kishi bo‘lgani holda Bekqulning ko‘zi
namlanishidan noroziligi aks etadi.
Jonlimi, jonsizmi – har narsaning asli yaxshi aqidasiga amal qiladigan bobo halollik, poklik va
mardlikni hayotda kurashish kerak bo‘lgan asosiy hislatlar deb biladi. “U har bir odamning hayotdagi
asosiy shiori ma’naviy poklik bo‘lishini istaydigan, har qanday sharoitda ham to‘g‘ri yashashga o‘zida
kuch topa oladigan to‘g‘riso‘z, qat’iyatli, o‘ta milliy qahramon”
23
.
Asli, voqea ulkan ayiqqa ro‘baro‘ kelishga hayiqqan Ziyrak va ikki itini Ernazar polvon otib
tashlagani haqida. Polvon bu odat boʻyicha itlarini besh yildan buyon Maymoq ayiqqa gij-gijlab
sinovdan oʻtkazib keladi. Bunaqa paytda, ayiqqa o‘q uzmaydi, u itlarni sinovchi obyekt sifatida xizmat
qiladi. Toʻqnashuvda jarohat topgan yovqur it esa alohida parvarishlanadi. Chunki u nasli toza, noyob
it hisoblanadi. Polvonning zotga e’tibor berishi, nasl tozaligini saqlash yo‘lidagi harakati qissada
asosiy g‘oyaviy mazmunni tashkil qiladi.
Asar qahramoni naslni toza saqlashni faqat hayvonlarda emas, balki insonlarda, o‘z oilasida ham
amalda joriy etadi. Muallif qahramonning qiz farzandga e’tiborsizligini ularga tug‘ilganlik haqida
guvohnoma olishidagi kotib va polvonning qiziq suhbati bilan beradi. U oilani haybatli daraxtga
qiyoslaydi. Bunda, o‘zini azim daraxt, o‘g‘illarini uning butoq – shoxi,
nabiralarni shu shoxlarning
yaprog‘iga qiyoslaydi. Qizlarga bu daraxtda o‘rin yo‘q, qiz tomondan nabiralar esa uncha
xushlanmaydi. Sababi, ular o‘zga daraxtning butoqlari ekanlagida.
21
http:/uz.m.wikipedia.org
22
Норқобилов Н. “Тоғдаги ёлғиз одам” Тошкент.: “Ўзбекистон” 2011 б 183
23
Рустамова М. Нормурод Норқобилов қиссаларида характер. Ўзбек тили ва адабиёти 2006 йил 3 сон 64 бет
66
Er yigit haqidagi polvonning qarashlari o‘ziga xos: “Ul deganlari xarsangtoshday dag‘al
bo‘lsaykan, qizbetdan polvon chiqarmidi”
24
. Polvonning nazdida chiroy o‘g‘il bolaga kerak
bo‘lmagan, ayni paytda erkakning asosiy o‘rnini yo‘qotadigan holdir. Dastlabiga o‘rtancha o‘g‘il O‘sar
birdan-bir aybi xushsuratligida edi. Biroq Ernazarning qarashlari to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Kurashda
davra aylanmaydigan, shaharda mushtumzo‘rlik qilib yuradigan, spirtli ichimlik ichadigan va eng
asosiysi zino yo‘liga kirgan o‘g‘ilni ota qabul qila olmaydi. Uni o‘zining zaxa yegan shoxi deb biladi.
Asar davomida O‘sarning farzandi ekanligiga, kuchuk bo‘lmaganiga Ernazar polvon afsuslanadi. Agar
kuchuk bo‘lib yaralganda bu naslni buzuvchini otib tashlagan bo‘lardim deya ta’kidlaydi. Bu o‘rinda
gap faqat o‘g‘ilning xarsangtoshday dag‘al, kuchda tengsiz polvon bo‘lishida emas,
balki oilada
mustahkam o‘rni bo‘lishi kerakligi haqida boradi. Mustahkam o‘rin esa halollik, poklik, or-nomuslilik
bilan belgilanadi.
Asar davomida tog‘liklarga xos kurash va undagi xolatlar tasviri ifodalangan. Davrada Turkman
polvonga ikki o‘g‘li yiqilib, O‘sar kurashishni hohlamagandan so‘nh nomusiga chidolmagan Ernazar
polvon o‘zi davraga tushadi. Uning or-nomusi, yoshi va holatini hurmat qilib yiqilib bergan Turkman
polvonni “Qiliq qilmay, tuzuk olish, otangni jiligiga..” deb qayta kurashganligi polvonning e’tiqodida
halollikni o‘rni qay darajada muhim ekanligini anglatadi. Uyga qaytganda davrada bo‘lmagan,
ishongan o‘g‘li Ko‘char polvonni kaltaklab, “Yiqitib berasan. Ernazar polvonni yer qilib ketti.
Yiqitmasang, enangni taloq qilaman” deb g‘azabdan, uyatdan o‘zini bosolmaganligi, uning g‘ururi, or-
nomusini baland ekanligini ko‘rsatadi.
“Qoyalar ham yigʻlaydi” qissasida tog‘, tabiat tasviri va polvon kelbatli kishilarning oʻzaro
munosabati ifoda topgan. Muhimi, Ernazar polvon, Koʻchar polvon, Turkman polvon singari
qahramonlar tabiati toshlar, xarsanglar bilan uygʻunlikda ifoda etilgan. Ernazarning polvonlarga xos
tushunchalari oddiy, sodda, hatto eskirib ketganday. Aslida esa, tabiatning tuzilishi, ming-ming yillik
hayoti oddiy, sodda, nihoyatda teran qonun-qoidalarga asoslangan. “Qoyalar ham yigʻlaydi” qissasida
borliq insonlar feʼli-atvoriga qiyoslab koʻrsatilgan.
25
Ernazar polvon Oʻsardan ranjigan, uni yaxshi soʻz, pand-nasihat bilan haq yoʻlga tushirmoqchi
boʻladi. Vaziyat qahramon hohlaganidek bo‘lmadi. Qissa so‘ngida qoyadan harakatga kelgan toshlar
Oʻsarni halok qiladi. E’tiborlisi, muallif polvonning farzandkush bo‘lib qolishidan saqlaydi va O‘sarni
xaromga, zinoga qo‘l urganligi uchun tabiat – toshlar orqali jazolaydi. Qissada O‘sarni qoya toshlari
ostida qolishi yana bir karra mantiqan o‘rinli. Sababi, Ernazar polvon “Ul deganlari xarsangtoshday
dag‘al bo‘lsaykan”
deganda halol, pok, asl er-yigitni nazarda tutadi. O‘sar esa halol kurashdan
qochgan, hayotiga xarom va zino singgan. Adolatning adolatsizlik, poklikning nopoklik ustidan
g‘alabasini tasvirlash esa adabiyotning asosiy vazifalaridan sanaladi.
Demak, “Qoyalar ham yig‘laydi” qissasida qahramonning ichki dunyosi va xarakteri qoyaga
hamohang tarzda tasvirlanadi. Umuman, muallif parallelizm usulini qo‘llagan holda asardagi
qahramonlarining xarakteri, ruhiyatini yoritishda tabiat tasviridan o‘rinli foydalanadi.
Muallifning
barcha asarlarida tabiat, jonivorlar, inson tasviri o‘zaro uyg‘unlik hosil qiladi va bu Normurod
Norqobilovning o‘ziga xos uslubini belgilashda asosiy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: