Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet538/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Список литературы: 
1.
А.К. Белолуцкая, Т.Н. Леван, Е.Е. Крашенинников-Хайт, Д.С. Смирнова, И.Б. Шиян. 
Зарубежные модели независимой оценки качества дошкольного образования: опыт США и 
Сингапура. http://eprints.qut.edu.au/16658/1/ Deborah_Sue_Harcourt_Thesis.pdf. 
2.
О.А. Шиян, Е.В. Воробьева. Новые возможности оценки качества образования: 
шкалы ECERS-R апробированы в России.2015. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


827 
JAHONDAGI ENG YIRIK ARXIVLAR TARIXIDAN 
Xolboyev M.K. 
NamDU o’qituvchisi
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XX asrda Rossiyada arxivlarga bo’lgan e’tibor. Rossiya 
davlat harbiy arxivi tarixi, tashkil etilishi, faoliyati, fondlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
Tayanch so’zlar:
 arxiv, islohot, qizil armiya, oq armiya, fond, harbiy arxiv, harbiy asirlar. 
Annotation:
 The article focuses on archives in 20 th century Russia. Brief information about 
the history, organization, activities and funds of the Russian State Military Archive. 
Key words:
 archive, reform, red army, white army, fund, prisoners of war. 
Аннотация:
 Статья посвящена архивам России ХХ века. Краткие сведения об 
истории, организации, деятельности и фондах Российского государственного военного 
архива. 
Ключевые слова:
 архив, реформа, красная армия, белая армия, фонд, военнопленные. 
Dunyo tarixida barcha bo’lgan voqealarni aniq tizimga solish uchun arxiv hujjatlari katta 
ahamiyatga ega. Tarixan moziyga qaytadigan bo’lsak, ko’plab davlatlarda tarixiy hujjatlarni saqlash 
asosan saroy kutubxonalari hamda ibodatxonalarda amalga oshirilgan. Keyinchalik arxiv ishini 
alohida rivojlantirish, fan sifatida shakllantirish ishlari yevropa davlatlari tomonidan jiddiy 
o’rganila boshlandi. Aynan shu ilmiy o’rganishlar natijasida barcha tarixiy hujjatlarni alohida 
saqlash lozimligi belgilandi. 
XX asrda Rossiyada arxivlarga bo’lgan e’tibor juda yaxshi bo’lgan. Arxiv ishi bo’yicha bir 
nechta yangi qonunlar ishlab chiqildi, amaliyotga tadbiq qilish ishlari jadal rivojlandi, yangi arxivlar 
tashkil etildi. Shunday arxivlardan biri aynan XX asr 20-yillarida tashkil etilgan. Hujjatlarga 
bo’lgan e’tiborni rus davlatidagi harbiy arxivi misolida ko’rib chiqamiz. Rossiyadagi boy fondlarga 
ega arxivlardan biri bu – Rossiya davlat harbiy arxividir. Ushbu arxiv yevropada ham eng yirik 
arxivlardan biri sifatida mashxurdir. “Mazkur arxiv 1920 yilda idoraviy arxiv sifatida Butunrossiya 
Bosh shtabining harbiy-tarixiy komissiyasi qoshidagi Qizil Armiya arxivi sifatida tashkil etilgan. 
"Qizil Armiya Arxivi" nomi birinchi bo'lib Respublika Inqilobiy Harbiy Kengashining 1920 yil 19 
iyuldagi 1347-sonli buyrug'i bilan e'lon qilindi. "Harbiy-tarixiy komissiya qoshidagi Qizil Armiya 
arxiviga" davlatga tegishli barcha harbiy hujjatlarni tezkor topshirishni buyurdi244. 
1921 yil yanvar oyidan boshlab, Qizil Armiya arxivlari, RSFSR hududidagi boshqa harbiy 
arxivlar singari, Yagona davlat arxiv fondining (YADAF) dengiz bo'limi doirasiga kirdi. 1925 yilda 
Qizil Armiya arxivi mustaqil markaziy davlat arxiviga aylandi. 1933 yil aprelda u Qizil Armiya 
Markaziy arxiviga aylantirildi. 1941 yil mart oyida arxiv Qizil Armiyaning Markaziy davlat arxivi 
sifatida qayta tashkil etildi va 1958 yilda Sovet Armiyasining Markaziy davlat arxivi bo'ldi. 1960 
yil mart oyida mazkurarxivga SSSR NKVD-MVD ichki va chegara qo'shinlarining hujjatlari 
kiritilgan. 1992 yilda Rossiya davlat harbiy arxivi (RDHA) deb o'zgartirildi”245. Yuqoridagi turli 
o’zgarishlardan ko’rinib turibdiki, uning fondlari juda boy hamda, ko’plab tashkilotlar hujjatlarini 
o’z ichiga olgan.
Mazkur arxiv aslida 1946 yil mart oyida Sovet armiyasi tomonidan Ikkinchi Jahon urushi 
oxirida Germaniya va Sharqiy yevropadan Moskvaga eksport qilingan arxiv fondlari va chet eldan 
kelib chiqqan kollektsiyalarni saqlash uchun rasmiy ravishda tashkil etilgan. Ushbu hujjatlarni 
boshqa arxivlarda aralashib ketmasligi, hamda hujjatlar qiymatining yuqoriligi sababdan alohida 
arxivga sifatida topshirilgan. Keyinchalik, bu arxivga SSSR Ichki ishlar vazirligining Harbiy asirlar 
va internirlanganlar uchun bosh boshqarmasi doirasida bo'lgan harbiy asirlarga va 
internirlanganlarga mas'ul bo'lgan Sovet muassasalaridan hujjatlar kelib tushdi. 
244 Тарасов В. П. Российский государственный военный архив в документах и материалах (1920–2020 гг.). М. : 
Фонд «Связь Эпох», 2020. — C. 11. 
245http://rgvarchive.ru/ob-arkhive/istoriya-arkhiva.shtml 


828 
1920-1933 yillarda Qizil Armiya arxivi 
1933-1941 yillarda Qizil armiyaning markaziy arxivi 
1941-1958 Qizil Armiya Markaziy Davlat Arxivi 
1958-1992 Sovet armiyasining markaziy davlat arxivi 
1992 yil iyun oyidan boshlab Rossiya davlat harbiy arxivi 
Mamlakat davlat arxivlari tarmog'idagi "Rossiya davlat harbiy arxivi" federal davlat 
muassasasi hisoblanib, undagi jamg’armalar Sovet davridagi harbiy-tarixiy hujjatlarning eng katta 
omboridir. O'zining faoliyati davomida arxiv Qizil Armiyaning deyarli barcha harbiy hujjatlarini 
(1918 yildan 1940 yilgacha), NKVD-SSSR Ichki ishlar vazirligi (1918 yildan 1991 yilgacha) 
hujjatlarini to'plagan va saqlagan. Shuningdek, Oq gvardiyachilar harakat tarixi davridan boshlab, 
2001 yilgacha bo’lgan hujjatlar saqlanadi. 
1999 yilda RDHA biriktirilgan Tarixiy va hujjatli to'plamlarni saqlash markazining 
hujjatlarini qabul qildi. Ular orasida: Yevropaning, Osiyo va Amerikaning 20 dan ortiq 
mamlakatlari (XVI-XX asrlar) tarixiga oid chet eldan keltirilgan hujjatlar, shuningdek NKVD-
MVD harbiy asirlar va internirlanganlar uchun bosh boshqarmasi hujjatlari to'plami mavjud. SSSR 
(1939-1960). 
Hozirda ushbu arxiv yevropadagi eng yirik arxivlardan biri bo'lib, unda jami 7 400,075 
nomdagi 33 694 ta fond mavjud246.(01.01.2021 yil holatiga ko'ra). 
Mazkur arxivning jamg'arma hususiyatlari quyidagilardan iborat bo’lib, hujjatlari beshta 
kompleksga bo'linadi. Ular quyidagilar: 
1918 SSSR Qurolli Kuchlari (Qizil Armiya) ning yaratilishi va rivojlanish tarixi to'g'risidagi 
hujjatlar; 
1917 yil oxiridan 1922 yilgacha Rossiya hududida faoliyat yuritgan Oq armiyaning markaziy 
va okrug boshqaruv organlari, muassasalari, tuzilmalari va bo'linmalari tarixiga oid hujjatlar; 
1918 yildan 2001 yilgacha Ichki ishlar vazirligi, chegara va ichki qo'shinlarining hujjatlari; 
1939-1960 yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi va uning tizimidagi muassasalar (GUPVI SSSR 
Ichki ishlar vazirligi) ning harbiy asirlari va internirlanganlar uchun bosh boshqarmasi; 
Sovet harbiy rahbarlarining shaxsiy kelib chiqishi to'g'risidagi hujjatlar; 
Chet eldan olib kelingan hujjatlar247. 
Demak ushbu arxivda saqlanayotgan hujjatlarda SSSRning mustamlakalariga oid bo’lgan 
ayrim fondlarni ham topish mumkin bo’ladi. Shuningdek II jahon urushida jasorat ko’rsatgan chet 
el fuqarolarining ham hujjatlarini topish imkoni bor. Aynan manashu jihati bilan ushbu arxivni 
hujjatlarini o’rganish ochilmay yotgan tarixni tiklash, hamda yangi aniq faktlarga tayanish imkonini 
beradi. Bunday arxivlarning tashkil etilishi esa mamalakatdagi tarixiy dalillarni ahamiyatini yanada 
oshirib boradi. Hujjatlar qiymati esa har bir soha uchun albatta qadrlidir. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish